D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


plankton, nekton va bentosga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bentos
plankton, nekton va bentosga
bo‘linadi.
Plankton bir hujayrali suvo‘tlari (fitorplanktonlar) va mayda hayvonlar 
(zooplanktonlar) meduzalar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar, oddiy 
hayvonlar va mallyuskalardan tarkib topgan. Fitoplanktonlar quyosh nuri yaxshi 
tushadigan suv qatlamining 50-100 m chuqurlikkacha bo‘lgan qismida, 
zooplanktonlar suv havzasining barcha chuqurliklarida keng tarqalgan. Ular erkin 
suzib yurish qobilyatiga ega emas. Bir joydan ikkinchi joyga suv to‘lqinlari va 
dengiz oqimlari yordamida siljiydi.
Nekton
 
dengiz va okean suvlarida faol harakat qilib uzoq masofalarga suzin 
yuruvchi tirik organizmlarni o‘z ichiga oladi. Bu guruhga baliqlar, kitsimonlar, 
kurakoyoqlilar, kalmarlar, yolg‘onoyoqlilar, dengiz ilonlari, dengiz toshboqalari 
kiradi.
Bentos
 
okeanlar tubida yashaydigan o‘simliklar va hayvonlardan tarkib 
topgan.Bentos organizmlari suv ostida gruntga yopishgan holda hayot 
kechiradi.Bular 
mallyuskalar, 
bulutlar, 
marjonlar, 
chuvalchanglar,
qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar, va eng oddiy foraminiferalardir. Bu gurhga 


66 
o‘simliklardan yashil, ko‘k-yashil, qizil va qo‘ng‘ir suvo‘tlari kiradi. Okean 
tubidagi balchiqlarda yashaydigan bakteriyalarga mansub.
Dunyo okeani tabiiy boyliklarning xazinasi hisoblanadi. Bu boyliklar 
biologik, kimyoviy, ma‘danli va yoqilg‘i-energetik resusrslaridan iborat. Dunyo 
okeanidan ovlanadigan organizmlarning 90% ga yaqinini baliqlar, 6% dan 
kamrog‘ini umurtqasiz hayvonlar, 1% dan kamrog‘ini dengiz sutemizuvchilari 
tashkil etadi, 4% atrofida suvo‘tlari yig‘iladi.
Okean suvlaridan eng ko‘p ovlanadigan baliqlar oilasiga treskalar, seldlar, 
anchouslar, skumbriyalar, stavridalar tunestlar kambalalar va koryushkalr kiradi. 
Bulardan tashqari krillar, kalmarlar, omarlar, langustalar, qisqachbaqalar tutiladi. 
Suvo‘tlarni yig‘ishda Yaponiya birinchi o‘rinda turadi. Dunyoda har yili 1,3 mln. 
tonna atrofida suvo‘tlar yig‘ilsa, shundan 700 ming tonnasi Yaponiyaga to‘g‘ri 
keladi. 
Okean suvlari kimyoviy elementlarga ham boy. Hozirgi vaqtda ma‘lum 
bo‘lgan 114 ta kimyoviy elementlardan 70 tasi okean va dengiz suvlaridan 
topilgan. Okeanning 1 km
3
suvining tarkibida 35 mln. tonna erigan qattiq moddalar 
bor. Bular osh tuzi, brom, magniy, oltingugurt, alyuminiy, mis, uran, kumush, oltin 
va boshqalardir.
Dunyo okeanida neft, gaz va toshko‘mir konlari ham keng tarqalgan. Neft va 
gaz asosan Shimoliy dengizdan, Meksika qo‘ltig‘idan, Venesuela qirg‘oqlaridan, 
Yaqin Sharq sohillaridan qazib olinadi. Toshko‘mir konlari Xitoy, Kanada, AQSH, 
Avstraliya, Irlandiya, Turkiya va qisman Gretsiya hamda Fransiya sohillarida 
mavjud. 
Binobarin, insoniyat Dunyo okeanidan muntazam foydalanar ekan birinchi 
navbatda undan oqilona maqsadga muvofiq foydalanishga amal qilish kerak. 
Ikkinchi navbatda insoniyat oldida okeandagi hayotni muhofaza qilish, biologik 
boyliklarni ko‘paytirish okean suvlarining ekologik holatini yaxshilash kabi 
muhim va muqaddas vazifalar turibdi.
Okean oqimlari materiklarning tabiiy sharoitiga, issiqlik va namlikning 
qayta taqsimlanishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Oqimlar o‘zining turiga qarab havo 


67 
massalarini isitishi yoki sovutishi mumkin. Ekvator atrofida hosil bo‘lgan iliq 
oqimlar qutblar tomon harakat qilib, u yerlarga juda katta miqdordagi issiqliuk olib 
boradi. Ayniqsa, issqlikni qayta taqsimlashda golfstrim, Kurasio kabi qudratli 
oqimlarning roli benihoya katta.
Masalan, Golfstrim va Shimoliy Atlsantika oqimlari tropik mintaqadan 
mo‘tadil va qutbyoni kengliklarining har 1 sm
2
joyiga yiliga 80-100 katta kaloriya 
issiqlik olib keladi. Kurasio oqimi esa Yapon orollari yaqiniga 20-30 katta kaloriya 
issiqlik olib keladi. Oqibatda iliq oqimlar ustida hosil bo‘lgan dengiz havo massasi 
quruqlikkka kirib borib materiklarning qirg‘oq bo‘ylarini qish paytlari ham isitadi. 
Chunonchi, Shimoliy Atlantika oqimi ustida vujudga kelgan issiqlikni G‘arbiy 
shamollar Yevrosiyoga olib keladi va uning iqlimini shakllanishida faol ishtirok 
etadi. 
Oqimlar yog‘inlarning taqsimlanishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Iliq oqimlar 
o‘tadigan qirg‘oqlarda yog‘in ko‘p, sovuq oqimlar o‘tadigan qirg‘oqlarda yog‘in 
kam yog‘adi. Chunki sovuq oqimlar ustida yuqori atmosfera bosimi hosil bo‘ladi. 
Okeanlar bilan materiklarning o‘zaro aloqadorligini musson shamollari va 
suvning aylanma harakati misollarida yaqqol ko‘rish mumkin. ―Musson‖ arabcha 
so‘z bo‘lib, uning ma‘nosi mavsum demakdir. Musson shamollari mavsumga 
qarab o‘z yo‘nalishini qarama-qarshi tomonga o‘zgartiradigan havo oqimi 
hisoblanadi. Mussonlarning hosil bo‘lishida materiklar bilan okeanlarning turlicha 
isishi natijasida atmosfera bosimining o‘zgarishi hal qiluvchi qol o‘ynaydi. 
Binobarin, mussonlar yuqori bosimli va past bosimli mavsumiy oblastlar orasida 
vujudga keladi. Qishda quruq havo massasi quruqlikda okeanga qarab esadi yozda 
esa dengiz havo massasi okeandan quruqlikka qarab esadi. Mussonlar materik 
ichkarisiga 1000 kilometr masofagacha kirib borib, shu joyining iqlim 
xususiyatlarini belgilaydi. Ular ta‘sir etgan joylar sernam va salqin bo‘ladi. 
Shunday qilib, musson shamollari okeanlar bilan materiklarning o‘zaro 
aloqadorligini mustahkamlovchi vosita rolini bajaradi. 
Okean suvi tabiatda to‘xtovsiz harakat qilib, bir holatdan ikkinchi holatga 
o‘tib yuradi hamda Yer yuzida katta va kichik aylanma harakat hosil qiladi. 


68 
Suvning katta aylanma harakati quruqlikka juda katta miqdorda nam keltiradi 
daryo ko‘l va yer osti suvlarini tarkib topishiga imkon yaratadi. Tuproqlarni 
o‘simlik qoplamiga va turli xil organizmlarga baxsh etadi.
Dunyo okeani yuzasidan har yili o‘rta hisobda bir metr qalinlikda suv 
bug‘lanib atmosferaga ko‘tariladi. Atmosferaga ko‘tarilgan namning bir qismi 
kichik aylanma harakat tufayli yog‘in bo‘lib yog‘adi, daryolarni, ko‘llarni, 
tuproqlarni suv bilan ta‘minlaydi. So‘ngra daryo va yer osti suvlari orqali yana 
okeanga kelib qo‘shiladi va suvning katta aylanma harakatini hosil qiladi. Shuning 
uchun ham okean sathi pasaymaydi.
Shunday qilib, dunyo okeani oqimlari, dengiz havo massalari va suvning 
aylanma harakati materiklar tabiatiga juda katta ta‘sir ko‘rsatadi. Yer tabiatining 
xususiyatlari xilma-xil bo‘lishi, quruqliklarda namlikning ko‘p bo‘lishi, qalin 
o‘rmonlarning keng tarqalishi, organik hayotning normal rivojlanishi okeanlar 
bilan materiklarning o‘zaro aloqadorligiga bog‘liqdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin