D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

Denitrifikatsiya
(de... nitrogenium – azot va faclo – qilaman) – nitratlarning 
denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar tomonidan molekulyar azotgacha qaytarilishi 
jarayoni. Bunda tuproqdagi nitrat, nitrit, ammiak va amin birikmalar bakteriyalar 
taʼsirida parchalanib, ulardagi azot gaz holidagi molekulyar azotga aylanadi, 
nitrifikatsiyaga qarama-qarshi jarayon. Denitrifikatsiyani birinchi marta fransuz 


42 
olimlari E.Gayon va G.Dyupetilar aniqlagan. Bakteriyalar nitratlarni qaytarish 
uchun zarur boʻlgan energiyani organik moddalar (uglevodlar, spirtlar, organik 
kislotalar) ning oksidlanishi natijasida oladilar, nitratlardagi kislorod esa elektron 
va vodorodning akseptori hisoblanadi. Shuningdek, oltingugurt yoki molekulyar 
vodorod oksidlanishida nitratlarni tiklovchi denitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning 
ayrim bir turlari ham bor. 1 gramm tuproqda oʻn va yuz ming 
denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar mavjud boʻladi. Lekin, tuproqda denitrifikatsiya 
jarayoni faol yuz berishi uchun nitratlarning yetarli miqdori va oson 
parchalanadigan azotsiz organik moddalar, optimal reaksiya (pH 7,0–8,2), harorat 
25–30°C va eng muhimi – anaerob sharoitlar boʻlishi kerak. Shu sababli 
denitrifikatsiya sernam, havo yomon almashadigan tuproqlarda yaxshi kechadi. 
Denitrifikatsiya tuproqda azot birikmalarining kamayib ketishiga olib keladi va 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga zarar keltiradi. Yerni yumshatish 
denitrifikatsiyani susaytiradi. 
Biogen elementlar -
organizmlar tarkibida doim boʻladigan va ularning hayot 
faoliyatida muhim rol oʻynaydigan kimyoviy elementlar. Ularga avvalo kislorod, 
uglerod, vodorod, kalsiy, azot, kaliy, fosfor, magniy, oltingugurt, xlor, natriy, temir 
kiradi. Analitik kimyo va spektral analiz muvaffaqiyatlari tufayli organizmlar 
tarkibida juda oz miqdorda boʻladigan elementlar (mikroelementlar) topilmoqda va 
ularning biologik roli aniqlanmoqda. Tabiiy sharoitda organizmlarning hujayra va 
toʻqimalarida mavjud boʻlgan barcha kimyoviy elementlar muayyan fiziologik rol 
oʻynaydi. Organizmlar tarkibidagi elementlarning miqdori shu organizmlar 
turining xususiyatlariga, muhit, ovqat tarkibiga (jumladan, oʻsimliklar uchun – 
tuproqdagi tuzlar konsentratsiyasiga va eruvchanligiga), organizmning ekologik 
xususiyatlari va boshqalarga bogʻliq. 
Biogen elementlardan birortasi organizmda yetarli miqdorda boʻlmasa 
kasallik roʻy beradi (biogeokimyoviy endemiyalar), masalan, suvda va ovqatda yod 
yetishmasa, odam buqoq boʻladi yoki bor yetishmaganda qand lavlagi qora dogʻli 
boʻlib qoladi. 


43 
Chirish jarayoni (ammonifikatsiya)
 
hayvon va o‘simlik oqsillarining, ya‗ni 
tirik materiyaning zarur va doimiy qismidir. Azot miqdori havo tarkibining 
taxminan 
4
/
5
qismiga to‘g‘ri keladi, shunga qaramay yashil o‘simliklar va 
hayvonlar havodan azotni o‘zlashtira olmaydi, balki faqat kimyoviy bog‘langan 
azotni assimilyatsiya qiladi. O‘simliklar faqat anorganik azotni ammoniyli tuzlar 
shaklida o‘zlashtira oladi va nitrat kislota tuzlarini osonroq o‘zlashtiradi, nitratlar 
o‘simlik tanasida organik azot birikmalariga aylanadi, bular esa o‘simlik oqsilining 
tarkibiga kiradi. Hayvon organizmi o‘simlik oqsilini iste‗mol qilib, parchalaydi va 
o‘z oqsilini sintez qiladi. Organik azotdan doimo anorganik azot hosil bo‘lib turishi 
uchun mikroblar ishtirok etishi shart, ular murakkab organik birikmalarni 
parchalaydi, so‘ngra o‘simliklar yaxshi o‘zlashtiradigan nitratlarni hosil qiladi. Shu 
tariqa, dalalar hosildorligi va qolaversa butun organik hayot tuproqdagi ba‗zi 
mikroblar faoliyatiga bog‘liq.
Azot aylanib yurishining ayrim bosqichlarini ko‘zdan kechiraylik.
Chirish jarayoni.
 
