CyrToLat&LatToCyr 2002



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/102
tarix09.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#142266
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102
kompyuter texnologiyalari asoslari

asosiy sohalar
 
WINDOWS tizimi ishga tushirilganda, avvalo, ekranga 
uning interfeysi, boshqacha qilib aytganda, muloqat qilish 
vositasi (darchasi) chiqadi. WINDOWS tizimi interfeysining 


36 
ko‗rinishini ikki og‗iz so‗z bilan tavsiflash ancha murakkab. 
Chunki uni foydalanuvchi o‗zining xohishi va talabiga qarab 
shakllantirishi mumkin. Lekin WINDOWS tizimi interfeysini 
uning tizim o‗rnatilgandagi boshlang‗ich holatidan kelib chiqqan 
holda tavsiflash qulay bo‗lgani uchun biz undan foydalanamiz.
Tizim o‗rnatilgandan so‗ng boshlang‗ich holatda uning 
darchasi quyidagi sodda ko‗rinishda bo‗ladi (2.1-rasm). 
 
2.1-rasm
.
 
WINDOWS tizimining interfeysi va undagi sohalar. 
Bu darchada bir nechta soha mavjud bo‗lib ularning 
vazifalari quyidagichadir: 
a)
Ish stoli 
– darchaning asosiy qismini egallab, unda ko‗p 
ishlatiladigan dasturlar, ilovalar, jildlar (papkalar), qurilmalar va 
shu kabi obyektlarning belgilari turadi. Ish stoliga umuman 
olganda, istalgan obyektning belgisini chiqarib qo‗yish mumkin. 
Bunday imkoniyat biror obyektga murojot qilish lozim 
bo‗lganda qidirib yurmasdan ish stolidagi uning belgisi orqali tez 
yuklashga (ochishga) sharoit yaratib beradi. WINDOWS


37 
tizimini o‗rnatilgandan so‗ng, agar unga o‗zgartirishlar (sozlash-
lar) kiritilmagan holda, ish stolida quyidagi obyektlarning 
belgilari turadi: 

«Мои документы» (Mening hujjatlarim) – yaratil-
gan hujjatlarni saqlovchi jild (papka); 

«Мой компьютер» (Mening kompyuterim) – kom-
pyuterdagi barcha obyekt (disk, jild, dastur va h.k. ) larni ko‗rish 
hamda ular bilan ishlashni ta‘minlovchi ilova; 

«Моѐ сетевое окружение» (Mening tarmoq muhi-
tim)- kompyuter tarmog‗ida ishlashni ta‘minlovchi ilova;

«Корзина» (Savatcha) – yo‗qotilgan (o‗chirilgan)
obyektlarni vaqtincha ―har ehtimolga qarshi‖ saqlab turuvchi 
soha; 

«Internet Explorer» – Internetda ishlash dasturi. 
Keltirilgan obyektlardan tashqari keyinchalik foydalanuvchi 
o‗zining istak va ehtiyojiga qarab istalgan obyektning belgisini 
ish stoliga qo‗yishi va lozim bo‗lganda undan foydalanishi
mumkin. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin