D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


IV.2.Biosferadagi ekokimyoviy jarayonlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

IV.2.Biosferadagi ekokimyoviy jarayonlar 
Atmosfera havosining ifloslanishi bugungi kunda o‘zining eng yuksak 
cho‘qqisiga yetdiki, haqiqatdan ham buni inkor etib bo‘lmaydi. Inson tabiat ustidan 
hokimlik qilmoqchi bo‘ldi va bunga qisman erishdi. Tabiat dastlab o‘zida 
yashayotgan boshqa jonzotlariga qilganidek, insonga mehribonlik qilib keldi, uni 
boqdi, kiyintirdi, boshpana berdi va hokazo. 


85 
Inson uchun bular kamlik qildi u tabiatni o‘ziga bo‘ysundirishga harakat 
qildi, tabiat asta-sekin chekinib bordi, lekin ―pichoq borib suyakka taqalgach‖ o‘z 
bag‘ridagi insondan o‘ch ola boshladi. Inson esa yana o‘z faoliyatini davom ettira 
boshladi, nihoyat qarasa-ki na toza suv van a toza havo qolibdi, natijada 
kasalliklarning yangi turlari paydo bo‘libdi. Endi tabiatdan uzr so‘rash va uning 
musaffoligini qaytarish uchun nima qilish kerakligi haqida o‘ylab qoldi. 
Bu mavzuda tabiatning tirik mavjudotlar yashaydigan biosfera qismi, 
atmosfera haqida to‘xtalamiz, uning ifloslanish sabablarini, oldini olish chora-
tadbirlarini o‘rganamiz. Atmosfera Yerning gazsimon sferasi bo‘lib, Yerning 
landshaft qobig‘i hayotida katta rol o‘ynaydi. Atmosfera yer po‘stiga fizikaviy
kimyoviy, biologik ta‘sir etadi. Yer yuzasida issiqlik va namlikni tartibga solib 
turadi. Atmosfera Yerning himoya qobig‘idir. Chunki u tirik organizmlarni turli 
ultrabinafsha nurlar va kosmosdan tushadigan meteroitlarning zarralari ta‘siridan 
himoya qiladi. Atmosfera bo‘lmaganida edi. Yer yuzasi kunduzi +100ºC qizigan 
kechasi -100ºC sovugan bo‘lar edi. 
Hozirgi vaqtda yer yuzasining o‘rtacha haroratsi +14ºC ga tengdir. 
Atmosfera Quyosh issiqligining Yerga o‘tkazib, issiqlikni saqlaydi va nur tashish 
uchun o‘tkjazuvchanlik vazafasini o‘taydi. Atmosfera biosferada moddalar va 
issiqlik almashnuvida asosiy rol o‘ynaydi. Yer yuzasi rang-barang landshaftlarning 
vujudga kelishida va ularning taraqqiyotida atmosferaning roli katta. Atmosfera 
bo‘lmaganida edi Yer yuzasida ham xuddi uning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lgan, Oydagi 
kabi hayot nisnonalari bo‘lmas edi. 
Quyosh va shamol energiyasi atmosfera havosi va yog‘in-sochin (biz 
yog‘in-sochinni suv resurslariga qo‘shib o‘rganamiz) iqlim resurslari bo‘lib, 
insoniyat jamiyatida katta ahamiyatga ega. Quyoshdan fazoga juda katta miqdorda 
issiqlik energiyasi tarqalib turadi. Yer yuzasining har bir kvadrat kilometr 
maydoniga 2500000 ot kuchiga teng energiya (Quyoshning umumiy nurlanish 
quvvati 4

10
26
Vt) tushadi. Quyosh energiyasi atmosferasining yuqori qatlamlarida 
yutilib, yer yuzasiga juda oz miqdorda yetib keladi.


