Savol va topshiriqlar
1.
Gidrosferaning tuzilishini tushuntirib bering.
2.
Gidrosfera suvlari, ularni muhofaza qilish qanday amalga oshiriladi?
3.
Tabiiy suvlarning ifloslanishi deganda nimani tushunasiz?
4.
Suvni ifloslantiruvchi asosiy manbalarni ayting.
5.
Suvning kimyoviy ifloslanishiga sababchilar.
IV-BOB. BIOSFERA VA EKOTIZIMLAR.
IV.1.Biosferani kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar
Biosfera tirik organizmlar tarqalgan Yer sayyorasi qobig‘idir. Uning tarkibi,
tuzilishi va energetikasi tirik organizmlar faoliyati majmuasi bilan belgilanadi.
Biosfera o‘zida tirik va notirik komponentlarni hamda bir butunlikni tashkil etadi.
U litosferaning yuqori qismini, butun gidrosferani, troposfera va
strotosferaning quyi qismini o‘zida qamrab olgan. Biosfera to‘g‘risidagi ta‘limotni
akademik V.I.Vernadskiy yanada rivojlantirgan. Ekologiya uchun biosfera
ta‘limotining ahamiyati juda kattadir. Chunki biosfera tirik va notirik tabiatning
oliy darajadagi o‘zaro ta‘siri va ekotizimlar majmuidan iboratdir. Umuman,
biosfera tushunchasi ikki xil ma‘noda ta‘riflangan.
81
Birida biosfera Yerdagi barcha tirik organizmlarning majmuasi tarzida
tushunilgan. V.I.Vernadskiy esa, tirik va notirik tizimlarning o‘zaro ta‘sirini
o‘rganib, biosfera tushunchasini yangi ma‘noda anglaydi. U biosferani tirik va
notirik tabiatning birligi sohasi tarzida tushunadi. Olimning biosfera tushunchasini
bunday talqin qilishi Yerda hayotning paydo bo‘lishi muammosiga bo‘lgan
qarashlarini ifodalaydi. U bir necha variantlardan iborat:
Hayot Yer paydo bo‘lgunga qadar yuzaga kelgan va uni butunlay
qamrab olgan;
Hayot Yer paydo bo‘lgandan keyin yuzaga kelgan;
Hayot Yerning shakllanishi jarayonida yuzaga kelgan;
V.I.Vernadskiy uchinchi variantni ma‘qullagan va bizning sayyoramizda
qachonlardir hayot izlari yoki tiriklik namunasi bo‘lmagani haqida ishonchli ilmiy
dalil yo‘qligini e‘tirof etgan. Boshqacha aytganda, uning nazarida biosfera Yerda
hamisha bo‘lgan. Shunday qilib, olim biosfera deganda Yerning nozik qobig‘ini
tushungan. Undagi barcha jarayonlar tirik organizmlarning bevosita ta‘sirida
kechadi. Biosfera uzoq tarixiy davrlardan boshlab doimo rivojlanishdadir. U ona
sayyoramizdagi hayot qobig‘ini, tirik organizmlarning o‘zaro chambarchas aloqa
va munosabatlaridan iborat murakkab ekologik tizimlar majmuini tashkil etadi.
Atmosferada hayotning eng yuqori chegarasi 16-20 km balandlikdagi yupqa
ozon qatlami bilan belgilanadi. Okeanlarning ham deyarli barcha qismida hayot
mavjuddir. Yerning qattiq qismida hayot 3 km va hatto undan ham chuqurroqqa
kirib borgan (neft konlaridagi bakteriyalar).
Yer sirtida kimyoviy elementlarning tarqalishini o‘rganish natijalari shuni
ko‘rsatadiki, tirik moddalarda mujassamlashmagan birorta element yo‘q.
Akademik V.I.Vernadskiy ta‘riflagan biogeokimyoviy tamoyillar quyidagicha:
Biosferada kimyoviy elementlarning biogen migratsiyasi mavjud
bo‘lib, u o‘zini maksimal darajada namoyon etishga intiladi. Afsuski,
bugunki kunda bu tamoyil inson faoliyati doirasi kengayishi tufayli
buzilgan.
82
Turlarning evolyutsiyasi atomlarning biogen migratsiyasini tobora
kuchaytiradi.
Tirik modda o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit bilan uzluksiz ravishda
kimyoviy almashinuvda bo‘ladi.
Bu tamoyillar buzilgan holda biosfera faoliyatini ta‘minlab turgan kosmik
ta‘sirlar uni yemiruvchi omilga aylanishi mumkin. Tabiatdagi har qanday
organizmlar notirik tabiat bilan doimiy uzviy bog‘liq sharoitdagina mavjud bo‘la
oladi, hayot o‘zining butun namoyon bo‘lishi jarayonida sayyoramizda katta
o‘zgarishlar keltirib chiqargan. Evolyutsiya jarayonida takomillashib brogan tirik
organizmlar butun sayyora bo‘ylab kengroq tarqalgan hamda energiya va
moddaning qayta taqsimlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tirik organizm tabiatda hamisha hayvon va o‘simlik organizmlariga,
shuningdek, o‘z atrofidagi fizik-kimyoviy sharoitga aloqador bo‘ladi. Har qanday
biosenozda bu o‘zaro munosabatlar juda murakkab va ziddiyatlidir.
Tabiatda to‘xtovsiz davom etadigan va tirik organizmlar faoliyati tufayli
tartibga solinib turadigan moddalarning doimiy aylanishi Yerning alohida qobig‘i
bo‘lgan biosferaning spesifik belgisidir. Garchi biomassa, ya‘ni ayni bir vaqtda
yashab turgan organizmlar tarkibidagi jamiki tirik moddalar vazn jihatidan
biosferadagi barcha moddalarning 0,01% idan oshmasada, u mazkur qobiq ichida
boradigan murakkab biogeokimyoviy jarayonlarni keltirib chiqaradigan va
yo‘naltirib turadigan markaziy bo‘g‘inni tashkil qiladi.
Biosferada doimiy ravishda harakat jarayoni va moddalarning qayta
taqsimlanishi davom etadi. Bundan qattiq, suyuq va gazsimon tana moddalarning
har xil haroratida va bosimda yalpi holda ko‘chishi sodir bo‘lib turadi.
Litosferaning asosiy kimyoviy elementlari kislorod, alyuminiy, temir,
magniy, natriy qatnashib har xil rivojlanish bosqichlarini o‘tadilar, ya‘ni eng
chuqur qismlardan litosferaning yuqori qatlamlarigacha yetib boradilar.
V.I.Vernadskiy ta‘limotiga muvofiq Yerda yashovchi tirik organizmlar, quyosh
nurlari energiyasini potensial energiyaga, so‘ng geokimyoviy jarayonlarning
kinetic
energiyasiga
aylantiruvchi
murakkab
mexanizmlar
sistemasidir.
83
Biosferaning bu yupqa qatlamida quyosh nuri tarqaladi, o‘zgartiriladi, to‘planadi,
murakkab organik moddalar hosil bo‘ladi va parchalanadi, xilma-xil organizmlar
vujudga keladi va hokazo.
O‘simliklar yiliga 7,3
10
17
kkal energiya yig‘adi, 1,73
10
11
t organik
moddalar hosil bo‘ladi, 2,6
10
9
t azot va 7,7
10
9
t moddalar iste‘mol qiladi, tirik
organizmlar yiliga 2
10
9
t kislorod yutadi, 2,7
10
11
t karbonat angidrid chiqaradi,
7,3
10
17
kkal energiya tarqatadi va organik birikmalardan 2,6
10
9
t azor hosil qiladi.
Bu jihatdan tabiatdagi yashil o‘simliklar dunyosining roli nihoyatda
kattadir. Yerga har yili juda katta miqdordagi (1,26
10
24
kkal) quyosh energiyasi
tushadi va bu energiyaning 42% i olam bo‘shlig‘iga qaytariladi.
Yashil o‘simliklar quyosh energiyasining bu qismidan foydalanib organik
moddalarni sintez qilish jarayonida havodagi karbonat angidriddan uglerod manbai
sifatida foydalaniladi,ammo yashil o‘simlik anorganik tabiatdan o‘zi uchun ozuqa
olish bilangina chegaralanib qolmay balki asmon bilan Yer o‘rtasida vositachi
hamdir.
Quyosh nuridan olingan energiya o‘simlik organizmida to‘planadi va shu
taxlitda tanasida to‘plangan organik modda bilan birgalikda o‘simlik ozuqasi bilan
ovqatlanuvchi boshqa o‘simliklar yoki hayvonlar organizmiga tushadi, bu
organizmlar esa o‘z navbatida boshqa geterotrof organizmlar uchun oziq
hisoblanadi.
Olimlarning taxminiy hisoblariga ko‘ra Yer sharining o‘simliklar qatlami
har yili karbonat angidriddan 140 milliard tonnadan ziyod uglerodni
assimilyatsiyalaydi, bu esa o‘z navbatida har gektar yerga taxminan uch tonnadan
to‘g‘ri kelishi mumkin. Atmosferada hammasi bo‘lib ikki milliard kilogrammga
yaqin karbonat angidrid mavjuddir. Agarda organizmlarning hayotiy faoliyati
jarayonida atmosfera va gidrosferaga muttasil karbonat angidrid qo‘shilib
turmaganida , bu miqdor 100 yilga ham yetmay tugab qolgan bo‘lar edi.
Vaholanki, Yerda fotosintezni amalga oshiruvchi o‘simliklar jamoasining
yashab kelayotgan davr mobaynida ular juda ko‘p miqdorda (10000 milliard tonna
84
chamasida) uglerod zahiralarini to‘plagan va zahiralar naft, ko‘mir konlari, torf va
boshqa yonuvchi qazilmalar shaklida saqlanib qolgan. V.I.Vernadskiyning
ko‘rsatishicha tirik organizmlar biosferada kimyoviy elementlarning ko‘chib
yurishining asosiy omillaridir.
Shunday qilib, biosfera Yerda hayot vujudga kelgandan keyin va uning bir
necha milliard yillar davomidagi rivojlanishi hamda evolyutsiyasi natijasida hosil
bo‘lgan juda murakkab va bir-biri bilan uzviy bog‘liq strukturadan tashkil topgan
sistemasi bo‘lib, yer sharining noyob qobig‘idir.
Bu sistemaning har bir struktura elementi biror sabab bilan o‘z funksiyasini
bajara olmay qolsa, u vaqtda butun sistema biosferaning normal hayotiy
jarayonlari buzilib, biogeokimyoviy muhit buzilishi, organizmlar kasallanishi va
hatto ba‘zi bir biologik turlarning mutlaqo yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi.
Shuni alohida uqtirish kerakki, hozirgi fan va texnikaning eng taraqqiy etgan
davrida inson ta‘siri birinchi navbatda biosferaning mahsuldorligiga, uning
energiya balansiga qaratilgan. Biosfera biomahsuldorligining kamayishi asosan
quyidagilarga bog‘liq:
Muhandislik, ya‘ni qurilish, gidromelioratsiya ishlari amalga
oshirilishi;
Tashqi oqava va sizot suvlari, shuningdek tuproqlarning turli mineral
o‘g‘itlar, kimyoviy moddalar, har xil moddalar bilan ifloslanishi;
Zavod, fabrika va boshqa sanoat korxonalari chiqindilari bilan muhit
sharoitlarining ifloslanishi. Bu omillar biosferaning mahsuldorligiga
va energiya balansiga katta ta‘sir ko‘rsatadi;
Dostları ilə paylaş: |