MDH davlatlarida qo’rg’oshin zahiralari
Davlatlar
Konlarni soni
Zahiralar, mln. T.
Rossiya
88
34,4
Qozoqiston
58
38,4
O‘zbekiston
3
9,5
Tojikiston
14
12,6
Armaniston
4
0,4
Gruziya
4
0,3
Ozarboyjon
5
3,8
Qi`rg‘iziston
3
-
Ukraina
3
0,7
Metall qo’rg’oshinni ishlab chiqarilishi (ming t.)
Davlatlar 1992 y. 1993 y. 1994 y. 1995 y. 1996 y. 1997 y. 1998 y. 1999 y. 2000 y.
MDH
515,1
492,9 381,8 410,4 399,0
433,6 475,9 513,1 508,0
Qozoqiston 240,0
224,0 172,0 169,0 169,0
189,0 241,0 249,0 260,0
Rossiya
200,1
203,9 137,8 166,4 175,0
189,6 196,9 232,1 230,0
O‘zbekiston 55,0
50,0
58,0
70,0
50,0
53,0
38,0
32,0
18,0
Ukraina
20,0
15,0
14,0
5,0
5,0
2,0
-
-
-
Dunyo
bo‘yicha
7230
7400
7370
7374
7294
7769
8026
8120 9050,0
Rivojlangan davlatlarda qo’rg’oshinni sanoatda qo’llanilishi (davlatda
ishlatilayotgan qo’rg’oshinni umumiy miqoridan % hisobida)
Mahsulotlar
AQSh
Kanada
Yaponiya
Fransiya
Italiya
Germa
Niya
Avstraliya
Akkumulyator
batareyalari
88
83
71
70
60
55
67
Kabellar
1
–
1
5
8
1
2
99
Qotishmalar
3
4
3
2
1
2
5
Trubalar va
plastinalar
2
–
4
6
4
16
24
Kimyoviy
birikmalar
4
6
11dav
om
7
15
23
–
Boshqalar
2
7
10
10
12
3
2
V-BOB. LITOSFERANING EKOKIMYOSI
V.1.Tuproqni kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar
Hozirgi, yuksak ilmiy-texnika taraqqiyot davrida hayotning turli jabhalarida
kimyo sanoati mahsulotlari keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Shuningdek, qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda ham kimyoviy moddalardan foydalaniladi.
Serquyosh O‘zbekistonimizning o‘ziga xos iqlim sharoiti ziroatchilikning
barcha jabhalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish bilan birga, qishloq
xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazuvchi har xil hasharotlar va zamburug‘
kasalliklarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Og‘ir mehnatlar evaziga
yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlariga har xil kanalar, bakteriyalar,
zamburug‘lar, viruslar va boshqa bir qator zararkunandalar juda katta zarar
yetkazishi aniq. O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish uchun
ishlatilayotgan kimyoviy vositalarning aksariyati universal ta‘sir kuchiga egaligi
bilan ajralib turadi.
O‘simliklarni kasalliklar, zararkunandalar va begona o‘tlardan asrash uchun
ishlatiladigan kimyoviy moddalarning umumiy atamasi pestidsid (lotincha pestis-
zahar, sid-o‘ldirmoq, yo‘q qilmoq degan so‘zlardan olingan) bo‘lib, ular kimyoviy
tarkibi, qaysi maqsadlar uchun qo‘llanilishiga qarab, shuningdek, zararkunandalar
organizmiga o‘tish usuli hamda ta‘sir qilishiga qarab guruhlarga bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalariga, kasalliklariga, begona
o‘tlarga qarshi shuningdek, boshqa maqsadlarda foydalaniladigan zaharli kimyoviy
moddalar bilan ishlanar ekan, bu ta‘sirchan moddalar ma‘lum miqdorda tashqi
muhitga tarqalib, uni ifloslantiradi.
100
Buning oqibatida suv, havo, tuproq, oziq-ovqat ekinlari, yem-xashak va
boshqalarning pestidsidlar bilan ifloslanib qolish xavfi tug‘iladi. Buning uchun
birinchi galda zaharli kimyoviy moddalar qanday yo‘l bilan tashqi muhitni
ifloslantirishi mumkinligini aniqlab olish kerak. Shu nuqtai nazardan qaraganda
tashqi muhit ta‘siriga ancha chidamli bo‘lgan pestidsidlar DDT(C
14
H
9
C
5
),
GXSG(C
6
H
6
Cl
6
), pentaxlorbenzol, polixlorpinen, polixlorkamfen va boshqalarning
qanday o‘zgarishlarga uchrashi mumkinligini bilish katta ahamiyat kasb etadi.
Sug‘oriladigan, dehqonchilik rivojlangan tumanlarda bu ta‘sirchan moddalarning
tashqi muhitdagi bir ob‘yektdan boshqasiga o‘tib turishi ancha oson bo‘ladi,
chunki bunday joylarda pestidsidlar ekinlarga beriladigansuv orqali tashqi
muhitning boshqa ob‘yektlariga, ya‘ni suvdan tuptoqqa, tuproqdan o‘simlikka o‘tib
turadi.
Tashqi muhitga chidamli pestisidlar ayniqsa xavflidir, chunki ularning asta-
sekin to‘planib borishiga va shu tariqa odam hamda hayvonlar organizmiga ham
tushish xavfi tug‘iladi. Pestidsidlar suv, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari bilan
organizmga tushib, uning surunkali zaharlanib borishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Zaharli kilmyoviy moddalarning tashqi muhitda to‘planib borishi odam
organizmiga ham ta‘sir qilishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sevin
singari ayrim pestidsidlarning o‘rtacha haroratda ham bir sferadan boshqa sferaga
o‘tib, odam salomatligi uchun xavf soladigan miqdorda to‘plana borishi
aniqlangan.
Tuproqda bir-ikki yilgacha saqlanib qolish xususiyatiga ega bo‘lib, bu
tuproq yana boshqa ob‘yektlarning ifloslanishiga sabab bo‘ladigan ikkilamchi
rezurvuar (manba) bo‘lib qolishi mumkin (sevin tuproqning shudgorlanadigan
qatlamlariga o‘tadi va bundan ham chuqurroqqa singishi mumkin).
Biosferaning asosiy qismlaridan biri hisoblangan tuproq insoniyat hayotida
eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Tuproq quyosh energiyasini ko‘ptoq
o‘ziga singdirish qobiliyatiga ega bo‘lib, o‘simliklar uchun hayotbaxsh manba
hisoblanadi.
Tuproq
tarkibida
turli
mikroelementlar,
mikroorganizmlar,
101
gel‘mintlar, chirindilar va boshqa moddalar mavjud. Tuproq o‘z navbatida qator
gidrogeologik vazifalarni ham bajaradi.
Bulardan biri va asosiysi uning g‘ovaklik xususiyatidir. Ma‘lumotlarga
qaraganda, insonning hayotiy faoliyati natijasida tuproq o‘zining normal tabiiy
holatini yo‘qotib bormoqda. Chunki, tuproq nihoyatda ko‘p, turli kimyoviy
moddalar bilan ifloslanayapti. Tuproq sanoat chiqindilari, ko‘p miqdorda zaharli
kimyoviy moddalar, mineral o‘g‘itlar, kislota va ishqorlar, polimer moddalar bilan
ifloslanib bormoqda. Hozir tuproqni ifloslantirayotgan zaharli moddalar insonlar
uchungina emas, balki boshqa foydali jonivorlar uchun ham zaharliligi bilan ajralib
turadi.
Qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilayotgan pestisid turlari tuproqlardagi
bakteriyalarga ham salbiy ta‘sir qilmoqda.Bu zaharli moddalar yuqori biologik faol
moddalar bo‘lganligi tufayli, tuproqning ostki qatlamlariga chuqur singib, sizot
suvlarini ham zararlantirmoqda. Buning oqibatidao‘simlik tanasida ularning ildiz
sistemalari orqali to‘planib, inson va hayvonlar uchun katta xavf tug‘diradi.Ya‘ni
pestidsidlar biosidlar tabiatdagi jonivorlarning hammasiga zarar beruvchi omillarga
aylanishi mumkin.
Vaqt o‘tishi bilan tuproqda yig‘ilib boradigan biosidlarning qatoriga
xlororganik birikmalar, ya‘ni DDT, GXSG, geptaxlor, aldrin va boshqalar kirib,
ular 4-10 yillar davomida saqlanib o‘zining ta‘sirchanligini yo‘qotmasligi mumkin.
Demak, biosidlar tuproqda harakatchan gravitasion molekulyar diffuziya ta‘sirida
kapillyar suv bilan ko‘chib yuradi. Bu moddalarning tabiatda ko‘chib yurishi
zaharli moddalarning miqdori, adsorbsiya va desorbsiya kuchlarining ta‘siri,
ta‘sirchan moddaning bug‘lanish tezligi, mazkur joylarning suv va issiqlik rejimiga
bog‘liq bo‘ladi.
Muttasil
yog‘ingarchilik
yoki
ekinlarni
sug‘orish
jarayonida
kuchsizsingdiriladigan biosidlarning gidrofil xususiyatga ega bo‘lgan tuproqqa suv
bilan chuqur qatlamlarigacha singib borishi mumkin. Mabodo ob-havo quruq
kelib, tuproq nami bug‘lansa, u vaqtda biosidlar yer yuzasiga tarqalishi mumkin.
Umuman biosidlarning tuproqda to‘planishi, ko‘chib yurishi, mazkur joylarning
102
fizik-geografik sharoitiga bog‘liq. Bulardan tashqari bir xil ekologik sharoitda
tuproq mag‘izida biosidlarning to‘planib qolishi, ularning o‘ziga xos tabiatiga ham
bog‘liq bo‘ladi.
Biosidlarning tuproqda uzoq vaqt saqlanib qolishi tuproqning turiga ham
bog‘liq ekan. Tuproq gumus moddasiga va chirindiga boy bo‘lsa, unda biosidlar
xiyla uzoq saqlanishi mumkin. Quruq g‘ovakli, yengil, qumli tuproqlardagi zaharli,
kimyoviy moddalar anchagina oson parchalanishiga moyil bo‘ladi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ishlatilgan pestisidlarning faqat 1%
yo‘qotilishi lozim bo‘lgan zararkunandalarga halokatli ta‘sir ko‘rsatadi,
pestisidlarning qolgan qismi o‘simlik va tuproq tarkibida ushlanib qoladi,
sug‘orishda ishlatilgan suvlar, yog‘ingarchilik suvlari oqimi bilan yuilib, atrof-
muhitga tarqalib, uni ifloslantiradi. Tuproqning zaharli moddalar bilan ifloslanish
darajasi dastlabki ishlatilgan biosidlarning turg‘unlik xossasiga ham bog‘liq.
Biosidlarning turg‘unligi uning tashqi muhitning fizik, kimyoviy, biologik
ta‘siriga chidamliligi, parchalanishga nisbatan turg‘unligiga bog‘liqdir.
Odatda biosidlarning tuproqda zaharsiz holatga o‘tishi, ya‘ni
detoksikatsiyaga uchrashi bir qancha yo‘llar bilan sodir bo‘lishi mumkin. Bu hol
biosidlarning tuproq sharoitida qanday holatda bo‘lishiga bog‘liq. Masalan,
laboratoriya sharoitida olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, chidamli pestisid
DDT tuproq ustiga ma‘lum miqdorda sepilgan bo‘lsa, har kuni uni 6-8 soat
davomida tashqarida quyosh nuri tushib turgan joyda saqlansa, 6 oy mobaynida
pestisidning miqdori 60-70% ga kamayib ketadi. Mabodo preparat tuproq bilan
aralashgan holda bo‘lsa, shuingdek unga go‘ng qo‘shilgan bo‘lsa, unda yilning
oxiriga borib pestisidning miqdori 30-25% ga kamayishi mumkin.
Shundan ko‘rinib turibdiki, pestisidlarning ta‘sirchanligini kamaytirishda
tuproqning o‘ziga singdirish qobiliyati, uning tarkibidagi mikroorganizmlarning
miqdori va boshqa omillar katta rol o‘ynaydi.
Tuproqdagi organik moddalar undagi boshqa komponentlarga qaraganda
biosidlarnin aktivroq singdiradi. Biosidlarning tuproqqa singishi tuproqning
kimyoviy tarkibiga va strukturasiga ham bog‘liq. Bularning barchasi biosidlarning
103
parchalanishiga katta yordam beradi. Issiq iqlim sharoitidagi tuproqlarda biosidlar
tez parchalanadi. Agar bunda yer haydalib (shudgorlab), zaharli ta‘sirchan
preparatlarning parchalanish jarayoni kuchayadi.
Odatda biosidlarning parchalanishi to‘liq yoki oraliq moddalar hosil qilish
bilan borishi mumkin. Biosidlarning zararsiz holatga kelishi fitokimyoviy reaksiya
orqali yoki oksidlanish, gidroliz, biologik omillar ta‘sirida detoksikatsiyalanishi
natijasida hal bo‘lishi mumkin.
Hozirgi
kunning
asosiy
muammolaridan
biri
bu
biosidlarning
detoksikatsiyasi masalasi hisoblanib, u olimlarning diqqat markazida turibdi.
Tuproqni bulg‘atishi mumkin bo‘lgan biosidlarni, ularni zararlanish
darajasiga qarab professor Sokolov uch guruhga ajratadi. Birinchi guruhga
zaharlilik darajasi kuchli bo‘lgan biosidlar kiradi. Bular zaharlilik darajasi bo‘yicha
gronozan, GXSG, geptaxlor tiodan, siram, metafos, sevin, lindan, mis fosfidi,
karbation, DNOK, TMTD, PXP PXKlardir.
Ikkinchi guruhga zaharlilik darajsi o‘rtacha bo‘lgan biosidlar kiradi. Bular
artain, simazin, PXF, 2,4-D, metilmerkaptofos karbin, treflan, nitrafen, tiozin,
margimush, IFK, DDVF, karbofos, sayfos, xlorofos, kuprozan, monouron,
prometrin, fosfamid, fazalon piramin, TXA, trixlormetafos va ftalofoslardir.
Uchinchi guruhga zaharliligi kuchsiz bo‘lgan biosidlardan xlor IFK,
efirsulfonat, orezin, metilnitrofos, semeron, antio, keltan, karatan, polikarbosin,
dalapon, diuron, kuprosin, solan daktal, dixloretan, tedion, figon, ftalan, PXB va
boshqalarni kiritish mumkin.
Pestisidlar o‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan saqlanish bilan
birga, hosildorlikning oshishiga yordam beradi. Biroq keyingi vaqtlard ular
tuproqda va landshaftlarda to‘planib fitosenozlarga, biosenozlarga va ular orqali
ko‘pchilik hayvonot dunyosi hamda odamzotga ko‘rsatadigan salbiy ta‘siri ortib
bormoqda. Biosidlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari orqali odam organizmiga
tushib, unda to‘planadi va organizmning normal hayot kechirishiga, shu jumladan
nasliga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatishi qayd etilmoda. Biosidlarning uchdan bir qismi
naslga radiatsiyadan kuchliroq kimyoviy-genetik ta‘sir qilib, mutatsiyaga olib
104
kelishi qayd qilingan. Shuni ta‘kidlab o‘tish kerakki, biosidlar tufayli olinadigan
foyda pul hisobida o‘lchanmasligi kerak. Chunki biosidlar o‘z o‘rnida, tadbirkorlik
bilan ishlatilmasa foydali hasharotlar, hayvonlar organizmiga, tabiatga bo‘lgan
noxush ta‘siri barchasidan ham inson sog‘lig‘iga va uning nasliga ko‘rsatadigan
asoratlarini pul bilan baholashning iloji yo‘q. Biosidlar qaysi guruhga kirishi va
qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar, ulardan foydalanishda nihoyatda ehtiyotkorlik
bilan ish tutmoq zarur. Bunda, albatta mazkur biosidning xossalari, o‘ziga xos
tabiati, ta‘sirchanligi, qolaversa tabiatga hamda tirik organizmlarga berishi
mumkin bo‘lgan asoratlarini yaxshi bilmoq darkor. Qishloq xo‘jaligida
ishlatiladigan biosid namunalarining o‘z o‘rnida, me‘yorida qo‘llash katta
ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |