42
ham faol darcha bo‗lmasligi mumkin. Masalalar panelida faol
darchaga mos keluvchi obyektning piktogrammasi boshqalardan
ochroq rangda bo‗lib ajralib turadi (2.2-rasm).
Masalalar panelidagi obyektning darchasini faollashtirish
uchun paneldagi uning piktogrammasiga sichqoncha ko‗rsatkichi
keltirilib, tugmachasi bir marta bosiladi. Bunda agar obyektning
darchasi ekranda bo‗lmasa, u ochiladi va faollashadi. Obyekt-
ning darchasi ekranda mavjud bo‗lsa, u boshqa darchalarning
ustida (oldingi planda) paydo bo‗ladi va faollashadi. Darchaning
faolligini uning sarlavha satrining boshqalardan farqli o‗laroq
boshqa rangda bo‗lishidan bilib olsa bo‗ladi. Shuningdek, avval
aytilgandek, masalalar panelidagi unga mos keluvchi piktog-
ramma ham ochroq rangda bo‗lib qoladi.
Kezi kelganda shuni aytish mumkinki, obyekt darchasini
faollashtirishning yana bir usuli uning ekranda ko‗rinib turgan
istalgan qismida sichqoncha tugmachasini bir marta bosish yo‗li
bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: