Respublikamizda atmosfera havosini muhofaza qilishning dolzarbligi uni
muhofaza qilish, ifloslanishining oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining
Xalqaro tadbirlarda ishtirok etish masalasiga alohida e‘tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ―Tabiatni muhofaza qilish
to‘g‘risida‖ gi hamda 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan ―Atmosfera havosini
muhofaza qilish to‘g‘risida‖ gi Qonunlari mazkur masalaga asos qilib olingan va
yoritilgan.
Atrof muhitning ekologik holati va hududlar ekologik muvozanatining
buzilishi ko‘p jihatdan atmosfera havosining tarkibi buzilishiga hamda uning
turlari ishlab chiqarish ta‘siridagi salbiy o‘zgarishlarga bevosita bog‘liq. Bu
135
o‘zgarishlar sayyoraviy, regional va topologik (mahalliy) masshtabbda ro‘y beradi.
O‘zbekiston hududining o‘ziga xos tabiiy xususiyatlari, uni ekologik xo‘jalik
rayonlariga ajratishga va har bir mintaqa yer, atmosfera havosining ifloslanish
potensialini aniqlashga imkon beradi.
Atmosfera havosini bunday ilmiy bashorat qilishda asosiy shamollarning
takrorlanishi, qancha vaqt surunkali esishi turbulentlik koeffitsiyentini va boshqa
xil ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Shunda yer yuzasida havoning ifloslanish
potensiali (AHIP) Respublika hududida 2,4 dan 3,3 gektargacha o‘zgarishi qayd
qilinadi.
Chunonchi, bu ko‘rsatkich Ustyurtda 2,4-2,7 gektar, Quyi Amudaryoda 2,6-
3,0 gektar, Qizilqumda 2,7 gektar Quyi Zarafshonda 2,7-3,0 gektar, Chirchiq,
Ohangaron tunanida 3,0-3,3 gektar, Mirzacho‘lda 2,7-3,3 gektar, Farg‘ona
vodiysida 3,0-3,3 gektar, Samarqand rayonida 2,7-3,3 gektar, Qashqadaryo
havzasida 2,7-3,3 gektarga teng.
Chirchiq-Ohangaron va Farg‘ona mintaqalarida atmosfera havosi ifloslanish
darajasining kattaligiga sabab bu yerdagi hududiy ishlab chiqarish majmualari
nisbatan rivojlanganligida, avtotransport harakatlarining serqatnovligi, tog‘-kon
sanoatining salbiy ta‘siri va qishloq xo‘jaligida zararli kimyoviy moddalardan
ortiqcha miqdorda foydalanishdadir. Ayni vaqtda bu joylarda ishlab chiqariish
chiqindilarini kamaytirish yoki zararsizlantirish tadbirlari sust olib borilgan.
Respublikada havoni bulg‘ayotgan 3500 doimiy manba bo‘lib, ularning
yarmiga yaqini chang va turli xil zararli gazlarni tutib qoluvchi va tozalovchi
moslama ega. Bu moslamalarning 4,1 qismi samaradorligi juda past. Atrof-
muhitning me‘yoridan ortiqcha ifloslanishi, ayniqsa, yirik shaharlarga xos.
O‘zbekiston Respublikasida Olmaliq, Farg‘ona, Bekobod, Andijon,
Ohangaron, Angren, Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlari atmosferasi eng
ko‘p ifloslangan shaharlar jumlasiga kiradi. O‘zbekiston yer usti havosining
ifloslanishi 1983-yil eng yuqori darajaga yetib, so‘nggi yillarda ahvolning
birmuncha yaxshilanishi qayd qilingan. Sanoat shaharlarida havoni ifloslantiruvchi
136
asosiy moddalar oltingugurt II oksididir. Atmosfera havosini buzuvchi boshqa
omillrdan biri tobora rivojlanayotgan avtomobil transportidir.
Avtotransportni yangi ekologik bezarar yoqilg‘i turlariga o‘tkazish, tejamli
dvigatellrga o‘tish ko‘chalar chekkasida ko‘plab daraxtlar ekish hamon atrof muhit
holatini yaxshilashning muhim holatlaridan hisoblanmoqda. Tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha qishloq joylarda atmosfera havosini ifloslovchi asosiy omil qishloq
xo‘jaligida foydalaniladigan turli xil uchuvchi kimyoviy moddalar bo‘lsa, yirik
shaharlarda shahar transportidir.
Chunonchi, poytaxtimiz Toshkent atmosfera havosining ifloslanishida
shahar transportining hissasi 80 foizdan ortadi.
Umuman Respublika bo‘yicha atmosferaga hanuz yiliga 4 million tonnaga
yaqin zararli moddalar chiqarib yuborilmoqda, ular atmosfera havosinigina emas,
balki suvlar, tuproqlar, inson, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ham ma‘lum
darajada zarar yetkazmoqda. Keyingi yillarda atmosfera havosining tozaligi
ustidan nazoratining kuchaytirilishi, havo tozalagich moslamalardan ko‘plab
foydalanilishi, ekologik ongnimg oshishi, mutaxassislar mas‘ulyatining oshishi,
―Ekosan‖ Xalqaro ekologik va salomatlik jamg‘armasining faol sa‘y-harakati
natijasida O‘zbekiston Respublikasida bir qancha ijobiy siljishlar ro‘y bermoqda.
Atmosfera havosining toza, musaffo bo‘lishi insonning xo‘jalik faoliyati
bilan bog‘liq. Shuning uchun atmosferani ifloslayotgan yirik shahar va sanoat
ob‘yektlarida havoni tozalash sohasida turli chora-tadbirlar ishlab chiqarilgan
hamda tadbiq etilgan.
Atmosfera havosi shunday xususiyatlarga egaki u vaqti-vaqti bilan o‘zini
tozalab turadi. Chunki turli sabablar natijasida havo tarkibiga qo‘shilgan gaz va
mexanik zarralar atmosferada bo‘ladigan jarayonlar natijasida havoda tarqaladi va
qor, yomg‘ir kabi yog‘inlarda qo‘shilib ketadi. Havo tarkibida iflos texnogen
qo‘shilmalarining ko‘payishi yoki kamayishi insonga bog‘liq bo‘lib qoldi. Hozirgi
kunda havoni zararli gaz va zarralardan tozlashda turli xil usullardan
foydalanilmoqda. Bular asosan ikkita katta guruhga bo‘linadi:
137
Fizik-kimyoviy usullar havoni zararli gazlardan tozalashda ishlatiladi. Bu
usullar ko‘pincha gazlarni kimyoviy yo‘l bilan tozlash deb yuritiladi.
Turli sanoat ob‘yektlaridan chiqadigan karbonat angidrid, oltingugurt (IV)
oksid, azot (II) oksid fenol va boshqalarning havoni ifloslanishidan saqlashda
kimyoviy usullardan foydalanish mumkin. Kimyoviy birikmalardan tarkib topgan
filtrlovchi uskunalar yordamida zavod, fabrika va kombinatlardan chqadigan
zaharli gazlar tutib qolinadi. Yoki turli katalizator yordamida saqlab turiladi.
Sanoatning gaz holidagi chiqindilarini suyuqliklar yordamida absorbsiyalash
zararli birikmalarning turli erituvchilarda tanlab erish xossasiga asoslangan bo‘lib,
eng ishonchli usul hisoblanadi.
Absorbsion tozalash usuli uzluksiz yopiq jarayon bo‘lib, atmosferaga
chiqariladigan uglerod oksidlari, azot oksidlari, xlor, oltingugurt birikmalari, sianli
birikmalar, fenol kabi birikmalarni ushlab qolish uchun qo‘llaniladi.
Absorbent sifatida suv, ammiakli suv, o‘yuvchi ishqorlar, etanolaminlar,
kaliy permanganat, kalsiy sulfatning suspenziyasi, marganets oksidlari
ishlatiladi.Absorbsion reaktorlar sifatida esa, to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan
minoralar yoki tarelkali reaktorlardan foydalaniladi. Sanoatning chiqindi gazlarini
katalizatorlar yordamida tozalashning mohiyati shundaki, bunda barcha zararli
gazlar boshqa zararsiz birikmaga aylantiriladi va havoga chiqarib yuboriladi.
Fizik usullar guruhi havodagi zaharli gaz, qattiq va suyuq qo‘shilmalarni
chang, tutun va boshqalarni tozalaydi. Hozirgi vaqtda sanoat tarmoqlaridan
atmosferada iflos gazlarni tozalab chiqarishda turli chang va mayda zarralarni tutib
qoladigan oddiy filtrli uskunalardan foydalaniladi. Bu usullar gruppasi arzon
energiya hisobiga havodagi juda mayda chang zarralarini quruq holda tutib turadi.
Keyingi vaqtlarda iflos gaz va chang qo‘shilmalarini elektr filtrlar orqali ushlanib
qolinmoqda. Kam elektr energiyasi sarflash oqibatida soatiga millionlab kub metr
havo iflos qo‘shilmalardan toza bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda sanoat ob‘yektlarini qayta qurish va ularga o‘rnatilayotgan
chang gazlarni tutib qoladigan uskunalar korxona mahsulotlarini tejash bilan bir
qatorda atrof-muhitni ifloslanishini oldini olmoqda. Shuning uchun ko‘pgina
138
sanoat korxonalari shahardan tashqarida shamol yo‘nalishini puxta o‘rganilgan
holda qurilmoqda va korxona atrofidagi keng maydonlarda daraxtzorlarda barpo
etilmoqda.
Sanoat
korxonalari
atroflaridagi
havoni
chiqindilardan
tozalash
texnologiyasi murakkab va qimmatlidir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlati
atmosferani muhofaza etishda bir qator tadbirlar ko‘rdi. Havoni tozalovchi
uskunalar qurish, zavod va fabrikalarni uskunalar bilan ta‘minlash havoni toza
saqlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlardan biridir.
Masalan, ―Qizilqumsement‖ ochiq hissadorlik jamiyati keyingi yillarda
―Ekologik toza‖ texnologiyalarni qo‘llash borasida bir qator tadbirlarni amalga
oshirmoqda, jumladan chang-gaz tutgichlar ishini yaxshilash evaziga har bir
tegirmondan atrof-muhitga chiqarilayotgan sement gardi sekundiga 123,9
kilogrammdan 2,19 kilogrammgacha kamaydi, buning evaziga 27 million so‘m sof
foyda olindi. ―Navoiyazot‖ hissadorlik jamiyati bir yilda atrof-muhit muhofazasi
tadbirlariga 250 million so‘m sarflaydi, buning evaziga esa qo‘shimcha 200
million so‘m sof foyda olish bilan birgalikda, katta miqdordagi chuchuk suvni
tejashga ham erishadi.
Hozirda Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatiga qarashli Markaziy kon
boshqarmasining 15 ta tarmoqlarida tabiat ifloslanishi oldini olish borasida keng
ko‘lamdagi tadbirlar olib borilmoqda. Birgina ―Muruntau‖ konidagi chang
ushlagichlar ishini doimiy yaxshilash hisobiga har yili kondan chang ajralib
chiqishi 320-340 tonnaga kamaymoqda, 2-gidrometallurgiya zavodining birinchi
navbatida changlarni namlab ushlab qolish natijasida har yili atmosferaga
chiqadigan chang miqdori 800-815 tonnaga kamaydi. Bu olib borilgan say-
harakatlar samarasi o‘laroq keyingi 10 yilda Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatiga
qarashli Markaziy kon boshqarmasi ishchi-xodimlari orasida pnevmokonioz
kasalligi kuzatilmagan hamda chang bilan bog‘liq bronxit kasalliklari keskin
kamaygan.
Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf etish choralarini
ko‘rmaslik uchun jinoiy jazo belgilangan bo‘lib, mansabdor shaxsning ekologiyasi
139
ifloslangan joylarni dezaktivatsiya qilish yoki boshqacha tarzda tiklash choralarini
ko‘rishdan bo‘yin tovlashi yoki bunday ishlarni yetarli darajada bajarmasligi
odamlarning ommaviy ravsihda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki
baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatga sabab bo‘lsa, eng kam
oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh
yillikgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar odam o‘limiga sabab bo‘lsa, uch oydan olti oygacha qamoq
yoki muayyan huquqdan mahrum qilib besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi (Jinoyat Kodeksi (JK) 195-moddasi).
Veterenariya va zootexnika qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik,
JK ning 200-moddasi talablariga ko‘ra veterenariya va zootexnika qoidalarini
buzish, hayvon yoki parrandalar epidemiyasi tarqalishiga, ularning yalpi qirilib
ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlar keltirib chiqishiga sabab bo‘lsa eng kam
oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish huquqi bilan jazolanadi.
Dostları ilə paylaş: |