66
hamda menyu parametrlarini o‗zgartirish amallarini ham bajarsa
bo‗ladi.
2.8. Ish stolini sozlashda kontekstli menyudan
foydalanish
WINDOWS tizimining ish stolidagi obyektlar ustida turli
amallarni bajarishda kontekstli
menyulardan foydalanish bir-
muncha qulayliklarga ega. Ish stolida kontekstli menyuni chiqa-
rish uchun sichqonchaning o‗ng tugmachasi bosiladi. Sichqon-
cha tugmachasi bosilgan joyga bog‗liq holda kontekstli menyu-
ning ko‗rinishi turlicha bo‗lishi mumkin. Masalan,
ish stolining
bo‗sh joyida o‗ng tugmacha bosilsa, bir xil kontekstli menyu
chiqsa, ish stolidagi obyektning
belgisida bosilganda boshqa
menyu paydo bo‗ladi, masalalar paneli ustida bosilganda
butunlay boshqa kontekstli menyu chiqishi mumkin. Hattoki,
obyektlar belgilari ustida chiqadigan kontekstli menyular ham
shu obyektning bajaradigan vazifasi va xossasiga qarab mazmu-
nan boshqalaridan farq qilishi mumkin.
Shu sababli, biz ba‘zi
murakkabliklarni chetlab o‗tish maqsadida ish jarayonida ko‗p
uchraydigan amallarnigina keltiramiz.
Ish stolidagi obyektlarni tartiblash, yangi belgi qo‗yish,
belgilarni chiqarish yoki yopib qo‗yish, ekran fonini, pesh-
lavhasini o‗zgartirish kabi amallar ish stolining bo‗sh
joyida
chiqarilgan kontekstli menyu orqali bajariladi.
Dostları ilə paylaş: