162
katta mablag‘ talab etadi. Tozalash darajasi qancha yuqori bo‘lsa, usullarda
qo‘llaniladigan jihozlar ham shunchalik ko‘p va murakkab bo‘ladi.
Masalan, nitrat kislota ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan azot oksidlarining
miqdorini suvli adsorbsion 0,25 dan 0,05 % ga tushurish uchun yoki adsorbsiyani
99,5 % ga oshirish uchun qo‘llanilayotgan absorberlarning balandligini ikki marta
oshirish kerak. NO ning havoda bo‘lishi mumkin bo‘ladigan konsentratsiya esa,
0,1
3
m
g
, shuning uchun bu konsentratsiyaga tushurish uchun iloji boricha samarali
usullardan
foydalanish, ya‘ni azot oksidlarining konsentratsiyasini 0,0001 % ga
tushuradigan katalitik usulni qo‘llash mumkin. Bu 0,001 hajm sanitariya
me‘yorlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyadir. Lekin,
katalitik tozalash usulining qo‘llanilishi ishlab chiqarilayotgan HNO
3
ning
tannarxini 10-12% ga oshiradi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan
usullar hamda ularning
texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini taqqoslash uchun gaz aralashmasidan H
2
S ajratib
olish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Shu zaharli H
2
S ni ajratib olish uchun absorbsion,
adsorbsion va katalitik usullarni qo‘llab ko‘ramiz. Absorbsion usulda tozalovchilar
sifatida etanolamin eritmalari, mishyakning sodali eritmasi,
ishqoriy metallarning
karbonatlari, ammiak, kalsiy gidroksid suspenziyasi va shunga o‘xshash reagentlar
qo‘llaniladi. Barcha reagentlarni qo‘llaganda ham H
2
S shu eritmaga o‘tib qoladi.
Hosil bo‘lgan shimuvchi eritma suv havzalarini zaharlamasligi uchun bu eritma
regeneratsiya qilinadi. Barcha absorbsion tozalovchi minoralar past haroratda yoki
yuqori bosim ostida ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: