O‘simliklar tuproqdagi juda ko‘p mineral moddlarni so‘rib oladi, so‘ngra
ularni hayvonlar iste‘mol qiladi, hayvonlar halok bo‘lgach, o‘sha moddalar yana
tuproqqa singib ketadi. Shu asnoda o‘simliklar orqali Yer sharida moddalar aylanib
yuradi.
Ko‘p asrlik insoniyat tarixida va insonning kundalik hayotida
o‘simliklarning ahamiyati juda katta. Chunki o‘simliklar bir tomondan, xom ahoy
manbai bo‘lsa, ikkinchi tomondan, muhim tabiiy geografik omil sifatida yer
yuzasidan suv oqimiga, bug‘lanishga, tuproqda nam saqlanishiga, atmosfera quyi
qismining harakatiga, shamol kuchi va yo‘nalishiga, hayvonlarning hayotiga ham
ta‘sir etib turadi. O‘simlik dunyosi shahar, qishloq mikroiqlimlariga ta‘sir etib,
CO
2
CO
2
Sanoat
korxonalari
Odamlar
Quyosh
Daraxtzor
Fotosintez
O
2
165
havosini tozalaydi va havo tarkibidagi kislorod muvozanatini ta‘minlab turuvchi
sanitarlik vazifasini ham o‘taydi. O‘simliklar dunyosi xalq xo‘jaligi uchun (agar
ratsional foydalanib, muhofaza qilib, qayta tiklab turilsa) behisob oziq-ovqat
manbai, texnika xom ashyosi, tibbiyotda dori-darmon, qurilish va boshqa sohalar
uchun boy xom ashyo manbaidir.
O‘simliklar dunyosi sayyoramiz aholisini oziq moddalar bilan ta‘minlab
turuvchi asosiy manba hisoblanadi. Hozir insoniyat o‘simliklarning ko‘pgina
turidan oziq-ovqat sifatida foydalanmoqda. Ularning eng muhimlari g‘alla
o‘simliklari (sholi, bug‘doy, makkajo‘xori va boshqalar), qand moddasini
saqlovchi o‘simliklar (shakarqamish, qand lavlagisi), oziq moddalar yer ostida
(ildizida) bo‘ladigan o‘simliklar (kartoshka, batat, sabzi, piyoz va boshqalar),
urug‘ini yeyish mumkin bo‘lgan o‘simliklar (loviya, soya, yeryong‘oq va
boshqalar), mevali va boshqa o‘simliklar.
Hozirgi paytda o‘simliklar dunyosi ayniqsa, suv osti o‘simliklari tarkibidagi
oqsil moddalar hayvon go‘shtidagi va sutidagi oqsil moddalarning o‘rnini ham
bosishi so‘zsiz o‘z isbotini topmoqda. Hatto, Angliyada ultratovush ta‘sirida beda
va boshqa o‘simliklardan o‘simlik oqsili olinib, undan sut va sut mahsulotlari
tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
O‘simliklardan, shuningdek, texnikada ishlatiladigan turli markadagi moylar
hamda kauchuk olinadi. Har xil kiyim-kechak, ichimliklar tayyorlashda ham
o‘simliklardan keng foydalaniladi. O‘simliklar chorva mollari uchun asosiy oziq
manbai, kishilarga estetik zavq beruvchi tabiat elementi hamdir. O‘simlik dunyosi
qayta tiklash mumkin bo‘lgan tabiiy resurs hisoblanib, Yer shari geografik qobig‘i
(litosfera) da muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘simliklar sayyoramiz yuzasining yashil qobig‘i bo‘lib, tuproq
unumdorligini oshirishda, atmosferani toza saqlashda, ayniqsa, atmosfera tarkibida
kislorodning muvozanatini saqlashda, okean, daryolarning gidrologik rejimi
tartibga solib turishda, inson hayoti uchun mo‘tadil gigiyenik sharoitlar yaratib
turishdek muhim vazifani bajaradi.
|