86 
Insoniyat Quyosh energiyasini o‘z ehtiyoji uchun qadimdan foydalanib 
kelgan keyingi vaqtlarda quyosh energiyasidan AQSH Yaponiya va Fransiya kabi 
xorijiy davlatlar yaxshigina foydalanmoqdalar. Masalan, Yaponiyada hozirgi 
kunda 800 mingdan ortiq Quyosh suv isitkichlari ishlaydi. AQSH chetga ko‘plab 
Quyosh suv isitkichlarini eksport qiladi. Shimoliy Afrika va O‘rta dengiz bo‘yidagi 
davlatlar Quyosh energiyasidan ayniqsa keng foydalanmoqdalar.
Yerni qurshab olgan havo qatlami asosan azot (78,09 %), kislorod (20,95%) 
dan iborat bo‘lib, ular atmosfera gaz tarkibining 99% ini tashkil etadi (azotning 
atmosferadagi massa ulushi 75,5%, kislorodniki 23,1%), qolgan 1% i esa boshqa 
(argon, karbonot, angidrid, neon, vodorod, geliy, kripton, ksenon, ammiak, ozon) 
kabi moddalar mavjuddir. 
Hozirgi vaqtda atmosfgera tarkibida tirik organizmlar uchun zararli 
gazlarning uchrash hollari ko‘paymoqda. Sanoat, transport , energetika va boshqa 
iishlab chiqarish korxonalaridan chiqayotgan chiqindilar katta- katta tumanlar, bir 
necha minglab kilometrli territoriyalar havosining ifloslanishiga olib kelmoqda. 
Ba‘zi bir ma‘lumotlarga ko‘ra yer yuzida bir yilga havoga chiqarilgan 
oltingugurt gazi, is gazi (CO), kul va karbonat angidridning miqdori taxminan 500 
mln tonnaga yetmoqda. 
BMT bergan ma‘lumotlariga ko‘ra insoniyat paydo bo‘lganidan to shu 
vaqtgacha 80-85 milliard tonna turli yoqilg‘i yoqilgan. Shuning yarmi keyingi 25 
yilga to‘g‘ri keladi. Faqatgina ko‘mirning o‘zi yiliga 2 milliard tonna yoqiladi. 
Hozirgi kunda atmosfera turli xil yoqilg‘ilarning yonishi tabiiy gaz 
yonuvchan slanes torf, yog‘och, o‘rmonlarning yonishi va vulqonlar otilishi 
natijasida 15 milliard tonna turli gaz va changlar qo‘shilmoqda. Akademik 
A.P.Vinogradovning ta‘kidlashicha, 2200-yillarda atmosferadagi karbonat angidrid 
miqdori hozirgiga nisbatan 20% ga oshadi.
Fan va texnika inqilobining boshlanishidan oldin atmosferadagi karbonat 
angidrid miqdori uzoq vaqtgacha bir me‘yorda edi. Chunki o‘simlik fotosintez 
yo‘li bilan atmosferadan 110 milliard tonna yoki 5% karbonat angidridni yutar edi. 


87 
Buning o‘rnini esa moddalarning chirishi yoqilg‘ining yonishi va 
yong‘inlardan chiqqan gazlar egallar edi. 
Hozirgi vaqtda turli tashqi kuchlar ta‘sirida biosfera sekin-asta o‘zgarib 
bormoqda. Chunki inson hayotiy faoliyati natijasida kundan- kunga ko‘payib 
borayotgan CO
2
gazni o‘simlik va okeandagi fitoplanktonlardan yutib ulgura 
olmayotir. 
Ayni kunda atmosfera tarkibidagi kislorod muammosi ham dolzarb bo‘lib, 
undagi kislorod miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda. Masalan, AQSH ning 
sanoat, transport, aholi va hayvonot dunyosi iste‘mol etayotgan kislorod o‘rnini 
shu mamlakat territoriyasidagi o‘simliklar ishlab chiqarayotgan kislorod 
qoplamayotir. Shuning uchun, AQSH toza havo olishda boshqa davlatlar hisobiga 
yashamoqda. Atmosfera turli yo‘llar bilan ifloslanadi. 
Ifloslanish sabablarini aniqlash va uning oldini olish katta amaliy 
ahamiyatga ega va zarurdir. J.Detri atmosfera ifloslanishi sabablarini to‘rt guruhga 
bo‘lishni taklif etgan. 

Tabiiy yo‘l bilan ifloslanish (mineral, o‘simlik, hayvon va 
mikroorganizmlar ta‘sirida); 

Sanoat tarmoqlari transport va turar joylarni isitishda foydalaniladigan 
yoqilg‘ilar orqali ifloslanish; 

Sanoat chiqindilari orqali ifloslanish; 

Sanoat chiqindilari va maishiy-xo‘jalik chiqindilarini yoqish orqali 
ifloslanish; 
Rus 
olimlari 
N.A.Gladkov 
va 
boshqalar 
1975-yilda 
atmosfera 
ifloslanishining asosan ikki guruhga bo‘lib o‘rganilishini taklif etadi. Yer 
yuzasining turli mintaqalarida vulqonlar otilishidan chiqqan kul va gazlar o‘rmon 
va dashtlardagi yong‘inlar turli tuz zarralari bilan to‘yingan tumanlar, tuproq 
changlari va mayda qumlar, mikroorganizmlar, hayvon chiqindilari va kosmos 
changlari atmosferaning tabiiy yo‘l bilan ifloslanishida asosiy rol o‘ynaydi. 
Bu komponentlar atmosfera tarkibida me‘yordan ortiq bo‘lsa, katta 
halokatlar ro‘y berishi mumkin. Ammo transport, sanoat va boshqalarning 


88 
chiqindilari tabiiy yo‘l bilan ifloslanishiga qaraganda anchagina xavflidir. 
Haqiqatdan ham atmosferadagi 140 milliard tonna karbonat angidrid gazining 10% 
i yoqilg‘i resurslarining Yer va okeanning sayoz yerlaridan olinmoqda va 
ishlatilmoqda. 
Oqibatda turli yoqilg‘i mahsulotlarining qoldiqlari atmosferada qolib 
ketmoqda va uni buzmoqda. 
Sanoat va uning tarmoqlari biosferaning ifloslanishida asosiy manba bo‘lib 
keldi. 
Sanoat obyektlari va issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg‘ilarning to‘liq 
yonmasligi oqibatida yuz minglab trubalardan turli miqdorda zaharli gazlar havoga 
chiqib, ba‘zilari esa yer yuzasiga tushganda, boshqalari atmosfera qatlamlarida 
uzoq vaqtgacha saqlanishi mumkin. Masalan, ―Elektrisite de frans‖ issiqlik 
elektrostansiyasi har oyda 51000 tonna ko‘mir yoqadi. Oqibatda har kuni stansiya 
trubalaridan 33 tonna sulfat angidrid gazi va 250 tonna kul havoga chiqadi. 
Neft va gaz bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari havoga kul 
chiqarmaydi. 
Ammo, ko‘mir ishlatadigan issiqlik elektr stansiyaga qaraganda 3 baravar 
ko‘p sulfat angidrid gazi ajratib chiqaradi. Sanoat tarmoqlari havoga turli zaharli 
modda va gazlar chiqarish bilan bir qatorda atmosferadan juda katta miqdorda 
kislorod yutadi, masalan, bir tonna cho‘yanni rudadan ajratib olish uchun 150 m
3

bir tonna po‘lat olish uchun 35-70 m
3
, bir tonna ammiak olish uchun 500 m
3
va bir 
tonna atsetilen olish uchun 3600 m
3
kislorod ketadi. Po‘lat eritib olish uchun 
kislorodga bo‘lgan talab keyingi yillarda 2,6 marta, domna pechlarida 4,2 marta 
oshdi. Umuman sanoat tarmoqlarida kisloroddan foydalanish keyingi besh yil 
ichida besh baravarga oshdi. Mutaxassislarning ma‘lumotlariga qaraganda, har yili 
bizning respublikamizning atmosfera havosiga to‘rt million tonnaga yaqin zararli 
moddalar qo‘shilmoqda. 
Havo, atmosferani ifloslanishdan va har xil chiqindilar bilan zararlanishdan 
muhofaza qilish muammosini hal qilish, uning ifloslanish manbalarini o‘rganishni, 
oldini olishni talab qiladi. Biz bilamizki, atmosfera havosi tabiiy va sun‘iy ravishda 


