41
2.4-rasm
.
«Пуск» tugmachasi yordamida
«Калькулятор» ilovasini
ishga tushirish ketma-ketligi
.
Bajarilgan ketma-ketlikni qisqa qilib:
«Пуск»/«Программы»/«Стандартныe»/«Калькуля-
тор»
ko‗rinishda yozish mumkin.
Xuddi shu yo‗sinda bosh menyuning
boshqa obyektlarini
ham ochish mumkin.
d)
Obyektlarni masalalar panelida faollashtirish.
Yuqori-
da aytilgandek, masalalar panelida avval ochilgan obyektlarning
piktogrammalari turadi. Bir vaqtning o‗zida ekranda ochilgan
obyektlarning bir nechtasi darchalari ko‗rinishi mumkin. Ulardan
ba‘zilari boshqa darchaning orqasida bo‗lgani uchun ko‗rin-
masligi ham mumkin. Ba‘zi obyektlarning darchalari yig‗ilgan
holda, ularni faqat piktogrammalarigina
masalalar panelida
bo‗lishi mumkin. Lekin ochilgan obyektlarning darchalari
ekranda bo‗lish-bo‗lmasligidan qat‘iy nazar, ularning piktogram-
malari masalalar panelida turadi. Bir vaqtning o‗zida faqat bitta
obyektning darchasi faol bo‗lishi mumkin yoki, umuman, birorta
42
ham faol darcha bo‗lmasligi mumkin. Masalalar panelida faol
darchaga mos keluvchi obyektning piktogrammasi boshqalardan
ochroq rangda bo‗lib ajralib turadi (2.2-rasm).
Masalalar panelidagi obyektning
darchasini faollashtirish
uchun paneldagi uning piktogrammasiga sichqoncha ko‗rsatkichi
keltirilib, tugmachasi bir marta bosiladi. Bunda agar obyektning
darchasi ekranda bo‗lmasa, u ochiladi va faollashadi. Obyekt-
ning darchasi ekranda mavjud bo‗lsa,
u boshqa darchalarning
ustida (oldingi planda) paydo bo‗ladi va faollashadi. Darchaning
faolligini uning sarlavha satrining boshqalardan farqli o‗laroq
boshqa rangda bo‗lishidan bilib olsa bo‗ladi. Shuningdek, avval
aytilgandek, masalalar panelidagi unga mos keluvchi piktog-
ramma ham ochroq rangda bo‗lib qoladi.
Kezi
kelganda shuni aytish mumkinki, obyekt darchasini
faollashtirishning yana bir usuli uning ekranda ko‗rinib turgan
istalgan qismida sichqoncha tugmachasini bir marta bosish yo‗li
bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: