D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


Tabiiy boyliklar va ulardan foydalanish yo’llari haqida qisqacha



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

Tabiiy boyliklar va ulardan foydalanish yo’llari haqida qisqacha 
ma’lumot
Tabiatning har bir komponentlari alohida- alohida ajralgan holda mavjud 
emas. Ular bir-biriga ta‘sir ko‘rsatib organic bog‘langan holda mavjuddir. Shuning 
uchun ham ayrim turlarning u yoki bu sabablarga ko‘ra qirilib ketishi o‘z 
novbatida biogesemozga kiruvchi boshqa turlarning o‘zaro munosabatlariga salbiy 
ta‘sir ko‘rsatadi. Organik bog‘langan holda mavjuddir.
Shuning uchun ham ayrim turlarning u yoki bu sabablarga ko‘ra qirilib 
ketishi o‘z navbatida biogeosenozga kiruvchi boshqa turlarning o‘zaro 
munosabatlariga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan biogeosenozdagi birorta o‘simlik
turning qirilib ketishi o‘z novbatida shu o‘simlik bilan bog‘liq bo‘lgan 4-6 ta 
hasharot va boshqa hayvonlarning kamayib ketishiga olib keladi.
Ilmiy-texnika inqilobi davrida tabiiy resurslardan foydalanish kundan- 
kunga keskin tus olmoqda. Inson yangi sanoat markazlari bunyod etganda, u yoki 


120 
bu yangi yerlar ochganda, qishloq xo‘jaligida turli xil kimyoviy moddalardan 
foydalanganda ular qanday oqibatlarga olib kelishini bilmaydi. Masalan sanoat 
korxonalari, transport vositalaridan chiqadigan chiqindilardan tabiatdagi ekologik 
muvozanat buzishi mumkin. Ana shuning uchun ham tabiat komponentlari 
o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi sabablarini va ularning oldini olish chora 
tadbirlarini o‘rganish ekologiya fanining eng muhim muammolaridan biri 
hisoblanadi. Shu muammolarning ilmiy jihatdan yechimini topmasdan turib, tabiiy 
boylikllardan unumli foydalanish mumkin emas.
Hozirgi davrda dunyo bo‘yicha eng xavfli jarayonlardan biri bu tabiatning 
kundan-kunga nochorlashib borayotganligidir. Yer yuzidagi ayrim hududularda 
tabiiy resursdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ana shunday muammolar vujudga 
kelmoqda. Inson hayotida nihoyatda foydali bo‘lgan o‘simlik va hayvon 
turlarinining yildan –yilga kamayib borayotganligi ko‘zga yaqqol tashlanadi. 
Keyingi davrlarda olimlarning hisob- kitoblariga qaraganda O‘zbekistonda 400 dan 
ortiq o‘simlik turi va undan ham ko‘proq hayvonlar zoti kamaygani, yuqorida qayd 
etilgan fikrning isbotidir.
Bularning ko‘pchiligi tabiiy komplekslarning yo‘qolishi hisobiga sodir 
bo‘lmoqda. Hozir 2500000 yuksak o‘simlik turidan 200000 turini muhofaza qilish 
yo‘lga qo‘yilgan. Qrim, Ukraina, Kavkaz, O‘zbekiston hududularidagi 
o‘simliklarimiz nobud bo‘lmoqda. Ming yillar davomida ota-bobolarimiz 
tomonidan yaratilib, saqlanib kelinayotgan O‘rta Osiyodagi mevali daraxtlarning 
ko‘p navlari va ularning yovvoyi ajdodlari deyarli yo‘qoldi.
G‘arbda mahalliy hayvonlarning 175 zotidan 115 tasi tamomila yo‘qolib 
ketish arafasida turibdi. Vaholanki, ana shu nav va zotlar mahalliy sharoitga yaxhsi 
moslashgan va noyob genlar yig‘indisiga egadir.
O‘simlik va hayvonlar tur, nav zotlarining kamayishi genetik xilma- 
xillikning kamayishiga sabab bo‘ladi. Har tur, nav va zotni saqlash faqat 
dehqonchilik va chorvachilik amaliyotida emas, balki tabiatdagi muvozanatnng 
mo‘tadil kechishida ham katta rol o‘ynaydi.


121 
Ayniqsa, keyingi vaqtlarda Yer yuzida ko‘payib borayotgan aholining 
moddiy, ma‘naviy va estetik ehtiyojini qondirish masalasi asosiy muammo bo‘lib 
qolmoqda. Masalaning to‘g‘ri hal qilinishi tabiatning moddiy ne‘matlaridan 
qanday foydalanayotganimizga to‘la bog‘liqdir. Keyingi davrlarda dunyoning 
ko‘pchilik hududlarida tabiatdan va uning boyliklaridan noto‘g‘ri, rejasiz 
foydalanilganligi uchun u yerlarda tabiatdagi mutanosiblik buzilishi tufayli 
ekologik fojialar sodir qilingan va sodir etilmoqda.
G‘arbdagi ayrim mamlakatlarda portlatilgan atom bombalarining, Ukraina 
ning Chernobil shahridagi atom elektr stansiyasi blokining ishdan chiqishi 
natijasida radioaktiv mahsulotlarning havo atmosferasiga chiqishi ko‘p insonning 
umriga zavol bo‘ldi. Insonlar tabiat qonunlarini qanchalik chuqur tahlil qilsalar, 
ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, bu 
qonunlar odamzot uchun shunchalik ko‘p xizmat qiladi va tabiiy resurslardan 
foydalanish uzoq davom etishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi kuchlar qanchalik 
rivojlangan sari qishloq xo‘jaligiga jalb qilinadigan tabiiy boyliklar miqdori 
shuncha ko‘payadi, buning oqibatida insonlarning o‘zi yashayotgan sharoitga 
salbiy ta‘siri to‘xtovsiz ortib boradi.
Bu holatlar biogeosenozda chuqur o‘zgarishlar sodir qiladi. Bunday 
jarayonlarni o‘rganish hozirgi sharoitda eng muhim muammolardan hisoblanadi.
Butun dunyo bo‘yicha keyingi bir necha o‘n yillar davomida tabiiy 
boyliklardan foydalanishning ortishi tufayli insoniyatning biologik tur sifatida 
tabiatga ko‘rsatayotgan ta‘siri bir necha marta ortdi. Ijtimoiy shlab chiqarishda 
odamzot va tabiat o‘rtasidagi modda energiya almashuvi asosan texnika vositasi 
orqali amalga oshiriladi. Bevosita tabiatning o‘zida amalga oshadigan biologik 
almashuv hissasiga oz qismi to‘g‘ri kelishi mumkin.
Ishlab chiqarish faoliyati tufayli kishilik jamiyati tabiiy landshaftlarda 
modda almashinuvi muvozanatiga salbiy ta‘sir etuvchi kuchli omil bo‘lib 
shakllanmoqda. Insonning hayotiy faoliyati tufayi biogeosenozda vujudga kelgan 
omillar va o‘zgarishlar antropogen omillar va o‘zgarishlar deb yuritiladi.


122 
Demak, tabiat va undagi boyliklar inson faoliyatida xom-ashyo manbai, 
moddiy ishlab chiqarishning negizi shu bilan birga yashash muhiti sifatida 
namoyon bo‘ladi. Ilmiy texnika taraqqiyoti iqtisodiyotning rivojlanishi tabiiy 
boyliklarni iste‘mol qilishni juda ham tezlashtirib yubordi. Yer yuzining ko‘pchilik 
hududlarida tabiiy resurslardan foydalanish sur‘ati tabiatning uni qayta tiklash 
qobilyatdan ancha yuqoridir.
Yer yuzidagi aholining tabiiy resurslarga ehtiyojining ortib borishi ko‘proq 
tabiiy boyliklarni topish va ularni o‘zlashtirishni talab qiladi. Tiklanadigan 
boyliklargina emas, balki tiklanmaydigan bir qancha tabiiy boyliklarning ham 
butunlay tugab qolish xavfi mavjuddir.
Tiklanadigan boyliklar to‘liq iste‘mol qilinganda ularning o‘zini- o‘zi tiklash 
qobilyati tugaydi. Tabiiy resurslarning kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 
tiklanadigan boyliklarning kengaytirilgan qayta tiklanishini ta‘minlash kerak. 
Kengaytirilgan qayta tiklanish tabiatiga munosabatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish 
orqaligina amalga oshiriladi. Insoniyat hayoti uchun zarur bo‘lgan moddiy 
manbalar, yer osti boyliklari, o‘simliklar, hayvonot olami, suv, havo va boshqa 
tabiiy boyliklardir. Tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishda ularning miqdoriga, 
to‘lib borishiga qarab tavsiflash muhim ahamiyatga egadir. Shu nuqtai nazardan 
tabiiy boyliklarni uchta guruhga tugaydigan, tugamaydigan va tiklanadiganlariga 
ajratish mumkin.
Tugaydigan boyliklarga yer ostidan olinadigan boyliklarning anchasi kiradi. 
Bu nodir boyliklarni tejab foydalanish zarurdir. Foydalanish hajmini belgilashda 
uning qidirib topilgan, o‘rganilgan zahiralari hisobga olinishi lozim.
Topilgan va ishga tushirilgan konlardan kompleks foydalanish, ularning 
boyliklarini iqtisod qilishda muhim ahamiyatga egadir. Bundan keyingi davrlarda 
fan-texnika yutuqlariga asoslanib ishlab chiqarishda tugamaydigan resurslarni 
ishlatish texnologiyasini yaratishga harakat qilish kerak. Tiklanadigan resurslarga 
o‘simliklar, hayvonlar, tuproqlar, tuzlar va boshqalar kiradi. Bu boyliklarning 
turlari tashqi yoki antropogen omillar ta‘sirida yo‘qolib ketsa qayta tiklanmaydi. 


123 
Xuddi shuningdek ularning qaytadan eski holiga qaytishi uchun uzoq vaqt talab 
qilinadi.
Misol uchun tog‘ jinslarining yemirilishi va unda tuproq qatlamlarining 
paydo bo‘lishi uchun 15 mingdan 35 minggacha yillar o‘tishi shartdir. Dub (eman) 
kedr o‘rmonlari qayta tiklanishi uchun 100-150 yillar kerak bo‘ladi. Shularni 
e‘tiborga olgan holda foydalanish kerakdir.
Yer yuzasidagi barcha odamlar tabiatni uzoq vaqt davomida bitmas- 
tuganmas manba hisoblaganlar va uning tabiiy boyliklaridan foydalanganlarida 
tabiatga muayyan ta‘sir ko‘rsatish mumkinligini hayollariga ham keltirmaganlar.
Yillar o‘tib, odamzotning tabiatga ta‘siri kundan-kunga zo‘rayib, atrof muhitda 
o‘zgarishlar sodir bo‘la boshlagan. Ana shunday salbiy oqibatlarga duch 
kelganlaridan keyingina odamlar tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza 
qilish zarurligini tushuna boshlagan, uning yo‘llarini o‘rganishga harakat qilganlar.
Tabiatni muhofaza qilish deganda, ayrim tabiiy obyektlarni saqlashni, biror 
joyni xo‘jalik foydalanishdan ajratib olib, saqlab qo‘yishni tushunmaslik kerak. 
Sababi barcha yer yuzini yoki uning bir bo‘lagini qo‘riqxonaga aylantirib 
bo‘lmaydi. Tabiatdagi muvozaatni saqlash uchun esa tabiiy muhit holati mezon 
hisoblanadi.
Rekultivatsiya ishlarida qo‘riqxonalardan namuna sifatida foydalanish, 
tabiatni ilmiy o‘rganishda kompleks ob‘yektlar bo‘lib xizmat qiladi.
Qo‘riqxonalarda o‘simlik va hayvonlar tabiiy holda saqlanadi. Ularni 
tarqatishda, iqlimlashtirishda, yangi turlarni yaratishda manba bo‘ladi. Shu 
narsaga alohida e‘tibor berish kerakki, qo‘riqxonalar qancha ahamiyatga ega 
bo‘lishiga qaramasdan, jamiyatning qishloq xo‘jaligi, sanoat ob‘yektlarining, 
shaharlar qurishiga bo‘lgan talabi tobora oshib boradi va oqibatda qo‘riqxonalarni 
kengaytirish va yangiliklarni tashkil etish ishlari tabiiy ravishda kamayib boradi. 
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, qo‘riqxonalar barpo etib tabiatni 
muhofaza qilish masalasini butkul hal qilib bo‘lmaydi.
Shunday qilib tabiatni asrash va uni o‘zgartirish bu bir tizimdir. Tabiatnim 
muhofaza qilish jarayonining muhim masalalaridan yana bittasi tabiatga insonlar 


124 
faoliyati tufayli ko‘rsatiladigan ta‘sir oqibatini oldindan seza bilish, ya‘ni tabiatni 
o‘zgartirish natijasida sodir bo‘ladigan salbiy hodisalarning oldini olish yo‘llarini 
ishlab chiqishdan iboratdir. Tabiatdagi tabiiy bog‘lanishlarni chuqur 
o‘rganmasdan, aniqlamasdan va ularni hisobga olmasdan turib bu muammolar 
yechimini topish nihoyatda murakkab vazifalardan hisoblanadi. Bu muammolarni
ekologiya, biologiya va geografiya fanlari tekshiradi. Faqatgina to‘g‘ri tanlangan 
ekologik bashortolar tabiatdagi ko‘ngilsiz texnogen o‘zgarishlarni oldindan ko‘rish 
va o‘z vaqtida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Olimlar ko‘pchilikning diqqatini tabiatdagi ekologik muvozanatni saqlash va 
tabiiy boyliklardan to‘g‘ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishni tog‘ri tashkil etish, 
moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondira oladigan holda saqlashga qaratilgan 
tadbirlar uslublarini yaratishdan iborat ekanligiga qaratadilar.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga asosan shuni alohida uqtirish kerakki, o‘sib 
borayotgan moddiy hamda ma‘naviy ehtiyojlarni to‘liq ta‘minlash, atrof- muhitni 
toza saqlash, kelajak avlodlar uchun tabiiy boyliklardan ilmiy asosda va texnologik 
jihatdan mukammal tabiiy komponentlarning ekologik muvozanatini saqlagan 
holda tabiiy muhitni yaxshilash maqsadida tabiatni boshqarish tabiiy 
bog‘lanishlarni mustahkamlashga amal qilish kerak. Tabiatdagi barcha 
boyliklardan foydalanishda ma‘lum andozaga asoslanib bo‘lamydi. Chunki har bir 
hududning o‘ziga xos tabiiy sharoiti mavjud bo‘lib, tabiatdan foydalanishda ana 
shu sharoitlar hisobga olinishi shartdir.
Qisqacha aytadigan bo‘lsak tabiatdan to‘g‘ri foydalanish uchun ekologiya 
asoslarini chuqur bilish kerak.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin