59
Dunyo okeani yuzasi materiklar yuzasiga nisbatan Quyoshdan keladigan
issiqlikning 2/3 qismini oladi. Bunga sabab uning maydonining katta ekanligidir.
Ammo, okean yuzasida harorat bir xil taqsimlanmagan. Okean akvatoriyasida ham
quruqlik yuzasidagiga o‘xshab harorat geografik kenglik bo‘ylab o‘zgarib boradi.
Dunyo okeanida termik ekvator (eng baland harorat chizig‘i) ekvatordan
shimolroqda joylashgan. Bu yerda o‘rtacha yillik harorat 28ºC ga teng.
Ekvatordan shimoliy va janubiy tropik kengliklarda o‘rtacha yillik harorat 20-25ºC
ni tashkil etsa, shimoliy va janubiy qutblar kengliklarida o‘rtacha yillik harorat
doimo 0ºC dan past. Okean yuzasidagi suvlarning o‘rtacha yillik harorati 17,5ºC,
okean ustidagi havo harorati esa 14,4ºC ga teng. Shimoliy yarim sharda suv
harorati materiklarning ta‘siri tufayli janubiy yarim shardagiga nisbatan yuqoriroq.
Ayrim joylarda haroratning geografik kengliklarga bog‘liq holda taqsimlanish
qonuniyatlari dengiz oqimlari, doimiy shamollar, materiklardan iliq suvlarning
oqib kelishi ta‘sirida buziladi.
Okeandagi suvlarning harorati faqat goriznontal ravishda emas, balki
chuqurlikka tushgan sari ham o‘zgaradi. Suvning yuza qatlamida harorat ancha tez
pasayadi.chuqurlikka tushgan sari ancha sekinlashadi. Pastki qatlamida, ya‘ni
3000-4000 m dan chuqurda harorat odatda +2ºC dan 0ºC gacha bo‘ladi.
Dunyo okeanining qishi juda sovuq, uzoq davom etadigan Arktika va
Antarktika kengliklaridagina muz hosil bo‘ladi. Xuddi shunday mo‘tadil
mintaqalarda joylashgan ba‘zi bir sayoz dengizlar ham muzlaydi. Okeanlar
maydonining 15% ga yaqin qismi yoki 26 mln. km
2
akvatoriyasi muz bilan
qoplanadi.
Okeandagi muzlar saqlanish muddatiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: