«Введите имя ярлыка» sohasiga yaratilayotgan belgining nomi kiritiladi va
«Готово» tugmachasi bosilganda ish stolida yangi belgi paydo bo‗ladi.
d) Ish stolidan obyekt belgisini yo„qotish. Kerak bo‗lganda ish stolidan obyekt belgisini olib tashlash
ham mumkin bo‗lib, buning uchun shu belgi ustida sichqon-
chaning o‗ng tugmachasi bosilgandagi chiqadigan kontekstli
menyudagi
«Удалить» tugmachasi bosiladi. Bunda muloqotli
darcha chiqib, yo‗qotish haqida tasdiq so‗ralganda
«Да» (ha)
tugmachasi bosilsa, obyekt belgisi ish stolida olib tashlanadi va u
«Карзина» ga tushib qoladi.
Bu amalni bevosita ish stolining o‗zidan obyekt belgisini
―sudrab‖ savatchaga olib borib qo‗yish yo‗li bilan ham bajarsa
bo‗ladi.
e) Belgi nomini o„zgartirish. Buning uchun belgi ustida kontekstli menyu chiqarilib,
«Переименовать» bandida sichqoncha tugmachasi bosilgandan
so‗ng uning eski nomi o‗rniga klaviaturadan yangi nom kiritiladi
va
Enter tugmachasi bosiladi.
f) Belgi xossalarini ko„rish. Belgi ustida kontekstli menyu chiqarilib,
«Свойства» bandida sichqoncha tugmachasi bosilganda chiqqan darchadan
uning xossalarini ko‗rib olish mumkin.
g) WINDOWS tizimidan chiqish va kompyuterni o„chirish WINDOWS tizimidan chiqish va kompyuterni o‗chirish
uchun avvalo tizimdagi barcha ochilgan dasturlar yopiladi.
So‗ngra
«Пуск» menyusidan
«Завершение работы» punkti
tanlanib
«OK» tugmachasi bosiladi. Zamonaviy kompyuterlarda
bu amal bajarilgandan so‗ng kompyuter o‗zini o‗zi o‗chiradi.
Ba‘zi kompyuterlarda bu amaldan so‗ng o‗chirish mumkinligi
haqidagi ma‘lumotga tasdiq berilib, kompyuter sistemali
blokdagi maxsus tugmacha (POWER) yordamida o‗chiriladi.