89 
ifloslanadi. Respublikamizda atmosfera havosini muhofaza qilishning dolzarbligi 
uni muhofaza qilish, ifloslanishining oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining 
Xalqaro tadbirlarda ishtirok etish masalasiga alohida e‘tibor qaratilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ―Tabiatni muhofaza qilish 
to‘g‘risida‖ gi hamda 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan ―Atmosfera havosini 
muhofaza qilish to‘g‘risida‖ gi Qonunlari mazkur masalaga asos qilib olingan va 
yoritilgan. 
Atrof muhitning ekologik holati va hududlar ekologik muvozanatining 
buzilishi ko‘p jihatdan atmosfera havosining tarkibi buzilishiga hamda uning 
turlari ishlab chiqarish ta‘siridagi salbiy o‘zgarishlarga bevosita bog‘liq. Bu 
o‘zgarishlar sayyoraviy, regional va topologik (mahalliy) masshtabbda ro‘y beradi. 
O‘zbekiston hududining o‘ziga xos tabiiy xususiyatlari, uni ekologik xo‘jalik 
rayonlariga ajratishga va har bir mintaqa yer, atmosfera havosining ifloslanish 
potensialini aniqlashga imkon beradi. 
Atmosfera havosini bunday ilmiy bashorat qilishda asosiy shamollarning 
takrorlanishi, qancha vaqt surunkali esishi turbulentlik koeffitsiyentini va boshqa 
xil ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Shunda yer yuzasida havoning ifloslanish 
potensiali (AHIP) Respublika hududida 2,4 dan 3,3 gektargacha o‘zgarishi qayd 
qilinadi. 
Chunonchi, bu ko‘rsatkich Ustyurtda 2,4-2,7 gektar, Quyi Amudaryoda 2,6-
3,0 gektar, Qizilqumda 2,7 gektar Quyi Zarafshonda 2,7-3,0 gektar, Chirchiq, 
Ohangaron tunanida 3,0-3,3 gektar, Mirzacho‘lda 2,7-3,3 gektar, Farg‘ona 
vodiysida 3,0-3,3 gektar, Samarqand mintaqasida 2,7-3,3 gektar, Qashqadaryo 
vohasida 2,7-3,3 gektarga teng. 
Chirchiq-Ohangaron va Farg‘ona mintaqalarida atmosfera havosi ifloslanish 
darajasining kattaligiga sabab bu yerdagi hududiy ishlab chiqarish majmualari 
nisbatan rivojlanganligida, avtotransport harakatlarining serqatnovligi, tog‘-kon 
sanoatining salbiy ta‘siri va qishloq xo‘jaligida zararli kimyoviy moddalardan 
ortiqcha miqdorda foydalanishdadir. Ayni vaqtda bu joylarda ishlab chiqariish 
chiqindilarini kamaytirish yoki zararsizlantirish tadbirlari sust olib borilgan.


90 
Respublikada havoni bulg‘ayotgan 3500 doimiy manba bo‘lib, ularning 
yarmiga yaqini chang va turli xil zararli gazlarni tutib qoluvchi va tozalovchi 
moslama ega. Bu moslamalarning 4,1 qismi samaradorligi juda past. Atrof-
muhitning me‘yoridan ortiqcha ifloslanishi, ayniqsa, yirik shaharlarga xos.
O‘zbekiston Respublikasida Olmaliq, Farg‘ona, Bekobod, Andijon, 
Ohangaron, Angren, Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlari atmosferasi eng 
ko‘p ifloslangan shaharlar jumlasiga kiradi. O‘zbekiston yer usti havosining 
ifloslanishi 1983-yil eng yuqori darajaga yetib, so‘nggi yillarda ahvolning 
birmuncha yaxshilanishi qayd qilingan. Sanoat shaharlarida havoni ifloslantiruvchi 
asosiy moddalar oltingugurt II oksididir. Atmosfera havosini buzuvchi boshqa 
omillrdan biri tobora rivojlanayotgan avtomobil transportidir.
Avtotransportni yangi ekologik bezarar yoqilg‘i turlariga o‘tkazish, tejamli 
dvigatellrga o‘tish ko‘chalar chekkasida ko‘plab daraxtlar ekish hamon atrof muhit 
holatini yaxshilashning muhim holatlaridan hisoblanmoqda. Tadqiqotlarning 
ko‘rsatishicha qishloq joylarda atmosfera havosini ifloslovchi asosiy omil qishloq 
xo‘jaligida foydalaniladigan turli xil uchuvchi kimyoviy moddalar bo‘lsa, yirik 
shaharlarda shahar transportidir.
Chunonchi, poytaxtimiz Toshkent atmosfera havosining ifloslanishida 
shahar transportining hissasi 80 foizdan ortadi.
Umuman Respublika bo‘yicha atmosferaga hanuz yiliga 4 million tonnaga 
yaqin zararli moddalar chiqarib yuborilmoqda, ular atmosfera havosinigina emas, 
balki suvlar, tuproqlar, inson, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ham ma‘lum 
darajada zarar yetkazmoqda. Keyingi yillarda atmosfera havosining tozaligi 
ustidan nazoratining kuchaytirilishi, havo tozalagich moslamalardan ko‘plab 
foydalanilishi, ekologik ongnimg oshishi, mutaxassislar mas‘ulyatining oshishi, 
―Ekosan‖ Xalqaro ekologik va salomatlik jamg‘armasining faol sa‘y-harakati 
natijasida O‘zbekiston Respublikasida bir qancha ijobiy siljishlar ro‘y bermoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin