D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

tuproqqa 
ham salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Ayniqsa havo tarkibidagi sulfat angidrid gazi havodagi suv bug‗i bilan birikib 
sulfat kislota hosil qilgan paytlarida yoqqan yomg‗irdan keyin tuproqda nordon 
muhit paydo bo‗ladi va undagi hayot jarayonlari izdan chiqadi. 
Atmosferaning ifloslanishi 
o‘simliklarga 
yomon salbiy ta‘sir qiladi. Zaharli 
moddalar, havoda tarqalgan ko‗l zarralari, ko‗mir va koks changlari tuproqning 
fizik xususiyatlarini yomonlashtiradi, o‗simlikning vegetativ qismlari sirtiga 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri tushadi, yoki unga tuproqdan ildiz orqali so‗riladi. Ular 
o‗simlikning poyasi va yaprogi ustini qoplab, o‗simlikdagi oziqlanish (fotosintez) 
va assimilyatsiya jarayonini susaytiradi. Havodagi metall changlari, superfosfat va 
sulfat kislota birikmalari ildiz sistemasini zaharlab, o‗simlikning o‗sishini to‗xtadi 
va uni quritadi. 
Oltingurgurt gazi, vodorod ftorid, ozon, xlor va boshqa moddalar o‗simliklar 
uchun ayniqsa zararlidirlar. Kanadaning Treyl shaxrida 1929-1937 yillarida rux va 
qo‗rg‗oshin eritiladigan yirik korxonalardan chiqqan oltingurgurt gazi 25 km. 
gacha masofadagi ekinlarni nobud qilgan. Ftor va uning birikmalari ham 
o‗simliklar uchun o‗ta zararli hisoblanadi. Shveytsariyaning Arau vodiysida 
joylashgan alyuminiy zavodi atrofida ko‗plab daraxtlar nobud bo‗lgan. 
Surxondaryo viloyati chegarasining yaqinida joylashgan Tojikiston alyuminiy 
zavodining zararli ta‘siri ham bir necha o‗nlab chaqirim joylargacha yetib 
bormoqda. 
Atmosferaning ifloslanishi hayvonlarning
 
nafas olish yo‗llarini shikastlaydi. 
Atmosferadagi zararli moddalar suv va o‗simliklar bilan hayvon organizmiga o‗tib, 
u yerda to‗planadi va organizmda ba‘zi kasalliklarni keltirib chiqarib, hayvonni 
halok bo‗lishgacha olib boradi. Germaniyadagi mis eritish zavodi hamda 
Shveytsariyadagi alyuminiy zavodi atrofidagi yaylovlarda boqilgan qoramollardan 
ko‗pchiligi zaharlanib o‗lgan hollari ma‘lum. Atmosferaning dehqonchilikda 
qo‗llanilgan zaharli ximikatlar bilan ifloslanishi oqibatida ko‗pgina qushlarda 
bepushtlik alomatlari paydo bo‗lib, ularning tuxumidan palaponlar chiqishi 


146 
kamayib ketdi. Bu esa tabiatda ba‘zi turlarning, ayniqsa shusiz ham tuxum soni 
kam bo‗lgan yirtqich qushlarning kamayib ketishga olib keldi. 
Atmosferaning ifloslanishi ayniqsa inson
 
uchun o‗ta zararlidir. Shaharlarda 
quyosh nurining kamligi, ultrabinafsha nurlarining yetishmasligi kasallik 
qo‗zg‗atuvchi 
bakteriyalarining 
rivojlanishiga 
sharoit 
yaratadi, 
odam 
organizmining kasalliklarga qarshilik ko‗rsatish qobiliyatini pasaytiradi. Kishi 
organizmida turli zaharlarning to‗planishi oqibatida organizm har xil kasalliklarga 
chalinadi. Havoning ifloslanishi yo‗tal, bosh aylanishi, o‗pka va ko‗z 
kasalliklariga, organizmning umumiy zaharlanishiga va ish qobiliyatining 
pasayishiga sabab bo‗ladi. 
Bir joyda harakatsiz turgan havoda zaharli moddalar to‗planib va tuman bilan 
aralashib smog (zaharli tuman) hosil qiladi. Bunday smoglar aholi orasida 
ommaviy kasalliklar va ko‗plab halok bo‗lish hodisalarini keltirib chiqarishi 
mumkin. 1952 yil 5-9 dekabrda London ustida paydo bo‗lgan smog tarkibida sulfat 
angidrid, azot oksidlari, aldegidlar, xlorli uglevodorodlar va shunga o‗xshash 
boshqa zaharlar to‗plangan. Bu smogning ta‘siridan 4 ming kishi halok bo‗ldi va 
10 ming kishi og‗ir xastalanib qoldi. 
Hozirgi vaqtda ayniqsa fotokimyoviy smoglarning xavfi ko‗paydi. Bunday 
smoglarni paydo qiluvchi manba avtomobillardan chiqqan gazlardir. Fotokimyoviy 
smog birinchi marta 1943 yilda Los-Anjelos shahrida sodir bo‗lib, u keyin bu 
yerda tez-tez bo‗lib turadigan bo‗ldi va aholini og‗ir ahvolga solib qo‗ydi. Hozir 
bunday fotokimyoviy tumanlar AQSH ning ko‗pgina shaharlarida, Tokio, Sidney, 
Mexiko va Buenos-Ayresda ham sodir bo‗lmoqda. 
Atrof muhitning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi inson uchun ayniqsa 
dahshatli voqeadir. Radioaktiv moddalar organizmga og‗iz, burun va teri orqali 
o‗tadi. Ular insonning suyak to‗qimalarida to‗planib, organlarning nurlanish 
manbai bo‗lib xizmat qiladi. Organizmning nurlanish kasaliga chalinishi ko‗p 
hollarda uning halokati bilan tugaydi. 
Yuqorida aytilganlardan ko‗rinib turibdiki, atmosferaning ifloslanish 
biosferaga, unda yashovchi barcha tirik organizmlar, jumladan inson salomatligiga 


147 
jiddiy zarar yetkazmoqda. Shuning uchun ham havoning tozaligini saqlash hozirgi 
kunning dolzarb masalasiga aylandi. Bu ishni amalda bajarish turli yo‗llar bilan 
amalga oshiriladi. 
Atmosfera ifloslanishining kamaytirish yo‗llaridan biri toshko‗mir va neft 
bilan ishlaydigan sanoat korxonalarini gaz yoqilg‗isiga o‗tkazish. Shuningdek 
avtomobil transportini gaz yoqilg‗isiga o‗tkazish, elektromobillar tarmog‗ini 
rivojlantirish ham bu ishga ijobiy yordam beradi. 
Atmosfera ifloslanishini kamaytirishning yana bir yo‗li sanoat korxonalarida 
gaz va chang tutqich vositalarini doimo soz holda tutish, hamda ularning quvvatini 
oshirish chora-tadbirlarini ko‗rishdir. Avtomobillar dvigatelidan chiqariladigan 
gazlarni parchalovchi katalizatorlar ishlab chiqishni yo‗lga qo‗yish bu ishda 
ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Atmosfera ifloslanishini kamaytirishning yana bir muhim tadbiri sanoat 
korxonalarini to‗g‗ri joylashtirish, ularni aholi punktlaridan uzoqlashtirish va 
ishlab chiqarishda chiqitsiz texnologiya jarayonini tashkil qilishdir. Hozirgi vaqtda 
biror sanoat korxonasi quriladigan bo‗lsa, uni loyihalashtirishdayoq atrof muhitni 
ifloslamaslik masalasi oldingi o‗ringa suriladi. Bunda loyihaga texnologik 
jarayonlar davomida havoga chiqindi chiqarishni kamaytirishdan tashqari, uning 
aholi tig‗iz joylashgan kvartallardan uzoqda joylashtirish, shamol yo‗nalishini 
hisobga olish va shu singari ko‗pgina talablar qo‗yiladi. 
Aholi tig‗iz yashaydigan joylarda yashil kvartallar tashkil qilish, turli nav 
daraxtlarni ko‗proq o‗stirish ham havoni ifloslanishdan saqlashning muhim tadbiri 
hisoblanadi. Yashil o‗simliklarning bu ishda ahamiyati serqirradir. Ular havodagi 
chang va gazlarni o‗zida tutib qoladi, karbonat angidridni yutib, kislorod ajratadi. 
Quyoshli kunda sathi 1 gektarga teng bo‗lgan o‗simliklar sutkasida 280 kg gacha 
karbonat angidridni yutib 220 kg. gacha kislorodni ajratib chiqaradi. Shaharlardagi 
daraxtzor bog‗lar havosidagi chang ko‗kalamzorlashtirilmagan joyga qaraganda 
yozda 42%, qishda esa 37% kam bo‗ladi. O‗simliklar havodagi oltingurgurt gazini 
60% gacha ushlab qolib, o‗z to‗qimalarida uni sulfatlar ko‗rinishda to‗playdi. 


148 
O‗simliklarning yana bir foydali xususiyati, ularning o‗zidan fitontsitlar 
ajratib chiqarib, havoni patogen zamburug‗lar va bakteriyalardan tozalashdir. Bir 
gektar archazor bir kunda 30 kg, ba‘zi nina bargli daraxtlar, masalan, kedr 
qarag‗ayi esa bundan ham ko‗proq fitontsit ajratib chiqaradi. Daraxtlardan ajralgan 
fitontsitlar bakteriyalarni o‗ldirgani uchun ham o‗rmonlar havosida bakteriyalar 
soni shahar havosidagidan 200-250 marta kam bo‗ladi. 
Yashil o‗simliklar shaharlarning mikroiqlimini mo‗tadillashtirishda muhim 
rol o‗ynaydi. Daraxtlar issiq paytlarda atmosferaga ko‗p suv bug‗lari chiqarib, 
havo namligini 20-30% oshiradi. Bu esa shahar havosini asfalt, beton va g‗ishtlar 
haroratidan qizib ketishdan saqlaydi. Shaharlardagi daraxtlar shuningdek tovush 
to‗lqinlarini yutib, shovqini pasaytiradi. Bu esa, o‗z navbatida, insonlar asabini 
tinchlantirish hamda ularning mehnat qobiliyatini oshirishda muhim rol tutadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin