1-bob. KOMPYUTER TEXNIKASI VA UNING TA‟MINOTLARI 1.1. Kompyuter texnikasining paydo bo„lishi va rivojlanishidagi asosiy bosqichlar Axborot texnologiyalarining paydo bo‗lish tarixi qadimgi
zamonlarga borib taqalgan bo‗lib, uning birinchi bosqichida
hisoblash amallarini bajarish uchun oddiy tayoqchalar va
toshlardan foydalanilgan.
1617-yilda ixtiro qilingan Jon Neperning logarifmik prin-
sipda ishlovchi tayoqchasi hisoblash amallarini bajarishni
yengillashtirishda muhim qadamlardan sanaladi.
Keyinchalik Genri Briggs birinchi marotaba o‗nlik logarifmlar
jadvalini tuzdi. Bu jadval yordamida hisoblash amallarini bajarish
birmuncha osonlashdi. 1851–1854-yillar orasida fransuz Amedey
Mannxeym logarifmik lineykani ixtiro qildi. Undan 20-asrning
o‗rtalarigacha, ya‘ni elektr toki yordamida ishlovchi arifmo-
metrlar paydo bo‗lguniga qadar analitik hisoblarni bajarishda
foydalanib kelindi.
Sonlarning yig‗indisini hisoblash imkoniyatiga ega bo‗lgan
birinchi mexanik mashina 1642-yilda fransuz fizik olimi Blez
Paskal tomonidan yaratildi. 1673-yilda nemis olimi Gotfrid
Vilgelm Leybnits esa mexanik hisoblagichni ixtiro qildi. Bu
mashina avvalgilariga qaraganda ancha mukammal bo‗lib,
ikkilik sanoq sistemasida qo‗shish, ayirish, ko‗paytirish, bo‗lish
va kvadrat ildiz chiqarish amallarini bajara olardi.
1822-yilda ingliz matematigi Charlz Bebbidjning dastur
yordamida boshqariladigan analitik mashina loyihasi hisoblash
mashinalarining yaratilishida muhim qadamlardan biri bo‗ldi.
Ammo o‗sha davrlarda texnik imkoniyatlar chegaralanganligi
tufayli Bebbidj o‗z loyihasini to‗liq amalga oshira olmadi.
Keyinchalik mazkur loyiha hisoblash mashinalarining yaratili-
shida asosiy tamoyil bo‗lib xizmat qildi.
6
XIX asrning 80-yillari oxirida AQSHlik German Xollerit
perfokartaga tushirilgan ma‘lumotlarga avtomatik ishlov beruv-
chi statistik tabulyator yaratdi. Bunday tabulyatorlarning yarati-
lishi raqamli analitik hisoblash mashinalarining yangi sinfini
ishlab chiqarishda ilk qadam bo‗ldi.
Ch.Bebbidj va G.Xolleritlarning ixtirolaridagi g‗oyalarga
asoslangan holda Garvard universitetining professori Govard
Eyken 1937–1943-yillar davomida elektromagnit rele asosida
ishlovchi «MARK-1» hisoblash mashinasini ixtiro qildi.
Taxminan shu vaqtning o‗zida AQSHda taniqli matematik
Jon fon Neyman ishtirokida Pensilvan universitetining xodimlari
Jon Mochli va Prosper Ekkertlar tomonidan hisoblash mashina-
sini elektron lampalar yordamida amalga oshirish mumkin-
ligining nazariy va texnik asoslari yaratildi. Bunday hamkorlik
natijasida 1946-yilda dunyoda birinchi elektron hisoblash
mashinasi — ENIAC yaratildi. Bu hisoblash mashinasi 18 ming
elektron lampadan tashkil topgan bo‗lib, 150 kW elektr
energiyasini sarf qilardi. Ish jarayonida Jon fon Neyman 1945-
yilda hisoblash texnikasining rivojlanishida muhim ilmiy
hujjatlardan biri bo‗lgan o‗zining maqolasini chop etgan bo‗lib,
unda yangi avlod universal hisoblash mashinalari qurilmalari-
ning funksional vazifalari va ishlash prinsiplari asoslab berilgan
edi. Bu ixtiro birinchi avlod hisoblash mashinalari, ya‘ni
kompyuterlarning yaratilishidagi dastlabki qadam bo‗lgan.
Tranzistorlarning vujudga kelishi va ularning hisoblash
texnikasida qo‗llanishi ikkinchi avlod hisoblash mashinalari
uchun asosiy mezon bo‗ldi. Elektron lampalar o‗rnini tranzis-
torlar egallashi natijasida kompyuterlarning tezligi va ishonch-
lilik darajasi oshdi, shuningdek, qurilmalarning hajmi ixcham-
lashib, imkoniyatlari kengaydi.
1958-yilda
AQSHlik
Jek
Kilbi
tomonidan
bitta
yarimo‗tkazgichli plastinada bir nechta tranzistorni hosil qilish
imkoniyati yaratildi. 1959-yilda Robert Noys (INTEL firmasi-
ning asoschisi) esa shunday plastinadagi tranzistorlarni ma‘lum
sxema bo‗yicha
ulash
usullarini
ixtiro qildi.
Bunday