D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


VI.3.Atmosferadagi organik birikmalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

VI.3.Atmosferadagi organik birikmalar 
Atmosferaning pastki – tirik mavjudotni bevosita o‗rab turgan troposfera 
qatlamidagi havo tarkibi 78, 08% azot, 20,95% kislorod, 0,93 argon, 0,03% 
karbonat angidriddian tashkil topgan. Qolgan 0,001% ni inert gazlar – geliy, neon, 


143 
kripton, ksenon, ozon, rodon va vodorod tashkil qiladi. Mana shunday tarkibdagi 
havo tabiiy havo hisoblanib, inson organizmi unga evolyutsion taraqqiyot 
davomida moslashib olgan. 
Atmosferaning tirik tabiat, shu jumladan inson hayoti uchun ahamiyati 
beqiyos katta. Odam agar ovqatsiz haftalab, suvsiz bir necha kunlab yashay olsa, u 
havosiz bir necha daqiqagina, atmosferaning himoyasisiz esa – faqat bir necha 
soniyagina yashay oladi, xolos. Shuning uchun ham xalq orasida juda zarur 
bo‗lgan narsani «havodek zarur» deb aytish odat tusiga kirib qolgan. Odamning bir 
sutkalik hayoti uchun 1 kg ovqat, 2 litr suv va 12 kg havo zarur. Bu havo hajm 
jihatidan 10 ming litrga teng bo‗lib, unda 500 litr kislorod mavjud. Mana shuning 
o‗zi havoning inson uchun qanchalik ko‗p miqdorda zarurligini ko‗rsatib turibdi. 
Atmosferaning tarkibida bundan tashqari suv bug‗lari va turli xildagi tabiiy 
chang zarrachalari mavjudki, bular yerdagi hayot uchun muhim himoya 
vositasidirlar. Agar bu chang zarrachalari o‗z atrofiga suv bug‗larini yopishtirib 
olmaganida (kondensatsiyalamaganida) yerdagi sutkalik harorat stabillashmagan, 
Yerning sirti kunduzi quyosh nuridan 100 
o
C
gacha qizib ketar, tunda esa fazoviy 
jismlar haroratidan 100 
o
C gacha sovib ketar edi. Havo haroratining bunday 200 
o

lik sutkaviy o‗zgarishiga esa biror bir tirik organizm ham bardosh bera olmagan 
bo‗lar edi. Keyingi tadqiqotlar ko‗rsatishcha Venera sayyorasida haroratning 
sutkalik o‗zgarishi 500
o
C ni tashkil qiladi va demak, bu yerda hayot mavjudligi 
to‗g‗risida gap yurgizish qiyin. 
Atmosfera tarkibidagi chang va suv bug‗i turli manbalardan chiqariladi. 
Mutaxassislarning fikricha havoga fazoviy jismlardan kelib qo‗shiladigan tabiiy 
chang zarrachalarining yillik miqdori 1 mlrd. tonnadan ortiq. Bu tabiiy changdan 
tashqari atmosferaga ko‗p miqdordagi chang va suv bug‗i yer yuzidan ko‗tariladi. 
Atmosferaga yer yuzidan ko‗tariladigan suv bug‗ining yillik miqdori 518600 
km
3
bo‗lib, uning 86% (447900 km
3
) dengiz va okeanlar sathidan, qolgan 14% 
(70700 km
3
) quruqlik yuzasidan bug‗lanadi. Atmosferaga ko‗tariladigan suv 
bug‗ining miqdori shunchalik ko‗pki, oddiy qilib aytganda, bu suv bilan Yer 
sharini 10 metr qalinlikda qoplash mumkin bo‗ladi. Suv bug‗iga qo‗shilib havoga 


144 
unda erigan tuzlar ham ko‗tariladi. Havoga ko‗tariladigan chang tarkibida ham 
tuzlar, bakteriyalar, achitqich zamburug‗lari, o‗simlik va hayvon qoldiqlarining 
chirishidan hosil bo‗lgan boshqa organik moddalar mavjud. 
Atmosfera ifloslanishining oqibatlari va uning oldini olish choralari. 
Atmosfera havosining ifloslanishi atrof muhitga, jumladan, iqlimga, suvga, 
tuproqqa, o‗simliklar dunyosiga, hayvon va odamlar sog‗ligiga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Atmosferaning ifloslanishi natijasida yirik shaharlar va sanoat markazlari 
mikroiqlimida 
yaqqol o‗zgarish seziladi. Bu hududlarda havodagi aerozollar 
quyosh nurining ko‗p qismini yutib olib, uni yerga kam o‗tkazadi. Yadro 
kontsentratsiyasining oshishi natijasida bunday joylarda bulutli va tumanli kunlar 
ko‗payib, quyoshli ochiq kunlar soni kamayib bormoqda. Masalan, Parijda keyingi 
50 yil davomida bulutli kunlar soni qariyb 60 kunga ko‗paydi. Atmosferaning 
tiniqlik koeffitsiyenti bu yerda atrofdagi boshqa shaharlardan ko‗ra 3,5% kamdir. 
Samarqand shahrida uning atrofiga nisbatan ba‘zi yillarda 6 martgacha ko‗p tuman 
tushgan va 11 mm. gacha ko‗p yog‗in yoqqan. 
Inson faoliyati salbiy ta‘sirining yana bir mahsuli ishlab chiqarilayotgan 
issiqlik energiyasining ko‗payishidir. Buning oqibatidagi sanoat markazlarida va 
shaharlarda iqlim harorati nisbatan yuqori. Masalan, Moskvaning markazi bilan 
uning chekka rayonlaridagi havoning harorati o‗rtasidagi farq 4,9 
o
C gacha bo‗lishi 
kuzatilgan. Umuman olganda, shaharlarda harorat atrof hududlarga qaraganda 2-
2,5 
o
C yuqoridir. 
Atmosfera ifloslanishning 
suvga 
ham ta‘siri katta. Atmosferaga chiqarilgan 
chang va gazsimon tashlandiqlarning ko‗pchiligi yog‗in–sochin bilan yerga qaytib 
tushib, yerusti hamda yerosti suvlariga qo‗shiladi va bu suvlar bilan oqib borib, 
dengiz va okeanlarga tushadi. Bundan tashqari, ular dengiz va okeanlarga yog‗in-
sochin bilan bevosita ham tushadilar. Har ikkala holatda ham zararli moddalarning 
suvga tushishi suvda yashovchi barcha o‗simliklar va hayvonlar hayotini xavf 
ostiga qoldiradi. 


145 
Atmosferadagi zararli aralashmalar 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin