10
protsessor ma‘lumotlarni tezkor xotiradan oladi. Bu ma‘lumot-
larga dasturlar hamda ularning bajarilishi uchun kerakli bo‗lgan
ma‘lumotlar, ya‘ni berilganlar kiradi. Mazkur xotira yuqori
tezlikda ish bajargani uchun ―tezkor‖ deb nom olgan. Lekin,
tezkor xotiradagi ma‘lumotlar kompyuter o‗chirilganda yo‗qo-
ladi, ya‘ni o‗chib ketadi.
Tashqi xotira
– kompyuterning
tashqi qurilmalariga kirib,
unda uzoq muddatga saqlanishi va lozim bo‗lganda qayta ishlov
berilishi lozim bo‗lgan ma‘lumotlar saqlanadi.
1.3. Kompyuterlarning texnik ta‟minoti
Yuqorida biz shaxsiy kompyuterlarning tuzilmasi va undagi
asosiy bloklarning funksional vazifalari xususida so‗z yuritdik.
Endi
IBM PC kompyuterlari misolida bu qurilmalarning muay-
yan ko‗rinishlari, ya‘ni IBM PC
shaxsiy kompyuterlarining
texnik ta‘minoti to‗g‗risida batafsil to‗xtalamiz.
IBM PC kompyuterlarining elektron sxemasi bir necha
moduldan, boshqacha aytganda elektron
platalardan tashkil
topgan bo‗lib, bu tuzilma foydalanuvchining ixtiyoriga ko‗ra
moslanuvshanlik va ta‘mirlash ishlarini bajarishni yengillash-
tirish imkoniyatlarini yaratadi.
Mikroprotsessor (Central Processing Unit (CPU)-marka-
ziy protsessor).
Yuqorida aytilgandek,
kompyuterning eng
asosiy qurilmasi mikroprotsessor bo‗lib, mazkur qurilmada
axborotlarga ishlov berishdagi
barcha amallar hamda boshqa
qurilmalarni boshqarish ishlari bajariladi.
IBM PC
shaxsiy
kompyuterlarida
Intel
firmasining mikroprotsessorlaridan tash-
qari u bilan turdosh bo‗lgan boshqa (
Dostları ilə paylaş: