D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


gipotermal issiq buloqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

gipotermal issiq buloqlar, 
suvning harorati 289-291 K, 
mezotermal 
– suvning harorati 291-303 K, bu 
guruhga O‘rta Osiyo issiq buloqlari – Aq-Gez, Archman, Qolat, Sapar chashma 
kabilar kiradi, 
issiq buloqlar 
suv harorati 303-313K bo‘lib, bu guruhga 
Qirg‘izistonning Oqbuloq, Ayubbuloq, Oqsuv, Jetti og‘uz kabilar kiradi
, issiqroq 
buloqlar 
suv harorati 313-333 K bu guruh uchun Oqsuv, Qizbuloq, Chortoq 
kabilar kiradi, 
haqiqiy termal qaynoqroq buloqlar 
suv harorati 333-353 K, bu 
guruhga Toshkent yer osti mineral suvlari, Tojikistondagi Obigarm bulog‘i kiradi, 
Qaynoq buloqlar
suvining harorati 353-369 K, bunday buloqlarga Tojikistonning 
Varzob tog‘idan chiqadigan Hoji Obigarm radon gazli qaynoq buloq misol bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan buloqlardan chiqadigan mineral suvlar tarkibida 1,1-13 
l
g
turli tuzlar bo‘lib, ular har xil kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Yer ostidan 
bir kunda 115 litrdan 114580 ayrim hollarda 430000 litr suv chiqadi. Hoji Obigarm 
qaynoq buloqlari bir kunda 73000 litrgacha suv chiqaradi. 
Yer osti qaynoq suvlar to‘plami 
geotermal suvlar
 
deyiladi. 
Yer osti mineral suvlari katta xo‘jalik ahamiyatiga egadir. Ulardagi doimiy 
harorat, ma‘lum miqdordagi mineral tuzlar – temir, brom, yod moddalari turli 
gazlar (radon, oltingugurt) va organik moddalarning bo‘lishi, ularning fizikaviy va 
kimyoviy xislatlarini oshiradi. Yer osti mineral suvlari – davolashga (ichish, 
cho‘milish, vanna qabul qilish), sanoatda ishlatishga (turli tuzlarni ajratib olish) va 
termoelektroenergiya, issiqlik olishda (uylarni isitish, issiqxonalar, gidroponikalar, 
elektrostansiyalar) foydalaniladi.
Yer osti suvlarining shifobaxshlik xossalaridan tabiatda keng foydalaniladi
masalan, Namangan viloyatining Chortoq tumanida joylashgan 
“Chortoq”
sanatoriysida yer ostidan otilib chiqadigan shifobaxsh issiq suv 50 yildan ziyod 
vaqtdan beri xalqimizning ko‘p dardi(kasalliklari)ga shifo bo‘lmoqda. 
Respublikamizda geotermal suv manbalari ko‘p, ammo ulardan foydalanish 
yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Geotermal suvlardan nisbatan kam foydalanishning 


54 
asosiy sabablaridan biri suvni chiqarib tashlashdir. Turkmaniston Respublikasida 
ko‘p yillardan beri geotermal suvlardan yod va brom olinadi. Bizda ham geotermal 
suvlardan yod olish hozirgi vaqtda Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilmoqda.
Geotermal suvlar energiyasidan foydalanish atrof-muhitni muhofaza qilish 
nuqtai nazaridan juda istiqbolli hisoblaniladi. Yer osti qaynoq suvlarining issiqlik 
energiyasidan foydalanib, asrimizning boshida 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin