104
4-bob. EXCEL ELEKTRON JADVALI ASOSIDA
MA‟LUMOTLARGA ISHLOV BERISH
TEXNOLOGIYASI
Microsoft Excel
dasturi Microsoft
Office tizimining tarki-
biga kirib, uning asosiy vazifasi katta hajmdagi jadval ko‗rinishi-
dagi ma‘lumotlarga ishlov berish va turli xil hisobotlar tayyor-
lashdir.
Excel elektron jadvali quyidagi imkoniyatlarga ega:
matematika, statistika, moliya va boshqa sohalarning stan-
dart funksiyalarini qo‗llagan holda
murakkab hisoblashlarni
bajarish;
jadval ma‘lumotlariga ishlov bergan holda hisoblash nati-
jalarini grafik va diagramma ko‗rinishida berish;
resurslarni
rejalashtirish va taqsimlash;
statistik va tahliliy moliya hisobotlarini tayyorlash va h. k.
4.1. Excel elektron jadvalining interfeysi
Excel elektron jadvali ishga
tushirilganda ekranga uning
darchasi, boshqacha qilib aytganda interfeysi chiqadi. 4.1-rasm-
da Excel elektron jadvalining interfeysidagi asosiy elementlar
keltirilgan.
Sarlavha satrida
dastur va ish kitobi (fayl)ning nomlari
ko‗rsatiladi.
Bosh menyu
orqali istalgan buyruqni bajarish mumkin.
Uning bandlarida sichqon tugmachasi
bosilganda shu bandning
menyuosti ochilib undagi ro‗yxatdan kerakli buyruqni bajarish
imkoniyati tug‗iladi.
Dostları ilə paylaş: