2-bob. WINDOWS OPERATSION TIZIMI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH Foydalanuvchi axborot texnologiyalarini egallashi uchun
avvalo kompyuterning o‗zi bilan muloqat qilishni bilishi lozim.
Buning uchun shu kompyuterning operatsion tizimini o‗rganishi
lozim bo‗ladi. Operatsion tizim kompyuterdagi shunday dastur-
lar majmuasidirki, ular yordamida kompyuter qurilmalari hamda
axborotlarga ishlov berishni birgalikda boshqarish mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, operatsion tizim foydalanuvchi bilan
kompyuter orasida muloqat o‗rnatib, uning bergan buyruqlarini
bajarilishini ta‘minlab beruvchi va ish jarayonida unga maksimal
qulaylik yaratuvchi dasturiy vositadir.
Operatsion tizimlarning tarixi qisqa bo‗lishiga qaramasdan
ularning mukammallashish jarayoni nihoyatda tezdir. Ayniqsa,
Microsoft firmasining yaratgan
Windows operatsion tizimi
nisbatan qisqa davr ichida foydalanuvchilarning kompyuter
tizimida ishlashi uchun yuqori darajali dasturiy vositaga aylandi.
Shuning uchun ham 90-yillardan boshlab deyarli barcha IBM PC
kompyuterining yangi dasturlari Windows operatsion tizimi
muhitida ishlashga mo‗ljallab yaratilayapti. Ayniqsa, Windows
operatsion tizimining oxirgi ko‗rinishlari avvalgilarini to‗ldirgan
holda, foydalanuvchi uchun juda ko‗p qulayliklarni o‗z ichiga
oladi. Masalan, Windows XP va Windows 2000 operatsion
tizimlari ham uning avvalgi ko‗rinishlari, Windows 95 va
Windows 98 tizimlarining barcha imkoniyatlarini o‗zida mujas-
sam qilgan holda internet tizimida ishlash, Web-texnolo-
giyalarini qo‗llash, tarmoqda ishlash, multimedia dasturlaridan
foydalanish, kompyuter qurilmalarining imkoniyatlarini kengay-
tirish kabi qulayliklarga egadir.
2.1. WINDOWS tizimining interfeysidagi