Turli organizmlarning jasadlari, shuningdek ularning 
chiqindilari (go‘ng, najas, siydik) tuproqqa tushadi va unda muayyan harorat va 
namlikda chirituvchi mikroblar ta‗sirida parchalana boshlaydi. Chirish 

azotli 
moddalarning mikroblar tomonidan parchalanishidir.
 
Chirish oxirgi mahsulotlar 
vujudga kelguncha davom etadi. Odam va hayvonlarning yo‘g‘on ichagida 
chirituvchi mikroblar ayniqsa ko‘p, shuning uchun jasadlarning chirishi qorin 
bo‘shlig‘idan boshlanadi. Dastlab oqsillar anaerob sharoitda parchalanadi va oqsil 
molekulasi chala parchalanadi, so‘ngra aerob sharoitda esa oqsilning parchalanishi 
to‘laroq bo‘ladi.
Oqsil parchalanishining bosqichlariga qarab, chirishda goh anaerob 
mikroblar, goh aerob mikroblar qatnashadi. Anaerob mikroblardan V. putrificus, 
V. sporogenes va boshqa mikroblar, aerob mikroblardan esa V. proteus, V. 
mycoides, mog‘or zamburug‘lari va boshqa mikroorganizmlar chirish jarayoniga 
sabab bo‘ladi. Oqsil molekulasi sekin–asta polipeptid, pepton, albumoza, 
aminokislotalargacha parchalanadi, bunda badbo‘y hidli moddalar (indol, skatol, 
vodorod sulfid ajralib chiqadi). Oqsil oxirigacha parchalanganda ammiak, vodorod 


44 
sulfid, karbonat angidrid, suv, vodorod hosil bo‘ladi. Bu moddalarning bir qismi 
havoga ko‘tariladi, boshqalari, masalan, ammiak tuproqdagi anorganik tuzlar bilan 
qo‘shilib, ammoniy tuzlarini hosil qiladi. 
Chirish jarayonini qo‘zg‘ovchi mikroorganizmlar. Quyida chirish jarayonini 
qo‘zg‘ovchi mikroorganizmlardan eng ko‘p tarqalgan turlaridan misollar 
keltirilgan. 
Pichan va kartoshka tayoqchalari
 
past haroratda ko‘payishmaydi. Pichan va 
kartoshka tayoqchalari tabiatda juda ko‘p tarqalgan bo‘lib. Ko‘pgina oziq–ovqat 
mahsulotlarining bo‘zuvchisi hisoblanadi. Ularning sporalari yuqori haroratga 
bardoshliligi bilan ajralib turadi.
Pseudomonas aerob, harakatchan tayoqcha bo‘lib, spora hosil qilmaydi, 
gramm manfiydir. Bularning ko‘pgina turlari sovuqqa bardoshlidir, minimal o‘sish 
harorati -2 dan -5
0
C turidagi bakteriyalar
Protey (proteus vulgaris). Proteylarning ba‗zi turlari inson uchun toksik 
hisoblanadi. Past haroratlarda yaxshi rivojlanadi. Mayda gramm manfiy sporasiz 
tayoqchadir. Anaerob, uglevodlarni bijg‘itib kislota va gazlar hosil qiladi. 
Clostridium putrificum. Minimal harorat 5

C anaerob harakatchan, spora hosil 
qiluvchi tayoqchadir. Sporalari issiqqa bardoshli. Bu bakteriyalar uglevodlarni 
bijg‘itmaydi. Oqsillarni parchalab ammiak va vodorod sulfid hosil qiladi. Qulay 
rivojlanish harorati 37–43

C.
Clostridium sporogenes

Minimal harorat 5

C anaerob harakatchan, spora 
hosil qiluvchi tayoqchadir. Sporalari issiqqa bardoshli, tez spora hosil qilish 
qobiliyatiga ega. Bu bakteriyalar uglevodlarni bijg‘itib kislota va gazlar hosil 
qiladi. Oqsillarni parchalab vodorod sulfid gazi hosil qiladi. Qulay rivojlanish 
harorati 35–40

C. Klostridiy turidagi ikki bakteriya ham bankali konservalarning 
buzuvchilari hisoblanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin