b) Alfavit bo„yicha tartiblangan atamalar yordamida qidirish, lozim bo‗lganda «
Указатель » opsiyasidan foydala-
niladi (2.7-rasm). «
Указатель » opsiyasi bosilganda chap panel-
da alfavit bo‗yicha tartiblangan atamalar ro‗yxati chiqadi. Bun-
dan kerakli atama tanlanadi (sichqoncha yordamida belgilanadi)
48
va paneldagi «
Показать » tugmachasi bosilsa, darchaning o‗ng
tarafidagi panelda shu atamaga tegishli matn chiqadi.
2.7-rasm. Ma‘lumotnomaning «Указатель» opsiyasi
ishlagandagi ko‗rinishi.
Agar chap paneldagi «
Введите ключевое слово для поискa» (Qidirish uchun kalitli so‗z kiriting) sohasiga ―kalitli‖
so‗z kiritilsa, atamalar ro‗yxatida o‗sha so‗z (atama) paydo
bo‗ladi, bu ro‗yxatdan keraklisini qidirishni birmuncha
tezlashtiradi (2.8-rasm).
Qaytadan chap panelni chiqarish uchun shu darchaning
piktogrammasi bosiladi. Bunda darcha asl holiga qaytadi.
– piktogrammasi bir qadam avval ochilgan
ma‘lumotga qaytish uchun xizmat qiladi.
– piktogrammasi oldinga qaytishni ta‘minlaydi.
Ma‘lumotnomaning matni panelga sig‗magan holda, uning
boshqa qismlarini ko‗rish uchun panelning o‗ng tarafidagi
vertikal o‗tkazish lineykasidan foydalaniladi.
49
2.8-rasm . Ma‘lumotnomaning «Поиск» optsiyasi
ishlagandagi
ko‗rinishi.
2.5. Fayl va jildlarni izlash Fayllar va jildlarni qidirishning bir nechta usullari mavjud
bo‗lib, bu amal