159
Birinchi guruh organik yoki anorganik xususiyatga ega bo‘lgan qattiq hamda
suyuq zarrachalardan iborat bo‘lib, ular havoga gazlar hamda ventilyatsion sistema
chiqindilari bilan birga chiqadi. Anorganik changlar esa,
sanoat chiqindilarida
metall va uning rudalari alyumosilkatlar, turli mineral tuzlar, o‘g‘itlar, karbidlar va
shunga o‘xshash anorganik birikmalarni qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladi.
Organik tavsifga ega bo‘lgan changlarga ko‘mir, torf, slanes, pista ko‘mir va
qurum kiradi Sanoat chiqindi gazlaridagi tumanlar asosan sulfat hamda fosfat
kislotalardan iborat.
Ikkinchi guruhga gaz hamda bug‘ holidagi qo‘shimchalar birmuncha ko‘p
bo‘lib, ularga asosan kislotalar, kolloidlar va kolloidli hosilalar hamda gaz
holatidagi oksidlar,
aldegidlar, ketonlar, spirtlar, uglevodorodlar, aminlar,
piridinlar kiradi.
Sanoat chiqindi gazlari tarkibidagi zararli birkmalar odam, o‘simlik hamda
hayvonlar uchun zararligidan tashqari, bu chiqindilarning iqtisodiy ziyoni ham bor.
Chunki bu chiqindi gazlar bilan birgalikda to‘planib bo‘lmaydigan holatdagi
ko‘p foydali birkmalar organik erituvchilar, metallar, oltingugurt oksidlari havoga
chiqarib yuboriladi. Masalan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda havoga chiqarib
yuborilayotgan oltingugurt miqdori shu mamlakatda sulfat kislota ishlab chiqarish
uchun zarur bo‘lgan oltingugurt miqdoridan ko‘p.
Bundan tashqari, havo tarkibida turli kimyoviy moddalar bo‘lganda metallar
tez zanglaydi masalan, sanoat rayonlarida po‘lat qishloq yerlariga qaraganda 3-4
marta tez zanglaydi.
Atmosfera havosini sanoatning zararli chiqindilaridan
muhofaza qilishning
muhim choralari, yangi ishlab chiqarish jarayonlarini ratsional tashkil etish hamda
mavjudlarini takomillashtirish yo‘li bilan zararli birikmalar bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymayslik yoki alohida jarayonlarda siklik sxemalarni qo‘llash hamda xom
ashyo va chiqindilardan kompleks foydalnib, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil
etishdan iborat. Masalan, rangli metallurgiya zavodlaridan havoga chiqarib
yuboriladigan SO
2
sulfat
kislota olish uchun ishlatilsa, havo ifloslanishdan
muhofaza qilingan bo‘ladi va shu bilan birga ishlab chiqarilyotgan sulfat
160
kislotaning tannarxi kimyoviy zavodlarda boshqa usullar bilan ishlab
chiqariladigan sulfat kislotaga nisbatan 30% ga kamayadi.
Atmosferaga gaz chiqarmay ishlaydigan siklik jarayonga misol: ammiakning
sintezidir. Texnika va texnologiyaning hozirgi holatida zaharli birikmalarni havoga
sira chiqarmaslik imkoniyatlari deyarli yo‘q. Shuning uchun ham havoni bunday
birikmalardan muhofaza
qilishning eng oson imkoniyati, turli gaz tozalovchi
inshootlardan foydalanishdan iborat. Bunday inshootlarning asosiy vazifasi
chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli birkmalar konsentratsiyasini sanitariya
me‘yorlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyagacha
kamaytirishdir.
Bu ishni gaz tozalagichlar yordamida bajarishning iloji yo‘q,
u holda
chiqindi gazlar tarkibidagi zararli birkmalar konsentratsiyasini ko‘p marta
suyultirish yo‘li bilan bir necha barobar kamaytiriladi yoki juda baland gaz
trubalari orqali atmosferaning yuqori qavatlariga chiqarib yuboriladi.
Chiqindi gaz tarkibidagi zararli birikmalarning tavsifiga qarab, ularni
tozalash usullari uch turga bo‘linadi:
suyuqliklar
yordamida absorbsiyalash;
qattiq yutuvchlar yordamida adsorbsiyalash;
katalitik tozalash;
Suyuqliklar
yordamida
absorsiyalash
zararli
birikmalarning
turli
erituvchilarda tanlab erish xossasiga asoslangan bolib, hozirda u eng keng
tarqalgan hamda eng ishonchli usuldir.
Bu usul sanoat miqyosida chiqindi gazlardan uglerod oksidlari, azot
oksidlari, xlor, oltingugurt (II) oksid, vodorod sulfid
va boshqa oltingugurtli
birikmalar, kislota bug‘lari, sianli birikmalar va turli zaharli birikmalar (fenol,
formaldegid, ftor angidrid)ni tutib qolish uchun keng qo‘llanilmoqda.
Adsorbsion tozalash usuli uzluksiz siklik jarayondan iboratdir, chunki bu
uslda qo‘llanilayotgan suyuyqliklar ma‘lum vaqtdan so‘ng regeneratsiya qilinib
yana qaytadan tozalash uchun qo‘llaniladi. Sanoatda absorbsion reaktorlar sifatida
to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan minoralar, tarelkali yoki polkali reaktorlar ko‘proq
161
qo‘llaniladi. Bu usulning o‘ziga xos xususiyati uning uzluksizligi nisbatan kam
xarajat
sarflanib, ko‘p zararli birikmalarni ushlab qolishi hamda tozalovchi
suyuqliklarning
oson
regeneratsiya
qilinishidir.
Uning
kamchiligi
esa,
qo‘llaniladigan jihozlarning ko‘pligi va qo‘polligi, texnologik jarayonlarning
murakkabligi va ko‘p bosqichligidir.
Dostları ilə paylaş: