CyrToLat&LatToCyr 2002


e)  Obyektni o„zi turgan disk yoki jilddan ochish



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/102
tarix09.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#142266
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   102
kompyuter texnologiyalari asoslari

e)
 Obyektni o„zi turgan disk yoki jilddan ochish. 
Obyektni 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗zi turgan disk yoki jilddan ham ochish 
imkoniyati mavjud bo‗lib, buning uchun o‗sha disk yoki jild 
joriy qilib olinadi (ochiladi) va darchadagi obyektlar ro‗yxatidan 
keraklisi tanlanib, uning belgisi ustida sichqoncha tugmachasi 
ikki marta ketma-ket bosiladi. Bunda ekranda shu obyektning 
darchasi paydo bo‗ladi. 
f)
Bosh menyuning «Выполнить...» bandidan ishga 
tushirish. 
«Пуск» tugmachasi yordamida bosh menyu ochiladi 
va uning «
Выполнить...» 
bandi bosiladi. Chiqqan darchaning 
«
Открыть:»
sohasiga ishga tushirilishi lozim bo‗lgan obyekt-
gacha ―yo‗l‖ kiritiladi, ya‘ni manzili ko‗rsatiladi.


43 
Bu ishni shu darchadagi «
Oбзор...»
tugmachasi yordamida 
obyekt turgan disk va jildlarga kirish yo‗li bilan ham bajarsa 
bo‗ladi.
Obyekt manzili aniq bo‗lgandan so‗ng «
OK»
tugmachasi 
bosiladi. 
2.3. WINDOWS tizimining darchalarini boshqarish 
 
Windows tizimida ishlovchi istalgan obyekt ochilganda 
ekranga uning darchasi chiqadi. Shuning uchun ham bu 
operatsion tizim 
Windows
, ya‘ni 
«
Darchalar
»
deb yuritiladi. 
Ilova bilan ishlash jarayonida barcha amallar (buyruqlar) shu 
darchaning sohasida, uning elementlari (sarlavha satri, menyu, 
piktogrammalar va boshqalar) yordamida bajariladi. Windows 
tizimidagi har bir ilovaning darchasi o‗ziga xosligi bilan birga, 
ko‗rinishi, elementlarining joylashishi va mos tugmachalari 
(piktogrammalari)ning vazifalarida o‗xshashlik mavjuddir.
Windows darchalarining yuqori qismida sarlavha satri 
joylashgan bo‗lib, unda odatda ilovaning nomi va darchani bosh-
qarish tugmachalari turadi (2.5-rasm). Uning ostida ilovaning 
bosh menyusi joylashgan bo‗lib, barcha amallar bosh menyudagi 
bandlarning menyuostilari orqali bajarilishi mumkin. Bosh 
menyudagi biror bandning menyuostisini ochish uchun sich-
qoncha ko‗rsatkichi shu bandga keltirilib, tugmachasi bir marta 
bosiladi (2.4-rasmda bosh menyuning «
Вид»
bandi ochilgan). 
Bosh menyudan keyingi satrda odatda piktografik menyu yoki 
boshqacha qilib aytganda, piktogrammalardan tashkil topgan 
anjomlar paneli joylashgan bo‗lib, ko‗p ishlatiladigan amallarni 
shu yerdagi piktogrammalar yordamida tez va qulay bajarish 
mumkin. Darchaning asosiy qismini ish yuritish sohasi tashkil 
etib, bu sohada ilovaning o‗ziga xos turli xil ma‘lumotlari, ishlov 
beriladigan obyektlarning ro‗yxatlari va boshqalar turishi 
mumkin.
Windows muhitida darchalarni boshqarish amallari mavjud 
bo‗lib, ular asosan quyidagilardir: 


44 

darchani yopish;

obyekt darchasini piktogramma ko‗rinishiga keltirib 
(yig‗ib), masalalar paneliga tushirib qo‗yish; 

obyekt darchasini butun ekranga yoyish; 

butun ekranga yoyilgan darchani asl holiga keltirish; 

asl holdagi darchaning o‗lchamini o‗zgartirish; 

asl holdagi darchaning joyini o‗zgartirish.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin