9
Boshqarish qurilmasi (BQ)
—
kompyuterning boshqa
bloklariga zaruriy soniyalarda ma‘lum boshqaruv signal
(impuls)larini
shakllantiradi va yuboradi, amal bajarilishida
qatnashuvchi ma‘lumotlar (operandlar)ning tezkor xotiradagi
adreslarini tegishli bloklarga beradi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma
da
sonli
hamda belgili
ma‘lumotlar ustida arifmetik va mantiqiy amallar bajariladi.
Mikroprotsessor xotira
– arifmetik-mantiqiy qurilma-da
amallar bajarilish jarayonida yaqin taktlarning oraliq natija-larini
saqlash uchun mo‗ljallangan bo‗lib, kompyuter ishini
tezlashtirishga imkon yaratadi.
Mikroprotsessorning interfeys tizimi
– kompyuterning
boshqa qurilmalari bilan bog‗lanish va ma‘lumot almashinishni
ta‘minlab beradi.
Tizimli shina
– kompyuterning
asosiy interfeys tizimi
bo‗lib, qurilmalar orasida bog‗lanishni ta‘minlaydi.
Tizimli shina ma‘lumot almashinishini uch xil yo‗nalishda
amalga oshiradi:
– mikroprotsessor va asosiy xotira orasida;
–
mikroprotsessor va tashqi qurilmalarning
kiritish-chiqarish
portlari orasida;
–
asosiy xotira va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish
portlari orasida.
Mikroprotsessor hamda asosiy xotira bilan qurilmalar
orasida axborot almashinishni amalga oshirish uchun har bir
qurilma va tizimli shina o‗rtasida shu qurilmalarni boshqaruvchi
va nazorat qiluvchi elektron moslamalar o‗rnatiladi. Bu moslama
shu qurilmaning
kontrolleri
yoki
adapteri
deb ataladi.
Asosiy xotira
– ma‘lumotlarni
saqlash va kompyuterning
boshqa bloklari orasida tezkor axborot almashinishni ta‘min-
laydi. U quyidagi ikki xil ko‗rinishdagi ma‘lumot saqlash mos-
lamalaridan tashkil topgan:
Doimiy xotira
–
kompyuterni ishlatish jarayonida o‗zgar-
maydi, ya‘ni doimiy ma‘lumotlarni saqlaydi. Bu ma‘lumotlarga
kompyuter qurilmalarini tekshirish hamda ularga hizmat
ko‗rsatish va operatsion tizimni yuklash dasturlarini misol qilish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: