Savol va topshiriqlar
1. Biosferani kimyoviy ifloslantiruvchi moddalarga nimalar kiradi?
2. Biosferaning tuzilishini tushuntiring.
3. Qo‘rg‘oshin va uning organik moddalarga ta‘siri haqida nimalarni bilasiz?
4. Litosferani tuzilishi, ifloslanish manbalari haqida nimalarni o‘rgandingiz?
5. Zararkunandalarga qarashi foydalaniladigan kimyoviy moddalarni bilasizmi?
6. Zaharli kimyoviy moddalardan qanday foydalanish kerak?
7. Tuproqning nitratlar bilan ifloslanishiga sabab nima?
8. Nitratlarning tuproqda ruxsat etilgan miqdori qanchani tashkil etadi?
VI-BOB. ATMOSFERANING EKOKIMYOSI
VI.1.Atmosferaning kimyoviy tarkibi
Atmosfera havosining ifloslanishi bugungi kunda o‘zining eng yuksak
cho‘qqisiga yetdiki, haqiqatdan ham buni inkor etib bo‘lmaydi. Inson tabiat ustidan
hokimlik qilmoqchi bo‘ldi va bunga qisman erishdi. Tabiat dastlab o‘zida
yashayotgan boshqa jonzotlariga qilganidek, insonga mehribonlik qilib keldi, uni
boqdi, kiyintirdi, boshpana berdi va natijada...
Inson uchun bular kamlik qildi u tabiatni o‘ziga bo‘ysundirishga harakat
qildi, tabiat asta-sekin chekinib bordi, lekin ―pichoq borib suyakka taqalgach‖ o‘z
bag‘ridagi insondan o‘ch ola boshladi. Inson esa yana o‘z faoliyatini davom ettira
boshladi, nihoyat qarasa-ki na toza suv van a toza havo qolibdi, natijada
kasalliklarning yangi turlari paydo bo‘libdi. Endi tabiatdan uzr so‘rash va uning
musaffoligini qaytarish uchun nima qilish kerakligi haqida o‘ylab qoldi.
Bu bobda tabiatning tirik mavjudotlar yashaydigan biosfera qismi, atmosfera
haqida to‘xtalamiz, uning ifloslanish sabablarini, oldini olish chora-tadbirlarini
o‘rganamiz. Atmosfera Yerning gazsimon sferasi bo‘lib, Yerning landshaft qobig‘i
hayotida katta rol o‘ynaydi. Atmosfera yer po‘stiga fizikaviy, kimyoviy, biologik
ta‘sir etadi. Yer yuzasida issiqlik va namlikni tartibga solib turadi. Atmosfera
131
Yerning himoya qobig‘idir. Chunki u tirik organizmlarni turli ultrabinafsha nurlar
va kosmosdan tushadigan meteroitlarning zarralari ta‘siridan himoya qiladi.
Atmosfera bo‘lmaganida edi. Yer yuzasi kunduzi +100ºC qizigan, kechasi -100ºC
sovugan bo‘lar edi.
Hozirgi vaqtda yer yuzasining o‘rtacha harorati +14ºC ga tengdir. Atmosfera
Quyosh issiqligining Yerga o‘tkazib, issiqlikni saqlaydi va nur tashish uchun
o‘tkazuvchanlik vazifasini o‘taydi. Atmosfera biosferada moddalar va issiqlik
almashnuvida asosiy rol o‘ynaydi. Yer yuzasi rang-barang landshaftlarning
vujudga kelishida va ularning taraqqiyotida atmosferaning roli katta. Atmosfera
bo‘lmaganida edi Yer yuzasida ham xuddi uning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lgan, Oydagi
kabi hayot nisnonalari bo‘lmas edi.
Quyosh va shamol energiyasi, atmosfera havosi va yog‘in-sochin (biz
yog‘in-sochinni suv resurslariga qo‘shib o‘rganamiz) iqlim resurslari bo‘lib,
insoniyat jamiyatida katta ahamiyatga ega. Quyoshdan fazoga juda katta miqdorda
issiqlik energiyasi tarqalib turadi. Yer yuzasining har bir kvadrat kilometr
maydoniga 2500000 ot kuchiga teng energiya (Quyoshning umumiy nurlanish
quvvati 4
10
26
Vt) tushadi. Quyosh energiyasi atmosferaning yuqori qatlamlarida
yutilib, yer yuzasiga juda oz miqdorda yetib keladi.
Insoniyat Quyosh energiyasini o‘z ehtiyoji uchun qadimdan foydalanib
kelgan, keyingi vaqtlarda quyosh energiyasidan AQSH Yaponiya va Fransiya kabi
xorijiy davlatlar yaxshigina foydalanmoqdalar. Masalan, Yaponiyada hozirgi
kunda 800 mingdan ortiq Quyosh suv isitkichlari ishlaydi. AQSH chetga ko‘plab
Quyosh suv isitkichlarini eksport qiladi. Shimoliy Afrika va O‘rta dengiz bo‘yidagi
davlatlar Quyosh energiyasidan ayniqsa keng foydalanmoqdalar.
132
Atmosferaning gaz tarkibi. Yerni qurshab olgan havo qatlami asosan azot
(78,09 %), kislorod (20,95%) dan iborat bo‘lib, ular atmosfera gaz tarkibining 99%
ini tashkil etadi, (azotning atmosferadagi massa ulushi 75,5%, kislorodniki 23,1%),
qolgan 1% i esa boshqa (argon, karbonat angidrid, neon, vodorod, geliy, kripton,
ksenon, ammiak, ozon) moddalardan tashkil topgan.
Hozirgi vaqtda atmosfera tarkibida tirik organizmlar uchun zararli
gazlarning uchrash hollari ko‘paymoqda. Sanoat, transport, energetika va boshqa
iishlab chiqarish korxonalaridan chiqayotgan chiqindilar katta- katta tumanlar, bir
necha minglab kilometrli territoriyalar havosining ifloslanishiga olib kelmoqda.
Ba‘zi bir ma‘lumotlarga ko‘ra yer yuzida bir yilda havoga chiqarilgan
oltingugurt gazi, is gazi (CO), kul va karbonat angidridning miqdori taxminan 500
million tonnaga yetmoqda. BMT bergan ma‘lumotlariga ko‘ra insoniyat paydo
bo‘lganidan to shu vaqtgacha 80-85 milliard tonna turli yoqilg‘i yoqilgan. Shuning
yarmi keyingi 25 yilga to‘g‘ri keladi. Faqatgina ko‘mirning o‘zi yiliga 2 milliard
tonna yoqiladi. Hozirgi kunda atmosfera tarkibiga turli xil yoqilg‘ilarning yonishi
tabiiy gaz, yonuvchan slanes, torf, yog‘och, o‘rmonlarning yonishi va vulqonlar
otilishi natijasida 15 milliard tonna turli gaz va changlar qo‘shilmoqda. Akademik
A.P.Vinogradovning ta‘kidlashicha, 2200-yillarda atmosferadagi karbonat angidrid
miqdori hozirgiga nisbatan 20% ga oshadi. Fan va texnika inqilobining
boshlanishidan oldin atmosferadagi karbonat angidrid miqdori uzoq vaqtgacha bir
me‘yorda edi. Chunki o‘simlik fotosintez yo‘li bilan atmosferadan 110 milliard
tonna yoki 5% karbonat angidridni yutar edi. Buning o‘rnini esa moddalarning
chirishi yoqilg‘ining yonishi va yong‘inlardan chiqqan gazlar egallar edi.
Hozirgi vaqtda turli tashqi kuchlar ta‘sirida biosfera sekin-asta o‘zgarib
bormoqda. Chunki inson hayotiy faoliyati natijasida kundan- kunga ko‘payib
borayotgan CO
2
gazni o‘simlik va okeandagi fitoplanktonlardan yutib ulgura
olmayotir.
Ayni kunda atmosfera tarkibidagi kislorod muammosi ham dolzarb bo‘lib,
undagi kislorod miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda. Masalan, AQSH ning
sanoat, transport, aholi va hayvonot dunyosi iste‘mol etayotgan kislorod o‘rnini
133
shu mamlakat territoriyasidagi o‘simliklar ishlab chiqarayotgan kislorod
qoplamayotir. Shuning uchun, AQSH toza havo olishda boshqa davlatlar hisobiga
yashamoqda. Atmosfera turli yo‘llar bilan ifloslanadi.
Ifloslanish sabablarini aniqlash va uning oldini olish katta amaliy
ahamiyatga ega va zarurdir. J.Detri atmosfera ifloslanishi sabablarini to‘rt guruhga
bo‘lishni taklif etgan.
Tabiiy yo‘l bilan ifloslanish (mineral, o‘simlik, hayvon va
mikroorganizmlar ta‘sirida);
Sanoat tarmoqlari transport va turar joylarni isitishda foydalaniladigan
yoqilg‘ilar orqali ifloslanish;
Sanoat chiqindilari orqali ifloslanish;
Sanoat chiqindilari va maishiy-xo‘jalik chiqindilarini yoqish orqali
ifloslanish;
Rus olimi N.A.Gladkov atmosfera ifloslanishini asosan ikki guruhga bo‘lib
o‘rganilishini taklif etadi. Yer yuzasining turli mintaqalarida vulqonlar otilishidan
chiqqan kul va gazlar, o‘rmon va dashtlardagi yong‘inlar, turli tuz zarralari bilan
to‘yingan tumanlar, tuproq changlari va mayda qumlar, mikroorganizmlar, hayvon
chiqindilari va kosmos changlari atmosferaning tabiiy yo‘l bilan ifloslanishida
asosiy rol o‘ynaydi.
Bu komponentlar atmosfera tarkibida me‘yordan ortiq bo‘lsa, katta
halokatlar ro‘y berishi mumkin. Ammo transport, sanoat va boshqalarning
chiqindilari tabiiy yo‘l bilan ifloslanishiga qaraganda anchagina xavflidir.
Haqiqatdan ham atmosferadagi 140 milliard tonna karbonat angidrid gazining 10%
i yoqilg‘i resurslarining Yer va okeanning sayoz yerlaridan olinmoqda va
ishlatilmoqda.
Oqibatda turli yoqilg‘i mahsulotlarining qoldiqlari atmosferada qolib
ketmoqda va uni buzmoqda. Sanoat va uning tarmoqlari biosferaning ifloslanishida
asosiy manba bo‘lib keldi. Sanoat ob‘yektlari va issiqlik elektr stansiyalarida
yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi oqibatida yuz minglab trubalardan turli miqdorda
zaharli gazlar havoga chiqib, ba‘zilari esa yer yuzasiga tushganda, boshqalari
134
atmosfera qatlamlarida uzoq vaqtgacha saqlanishi mumkin. Masalan, ―Elektrisite
de frans‖ issiqlik elektrostansiyasi har oyda 51000 tonna ko‘mir yoqadi. Oqibatda
har kuni stansiya trubalaridan 33 tonna sulfat angidrid gazi va 250 tonna kul
havoga chiqadi. Neft va gaz bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari havoga
kul chiqarmaydi.
Ammo, ko‘mir ishlatadigan issiqlik elektr stansiyaga qaraganda 3 baravar
ko‘p sulfat angidrid gazi ajratib chiqaradi. Sanoat tarmoqlari havoga turli zaharli
modda va gazlar chiqarish bilan bir qatorda atmosferadan juda katta miqdorda
kislorod yutadi, masalan, bir tonna cho‘yanni rudadan ajratib olish uchun 150 m
3
,
bir tonna po‘lat olish uchun 35-70 m
3
, bir tonna ammiak olish uchun 500 m
3
va bir
tonna atsetilen olish uchun 3600 m
3
kislorod ketadi. Po‘lat eritib olish uchun
kislorodga bo‘lgan talab keyingi yillarda 2,6 marta, domna pechlarida 4,2 marta
oshdi. Umuman sanoat tarmoqlarida kisloroddan foydalanish keyingi besh yil
ichida besh baravarga oshdi. Mutaxassislarning ma‘lumotlariga qaraganda, har yili
bizning respublikamizning atmosfera havosiga to‘rt million-tonnaga yaqin zararli
moddalar qo‘shilmoqda.
Havo, atmosferani ifloslanishdan va har xil chiqindilar bilan
zararlanishdan muhofaza qilish muammosini hal qilish, uning ifloslanish
manbalarini o‘rganishni, oldini olishni talab qiladi. Biz bilamizki, atmosfera havosi
tabiiy va sun‘iy ravishda ifloslanadi.
Dostları ilə paylaş: |