D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


III.3. Gidrosferaning asosiy toksikantlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

III.3. Gidrosferaning asosiy toksikantlari 
Oqava suvlarning suv havzalariga tushishi ularning kimyoviy, fizikaviy, 
bakteriologik tarkibini o‘zgartirib yuboradi. Natijada suvda yashovchi jonivorlar 
qirilib,suvdagi modda almashinuvi jarayoni izdan chiqadi. Keyingi vaqtlarda suv 
hayvonlarining bu omillarga sezgirligi ancha yuqori bo‘lib qoldi.
Masalan, 1 litr suvdagi 0,25-2,5 mg margimush planktonlarni, mayda suv 
hayvonlarini o‘ldiradi, 10-20 mg margimush esa katta baliqlarni nobud qiladi. 
Xo‘jalik suvlarini suv havzalariga oqizish oqibatida suv o‘simliklari o‘lib, suv 
yuzini qoplaydi.
Natijada suvning mazasi, hidi va boshqa xususiyatlari o‘zgarib, suv sasiy 
boshlaydi. Suv o‘simliklarining o‘lishi natijasida zaharli gazlar ajralib chiqadi. 
Issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning chiqindi suvlari suv 
havzasidagi suv haroratini 8-10

C ga ko‘tarib, mikroorganizmlarning o‘sishiga 
imkon yaratadi. Radioaktiv moddalar saqlaydigan chiqindi suvlar eng xavfli 


77 
suvlardir. Bunday suvlar termoyadro qurolini suv ostida tekshirilganda, uran 
olinganda hosil bo‘ladi. 
Suv havzalarini ifloslantiruvchi eng kuchli manbalardan biri hozirgi zamon 
qishloq xo‘jaligi ob‘yektlaridir. Endigi muammo ifloslangan suvni tozalash. Suv 
havzalari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, unda vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini 
tozalash jarayoni sodir bo‘lib turadi. 
Bunda quyosh nuri ta‘sirida organik moddalar parchalanib, mikroblar qirilib 
turadi. O‘z-o‘zini tozalash jarayonida bakteriyalar, bir hujayrali hayvonlar, 
mog‘orlar, suv o‘simliklari faol ishtirok etadi. Bu jarayonda ayniqsa, chiqindi 
suvlarning suyultirilishi katta ahamiyatga ega. Suv ma‘lum masofada o‘z-o‘zini 
tozalash imkoniga ega bo‘lib, agar oqova suv miqdori ko‘p bo‘lsa suv o‘z-o‘zini 
tozalay olmaydi. Suv havzalaridagi suvga qo‘shimcha ifloslik tushmasa 24 to‘rt 
soat ichida 50% atrofidagi bakteriyalardan o‘zini tozalashi mumkin. 48 soat ichida 
faqat 0,5% mikrob qoladi. Qish kunlarida bu jarayon ko‘proq davom etadi, shu 
sababli chiqindi suvlar avval tozalash inshootlaridan o‘tkazilib, so‘ngra suv 
havzalariga oqiziladi.
Inson organizmi uni o‘rab turgan tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liq. 
Demak, tashqi muhitning ifloslanishi kishi organizmiga salbiy ta‘sir etar ekan. 
Shuning uchun ham tashqi muhitni asrash inson sog‘lig‘ini saqlash demakdir. 
Tashqi muhit omillaridan biri ifloslangan suvdir. U organizmga ta‘sir qilish 
va kasallik keltirib chiqarish jihatidan katta ahamiyatga ega. Ayniqsa u meda-
ichak, gepatit va boshqa turli yuqumli kasalliklar tarqatishda muhim rol o‘ynaydi.
Shuning uchun ham chiqindilar tashlanadigan suv tez-tez bakteriologik 
jihatdan tekshirib turilishi kerak. Bu bir tomondan ochiq suv havzalarini 
ifloslanishdan asrasa, ikkinchi tomondan shu bilan bog‘liq ko‘pgina kasalliklarning 
oldini oladi. 
Xo‘jalik chiqindi suvlari aholining kundalik hayoti davomida hosil 
bo‘ladigan va turli moslamalar yordamida kanalizatsiya tarmoqlariga tushadigan 
chiqindi suvlardir. Bu suvlar tozalash inshootlariga oqib boradi. Chiqindi suvning 
umumiy miqdorini bilish uchun har bir kishiga sarflanadigan suv miqdori hisoblab 


78 
chiqiladi. Sanoat korxonalarida esa har bir ishlab chiqilgan mahsulotning bir qismi 
uchun sarflanadigan suv miqdori yig‘indisi hisoblab chiqiladi. Suv sarfi o‘sha joy 
aholisining madaniyati, taraqqiyot darajasiga bog‘liq. 
I.M.Tavartkladze va boshqalarning fikricha, taraqqiy etgan davlatlarda suv 
iste‘moli kishi boshiga sutkasiga 800-900 litrga to‘g‘ri keladi. Rivojlanmagan 
mamlakatlarda esa 30 litrga teng. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin