D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

N
n
MChM
C
MChM
C
MChM
C
MChM
С
ya‘ni, C
1
, C
2
, C
3
, C
n
atmosfera havosidagi zaharli moddalarning haqiqiy 
miqdori; 
MChM
1
, MChM
2
, MChM

mazkur moddalarning atmosfera havosidagi 
mumkin bo‘lgan chegaraviy miqdori; 
Ko‘rinib turibdiki, zaharli moddalarning konsentrasiyasini har bir 
moddaning MChM ga bo‘lgan nisbati birdan oshmasligi kerak. Atmosfera 
havosining inson organizmiga ta‘sirini o‘rganishda yuqorida aytib o‘tilgan holatlar 
nazarda tutilishi zarur, aks holda bajariladigan vazifalar kutilgan natijalarni 
bermaydi.
Ma‘lumki, tirik organizmlar bir qator muhim va murakkab vazifalarni 
bajaradi, bunda barcha a‘zolar ishtirok etadi. Atmosfera havosi tarkibidagi zaharli 
moddalar ana shu sistemalar faoliyatiga yomon ta‘sir ko‘rsatadi.
Agar zaharli moddalar kishi organizmiga surunkali tushib tursa, ularning 
asorati yaqqol ko‘rina boshlaydi. So‘nggi yillarda kimyoviy ta‘sirotlar natijasida 
tirik organizmlarda kechadigan o‘zgarishlarni matematik yo‘l bilan hisoblash, 
tahlil qilish va xulosa chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. 
Mumkin bo‘lgan chegaraviy miqdorning ishlab chiqilishi gigiyena fanining 
katta yutug‘idir, bu sanitariya amaliyotida asosiy qurol hisoblanadi.


158 
Sanitariya xodimlari MChM yordamida ogohlantirish beradilar, kundalik 
sanitariya nazoratini amalga oshiradilar. Hozirgi kunda atmosfera havosidagi 600 
ga yaqin kimyoviy zaharli modda MChM ishlab chiqilgan, shuningdek, 33 ta 
moddaning birgalikda ta‘sir qilishi
 
o‘rganilib, ular uchun me‘yoriy miqdorlar 
belgilangan.Gigiyena fani uchun murakkab masalalardan biri-ishlab chiqilgan 
mumkin bo‘lgan chegaraviy miqdorlarni hayotga tadbiq etishdir.
Har bir zaharli modda atmosfera havosi orqali organizmga tushadigan 
bo‘lsa, unga organizm o‘ziga xos biologik reaksiyalar bilan javob beradi. Masalan, 
kishi betoblanishi, o‘lishi ham mumkin. Atmosfera havosi ifloslangan bo‘lishiga 
qaramay, turli organizmlarga turlicha ta‘sir qiladi.
Xorijiy mamlakatlarda mumkin bo‘lgan chegaraviy miqdor bizning 
mamlakatimizdagi mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdordan farq qiladi. Masalan, 
sulfid angidrid uchun bizda MChM 1 m

atmosfera havosida 0,05 mg ga teng 
bo‘lsa, AQSh da 0,26 mg, Fransiyada 0,75 mg, Shetsiyada 0,25 mg, Polshada 0,35 
mg, Yaponiyada esa 0,1 mg. deb qabul qilingan. Kimyo sanoati keyingi 30-40 yil 
ichida jadal rivojlandi, natijada zaharli moddalarnin organizmlarga ta‘siri ham 
ko‘paydi. Har bir kimyoviy zaharli moddalar uchun mumkin bo‘lgan chegaraviy 
miqdorni ishlab chiqish ancha murakkab bo‘lishiga qaramay, faqatgina MChM 
ishlab chiqilgandan keyingina ulardan foydalanishga ruxsat beriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin