6
ichiladigan suv, is‘temol qilinadigan go‘sht, sut, don sarxil mevalar, daryo va
ko‘llardagi baliqlar, har xil shifobaxsh giyohlar, turli-tuman xom ashyolar
bo‘lmasa, bir daqiqa ham yashay olmasligimizni juda yaxshi bilamiz, tushunamiz.
Tabiiy boyliklar Ollohning odamzotga in‘om etgan buyuk ne‘matlaridir.
Tabiatning barcha nozu-ne‘matlari, tabiiy boyliklardan bahramand bo‘lishning o‘zi
inson uchun yuksak baxtdir.
Bu baxt bir necha ming yillik tarixga ega. Bu
tarix Yer yuzida insoniyat
paydo bo‘la boshlagan kezlardanoq boshlangan. Insoniyatning tabiat bilan bo‘lgan
aloqasi vaqtincha emas, balki doimiy va zaruriydir. Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi
aloqadorlik, jamiyatning tabiatga aksincha, tabiatning esa jamiyatga ta‘siri
kishilarning ongi va irodasiga bog‘liq bo‘lmagan ob‘yektiv zaruriyat, qonuniyatdir.
Jamiyatning tabiat bilan aloqadorligi, ta‘siri va aks ta‘siri kurrayi zamindagi
ayrim bir xalqlar, elatlar, millatlar, davlatlar va jamiyatlarga taaluqli bo‘libgina
qolmay, balki barcha xalqlar va mamlakatlar uchun bir xildagi umumiy va
zaruriydir. Tabiiy muhit inson hayoti va faoliyatining doimiy, abadiy va zaruriy
shartidir.
Odamzot Koinotning gultoji sifatida ilk paydo bo‘lgan davrdan, to hozirga
qadar tabiatga ta‘sir qilib, unga ta‘sirni o‘tkazib, bu ta‘sirni bora-bora kuchaytirib,
oqibatda tabiatni batamom o‘zgartirib yubordi. Keyingi
ming yilliklar davomida
insonning tabiatga faol aralashishi natijasida Yer shari yuzasi iqlimi, o‘simligi,
hayvonot dunyosining tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketganligi bunga yaqqol
misol bo‘ladi. Dunyo tarixida ilk daf‘a, inson faoliyati hayotning eng zarur
sarchashmalarining buzilishi va yemirilishiga sabab bo‘lmoqda.
Atmosferada karbon dioksid va boshqa toksik moddalar ko‘payib borishi
hamda ozon qatlamining kamayishi natijasida ―issiqxona‖ ta‘sirining vujudga
kelishi va kislota yomg‘iri, yer va suvning pestisid, kimyoviy o‘g‘itlar va sanoat
chiqindilari
bilan ifloslanishi, shahar va barcha o‘lkalarni tashvishga solayotgan
butunjahon cho‘llari, qaqrab yotgan yerlarning kengayishi, yadro va kimyoviy
qurollar bilan bog‘liq ko‘ngilsiz voqealarning rivoji bularning hammasi ko‘lami,
ehtiyoji va texnologik taraqqiyoti doimiy ravishda o‘sib borayotgan inson
7
faoliyatining qaqshatqich zarbasi bo‘lib, bizning biosferamizga o‘zining salbiy
oqibatlarini olib kelmoqda.
Insoniyatning o‘z kelajagi, ertangi kunni, istiqbolini o‘ylamay
qilgan
o‘zboshimchaliklari, ko‘r-ko‘rona qilmishlari tufayli tabiat behat ozor chekdi, ko‘p
amollardan abadiy judo bo‘ldi. Har xil kosmik changlar, ilmiy texnikaviy
taraqqiyot, ayniqsa, avtomobillar sonining tez darajada o‘sib borishi, radioaktiv
moddalar va boshqalar ta‘siri ostida barcha jonli mavjudotning hayot manbai
bo‘lgan atmosfera havosi maksimal darajada ifloslanmoqda.
Bunday dahshatli hodisalar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida
kuzatilyapti. Atrof-muhitning radioaktiv va kimyoviy chiqindilar bilan bulg‘anishi,
aholining, chorva mollarining, parrandalarning, daryo hamda ko‘llardagi, suv
omborlari va okeanlardagi baliq va boshqa jonivorlarning ko‘plab zaharlanishiga,
Yevropa mamlakatlarida ko‘plab ro‘y
berib turgan sigir, buzoq, qo‘y,
cho‘chqalarning oqsil kasalliklariga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidimologiya nazorati bergan
ma‘lumotga ko‘ra hozirda Respublikamiz sanoati va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida
3 milliondan ortiq kishi band bo‘lib, shuning qariyb 1 millionga yaqini zararli
sharoitlarda (chang, shovqin, titrash, ultra- va infratovushlar ta‘sirida) mehnat
qilmoqda.
Zararli mehnat sharoitlari hisobiga kasb-patologiya kasalliklari ko‘payishi
kuzatilmoqda. Jumladan, Respublikamizda so‘nggi besh yil davomida bu kasallik
(har 10000 ishchiga nisbatan) 1,2 dan to 1,76 gacha ko‘paygan, Navoiy tog‘-
metallurgiya kombinatida bu ko‘rsatgich 1,62 dan to 3,2 gacha oshgan.
Ekologik muammo deganda, butun insoniyatga xavf soladigan, ilmiy
asoslangan muammolarni tushunish maqsadga muvofiq. ―Ekologik kimyo‖ fanini
o‘rganishda u bilan o‘zaro uzviy bog‘liq fanlarni ham o‘rganish, bu fanlar
to‘plagan bilimlardan xabardor bo‘lish kerak bo‘ladi. ―Ekologik kimyo‖
fanining
boshqa fanlar bilan aloqadorligini quyidagicha ifodalash maqsadga muvofiqdir:
8
Ko‘rsatilgan fanlarning har biri ekologik muammolarni hal qilishda alohida
vazifa va o‘ringa ega. Kimyo, fizika, biologiya va geografiya fanlari ekologik
muammolarni aniqlash, ularni oldini olish vazifalarini bajarish bo‘yicha yuqori
o‘rinda tursa, falsafa, tarix ekologik muammolarni falsafiy jihatdan tahlil qiladi;
pedagogika, psixologiya esa yosh avlodni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashda,
ularda ekologik tarbiyani shakllantirish, singdirish va o‘stirishga xizmat qiladi.
Fanlararo bog‘lanish ekologik muammolarni yechishda, ularni bartaraf
etishda va oldini olishda albatta, o‘zining ijobiy ta‘sirini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: