CyrToLat&LatToCyr 2002



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/102
tarix09.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#142266
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   102
kompyuter texnologiyalari asoslari

b)
 Masalalar paneli
odatda ekranning quyi qismida joylash-
gan bo‗lib, har bir obyekt ochilganda unga mos piktogramma 
(tugmacha) masalalar panelidan joy oladi. Bu masalalar paneli-
dagi obyektlar darchalarining biridan ikkinchisiga tez o‗tish, 
ularni faollashtirish (ochish), yopish kabi ishlarni amalga 
oshirishda qulaylik yaratadi. Masalalar panelidagi piktogramma-
lardan faqat faol obyektning tugmachasi (piktogrammasi)gina 
ochroq rangda bo‗lib, boshqalardan ajralib turadi (2.2-rasm).
 
2.2-rasm. 
Masalalar paneli. 


38 
Foydalanuvchi o‗z xohishiga ko‗ra masalalar panelini ekran-
ning boshqa joyiga ko‗chirib qo‗yish imkoniyatiga ham egadir. 
d)
«Пуск» tugmachasi
asosan WINDOWS tizimi 
darchasining quyi qismida, masalalar panelining chap tarafida 
joylashgan bo‗ladi. Uning vazifasi WINDOWS tizimining bosh 
menyusini chiqarish bo‗lib, bu menyu va uning menyuostilari 
yordamida dasturlarni ishga tushirish, hujjatlarni ochish, tizimni 
va kompyuter vositalarini sozlash, ma‘lumotnoma olish, fayl va 
jildlarni izlash, tizimdan chiqish va kompyuterni o‗chirish 
amallarini bajarish mumkin.
Bosh menyu yoki boshqacha qilib aytganda
«Пуск»
menyusini ochish uchun sichqoncha ko‗rsatkichi 
«Пуск»
tugma-
chasiga keltiriladi. Bunda 
«Начните работу с нажатия этой 
кнопки»
(―Ishni shu tugmachani bosishdan boshlang‖) degan
yozuv chiqadi. So‗ngra sichqonchaning chap tugmachasi (keyin-
chalik «sichqoncha tugmachasi») bosilganda ekranda bosh 
menyu ko‗rinadi. Bu amalni klaviaturadan 
Ctrl+Esc 
tugmacha-
lar kombinatsiyasini bosib bajarsa ham bo‗ladi. Bosh menyu va 
uning bandlarining vazifalari 2.3-rasmda keltirilgan.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin