43
Bu ishni shu darchadagi «
Oбзор...»
tugmachasi yordamida
obyekt turgan disk va jildlarga kirish yo‗li bilan ham bajarsa
bo‗ladi.
Obyekt manzili aniq bo‗lgandan so‗ng «
OK»
tugmachasi
bosiladi.
2.3. WINDOWS tizimining darchalarini boshqarish
Windows tizimida ishlovchi istalgan obyekt ochilganda
ekranga uning darchasi chiqadi. Shuning uchun ham bu
operatsion tizim
Windows
, ya‘ni
«
Darchalar
»
deb yuritiladi.
Ilova bilan ishlash jarayonida barcha amallar (buyruqlar) shu
darchaning
sohasida, uning elementlari (sarlavha satri, menyu,
piktogrammalar va boshqalar) yordamida bajariladi. Windows
tizimidagi har bir ilovaning darchasi o‗ziga xosligi bilan birga,
ko‗rinishi, elementlarining joylashishi va mos tugmachalari
(piktogrammalari)ning vazifalarida o‗xshashlik mavjuddir.
Windows darchalarining yuqori
qismida sarlavha satri
joylashgan bo‗lib, unda odatda ilovaning nomi va darchani bosh-
qarish tugmachalari turadi (2.5-rasm). Uning ostida ilovaning
bosh menyusi joylashgan bo‗lib, barcha amallar bosh menyudagi
bandlarning menyuostilari orqali bajarilishi mumkin. Bosh
menyudagi biror bandning menyuostisini ochish uchun sich-
qoncha ko‗rsatkichi shu bandga keltirilib,
tugmachasi bir marta
bosiladi (2.4-rasmda bosh menyuning «
Вид»
bandi ochilgan).
Bosh menyudan keyingi satrda odatda piktografik menyu yoki
boshqacha qilib aytganda, piktogrammalardan tashkil topgan
anjomlar paneli joylashgan bo‗lib, ko‗p
ishlatiladigan amallarni
shu yerdagi piktogrammalar yordamida tez va qulay bajarish
mumkin. Darchaning asosiy qismini ish yuritish sohasi tashkil
etib, bu sohada ilovaning o‗ziga xos turli xil ma‘lumotlari, ishlov
beriladigan obyektlarning ro‗yxatlari va boshqalar turishi
mumkin.
Windows muhitida darchalarni
boshqarish amallari mavjud
bo‗lib, ular asosan quyidagilardir:
44
darchani yopish;
obyekt darchasini piktogramma ko‗rinishiga keltirib
(yig‗ib), masalalar paneliga tushirib qo‗yish;
obyekt darchasini butun ekranga yoyish;
butun ekranga yoyilgan darchani asl holiga keltirish;
asl holdagi darchaning o‗lchamini o‗zgartirish;
asl holdagi darchaning joyini o‗zgartirish.
Dostları ilə paylaş: