105
4.1-rasm.
Excel elektron jadvalining interfeysidagi ekran elementlari.
Formulalar satri
–
jadval katakchalariga ma‘lumotlar va
formulalarni kiritish jarayonida ularni ko‗rib turish imkoniyatini
yaratuvchi soha.
Katakcha nomi
–
sohasida joriy (faol) katakchaning
nomini, ya‘ni uning ustuni nomi bilan satri nomerini birgalikda
ifoda etuvchi koordinatini (adresini) ko‗rish mumkin.
4.2. Jadval elementlari va fayllar
Excelda hujjat ish kitobi deb yuritilib,
u Excelning asosiy
faylini ifodalaydi. Har bir ish kitobi bir nechta sahifalardan
tashkil topgan bo‗lib, bu sahifalar
ish varaqlari
(elektron jadval,
106
ish jadvali) deb yuritiladi. Ish
varaqlarining nomlari varaq
nomlari sohasida ko‗rinib turadi (jadvalning quyi qismida). Faol
(joriy) varaqning nomi yorug‗ fonda, quyiqroq shriftda bo‗lib,
boshqalardan ajralib turadi. Excelda yangi ish kitobi uchta ish
varaqlaridan tashkil topgan bo‗lib, kerak bo‗lganda
istalgancha
yangi varaqlar qo‗shsa bo‗ladi. Agar varaqlarga nom berilmagan
bo‗lsa ularga
Лист1, Лист2, Лист3
va h.k. ko‗rinishda
nomlangan bo‗ladi. Varaqqa kerakli nom qo‗yish
uchun uning
nomi ustida sichqon ikki marta bosilib yangi nom matni
kiritilishi mumkin. Zaruriy varaqni
faollashtirish uchun uning
nomi ustida sichqon tumachasi bir marta bosiladi.
Har bir ish varag‗i bir nechta ustun va satrlardan iborat
bo‗ladi. Satrlar jadvalning chap tarafidagi
satr nomerlari orqali
aniqlanadi. Har bir ish varag‗ida 65536 ta satr bo‗lishi mumkin.
Ustunlar lotin alifbosining harflari yordamida nomlanadi.
Har bir ish varag‗ida ustunlar soni 256 tagacha bo‗lishi mumkin
bo‗lib, ular boshida
Dostları ilə paylaş: