CyrToLat&LatToCyr 2002



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/102
tarix09.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#142266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
kompyuter texnologiyalari asoslari

integral sxemalar
yoki 
chiplar
deb yuritildi. 1968-yilda Burroughs firmasi integral sxemalar 
asosida birinchi kompyuterni yaratdi. Shunday qilib, uchinchi 
avlod kompyuterlari paydo bo‗lishida element baza asosini 
integral sxemalar tashkil etdi. 
70-yillarning o‗rtalarida to‗rtinchi avlod kompyuterlari 
yaratilib, ularning element bazasi katta va o‗ta katta integral 
sxemalardan tashkil topgan edi.
70-yillarga kelib mikroelektronikaning rivojlanishi shaxsiy 
kompyuterlar yaratishga imkoniyat ochib berdi. INTEL firmasi 
1970-yil oxiriga kelib birinchi Intel-4004 mikroprotsessorini 
yaratdi. Avvaliga bu mikroprotsessorlar turli xil maxsus 
qurilmalarda elektron sxemalar o‗rnida ishlatib kelindi. 1973-
yilda INTEL firmasi 8 bitli Intel-8008 mikroprotsessorini 
yaratdi va 1975-yilda shu mikroprotsessor asosida birinchi 
shaxsiy kompyuter Altair - 8800 yuzaga keldi.
1981-yilning avgust oyida IBM firmasi birinchi IBM RS 
tipidagi shaxsiy kompyuterni yaratib, keng ommaga taqdim etdi. 
Bir-ikki yildan so‗ng IBM RS kompyuterlari jahon bozorida 
oldingi o‗rinlarga chiqib oldi. Hozirgi vaqtda IBM RS kompyu-
terlari shaxsiy kompyuterlarning standarti bo‗lib qoldi. 
1984-yilda Microsoft firmasi Windows operatsion tizimi-
ning birinchi namunasini yaratdi. Windows operatsion tizimining 
yaratilishini amerikaliklar XX asrning eng buyuk kashfiyotlari 
sifatida e‘tirof etdilar.
1.2. Shaxsiy kompyuterlarning arxitekturasi
Kompyuterlarning arxitekturasi 
odatda foydalanuvchi 
uchun muhim bo‗lgan xossalari majmuasi bilan aniqlanadi. 
Bunda asosan uning tuzilmasi va funksional imkoniyatlariga 
ahamiyat beriladi.
1.1-rasmda shaxsiy kompyuterlarning tarkibiy sxemasi 
keltirilgan bo‗lib, undagi asosiy bloklarning tarkibi va vazifalari 
bilan tanishib chiqaylik.




Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin