D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


“Avesto”da tabiatni muhofaza qilish haqidagi qarashlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

“Avesto”da tabiatni muhofaza qilish haqidagi qarashlar 
Farzandlarimizga 
ekologik 
ta‘lim-tarbiya 
berishda 
ajdodlarimiz 
meroslaridan foydalanish, qadriyatlarimizning ardoqlanishi bilan birga tarbiyaning 
samarali o‘tishiga yordam beradi. Tabiatni e‘zozlash va atrof-muhitni muhofaza 
qilish haqidagi dastlabki ta‘limotlar Sharqda, Markaziy Osiyoda, O‘zbekistonda 
vujudga kelgan bo‘lib, mutafakkirlarning asarlari orqali bizgacha yetib kelgan..
Tabiatni e‘zozlash ona Zaminni qadrlash atrof-muhitni muhofaza etish 
zarurligi 
haqidagi 
dunyoning 
eng 
qadimiy 
nodir 
manbalaridan 
biri, 
zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi hisoblangan Avestodir.
U bobokalonlarimiz buyuk davlat asoschilari bo‘lganliklaridan, buyuk 
madaniyat va ma‘naviyat sohibi ekanligidan guvohlik beruvchi hujjatdir, Avesto 
diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari Sharqda turonzaminda yaralgani, sayqal 
topganligidan bu qadimiy va tabarruk tuproqda eramizgacha dehqonchilik, 
hunarmandchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik madaniyati yuksak bo‘lgan.
Avestoda shunday ajoyib so‘zlar, ezgu fikrlar, hikmatlar, ta‘limotlar 
mavjudki ular millati, irqi, tili, dini, mazhabidan qat‘iy nazar jahondagi barcha 
mamlakatlar xalqlari manfaatalariga katta foyda keltiradi. Bunga misol qilib 
tabiatni e‘zozlash haqidagi Avesto ta‘limotining eslab o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Ona zaminni ulug‘lash, suvni hayot manbai deb qadrlash, Quyosh, olov va 
havoni e‘zozlash, bular Avestodagi markaziy masalalardan bo‘lib hisoblanadi. Bu 
to‘rt javohirning yer, suv, havo va olovning e‘zozlanishi ilohiylashtiriladi. 
―Ekologiya qonunlarida to‘rt narsa Yer, Olov, Suv va Havo shunday 
e‘zozlanganki, havoni bulg‘ash, ifloslantirish, hayvonlar o‘ligi u yoqda tursin 
odamlar jasadini ham yerga ko‘mish, suvga oqizish, olovda yoqish gunohi azim 
hisoblangan. O‘likga faqat belgilangan odamlargina yaqinlashganlar alohida o‘lik 
yuvadiganlar bo‘lgan iloji boricha mayitni o‘lgan kunning o‘zida maxsus joyga 
olib borishga ruxsat etilgan.


197 
Mayit alohida ajratilgan dahma minoralarga, qadim-qadim zamonlarda esa 
ochiq tog‘ yonbag‘rilariga, cho‘l toshloq joylariga qo‘yilib, qush qumursqalar, 
yovvoyi hayvonlarga yemish qilingan. Bundan maqsad o‘lik yerni ifloslamasligi
suvni bulg‘amasligi, o‘tlarni zaharlamasligi kerak, jasadning eti tozalangach 
suyaklari to‘planib loydan yasalgan va xumdonlarda pishirilgan maxsus tobut 
ostadonlarga solib ko‘milgan. Odatda murda qushlar parvozga shaylanguncha, 
giyohlar bo‘y cho‘zguncha va bahoriy nasimlar yer yuzini quritguncha bir tun yo 
uch kecha, yoxud bir oy yerda saqlanmog‘i lozim. 
Zardo‘shtiylik ta‘limotiga ko‘ra yerni, suvni, olov va havoni ifloslantirgan 
odam gunohkor jinoyatchi hisoblanib, 400 darra urilgan.
Avestoda yerni zaminni yigit kishi qizni sevganidek sevib ardoqlashi kerak, 
degan o‘gitlar mavjud. Uqtirilishicha dehqonchilik bilan shug‘ullanish o‘n ming 
marta toat ibodat qilishdan a‘lodir. Kimda kim yerga urug‘ qadabdi, demak u 
odamiylikka iymon keltiribdi.Tabiatning go‘zallashuvi inson mehnatiga, aql idroki 
va tafakkuriga bog‘liqligi Avestoda takror va takror tilga olingan.
Mehnat qilib boylik yaratgan, o‘zi va oila a‘zolarining farvonligini 
ta‘minlagan, aholining to‘q, Vatanni obod bo‘lishida hissa qo‘shgan kishi asarda 
ko‘rsatilishicha taqvodorlik urug‘ini ekkan, ezgu ishlarni amalga oshirgan Axuram 
azda uchun esa eng sevimli pokdomon himmat hisoblangan. 
Tabiatga zug‘um o‘tkazish jonli narsalarni, bejon o‘t- o‘lanlarni oyoqosti 
qilish o‘simliklarni qiyratish, mevali darxtlarni qirqish, hayvonlaru qurt 
qumursqalarni o‘ldirish zardo‘shtiylik ta‘limotida odamiylik va odoblilikga zid 
milliy urf-odatlarga xilof harakat sifatida qoralangan. Barcha uy hayvonlari, 
jumladan itlarga azob bermaslik tavsiya etilgan. 
Kimda-kim xonaki yo daydi itni yoxud ov itini urib, o‘ldirsa uning o‘limga 
mahkum etilishi Zardo‘shtiylikda ochiq-oydin aytilgan. Avestoda har bir inson o‘zi 
o‘sib ulg‘aygan zaminni obod va go‘zal maskanga aylantirishga burchli ekanligi 
alohida ta‘kidlangan. Yerning nopok bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uqtirilgan. Ona 
zaminni ehtiromla e‘zozlamagan kishilar gunohkor hisoblangan qonun bo‘yicha 
jazolangan. Tabiat boyliklaridan ko‘r-ko‘rona emas, balki odob-axloq bilan milliy 


198 
urf-odatlarga asoslanib oqilona, adolatli ravishda tejamkorlik yo‘li bilan 
foydalanish hayot manbai tiriklik asosi bo‘lgan suv, havo, Quyosh, olov va yerni 
muqaddas deb bilish atrof- muhitni muhofaza qilish zarur va muhimligi xususida 
bundan qariyb uch ming yil oldin Avestoda bayon etilgan. 
Avesto nihoyatda nodir kitob, hikmatlar xazinasidir. Dunyoning eng 
qadimgi dinlaridan biri zardo‘shtiylikning bu muqaddas kitobi nainki Mashriqu 
Mag‘ribdagi xalqlar, balki bashariyat uchun ham bebaho ma‘naviy boylikdir. 
Eng mo‘tabar, eng nodir qadimgi qo‘lyozmamiz Avestoni shoir Asqar 
Mahkam tarjima qilib San‘at va Guliston asarlarida chop ettirib juda katta savobga 
qo‘ldi. U jurnallarida Avestoni ozmi-ko‘pmi o‘rganish, tarjima qilish jarayonida 
quyidagi xulosaga kelganligini shunday ifodalaydi, avvalo u dunyoning hamma 
tillariga tarjima qilinishi va hamma maktab va oily o‘quv yurtlariga kiritilishi 
lozim. Sababi Avesto koinot va zamin hodisalari paydo bo‘lgan davrning kitobi. 
Avesto faqat odamnigina emas, balki bir hovuch tuproq, bir qultum suv, bir 
nafaslik havoning ham ilohiyligi haqidagi kitobdir. Avesto sizni agar nasroniy 
bo‘lsangiz haqiqiy musulmon qilib tarbiyalaydi. Agar, umuman dahriy bo‘lsangiz 
―Allohdan o‘zga iloh yo‘q‖ deyishga majbur qiladi. Ko‘r bo‘lsangiz ko‘zingiz, kar 
bo‘lsangiz qulog‘ingiz ochiladi, hayotning nima ekanini teranroq anglaysiz. 
Dunyoda biror bir ta‘limot yo biror bir g‘oya yo biron bir aqlli zot zaminni 
yo undan unguvchi bug‘doy ya‘ni nonni Avestochalik qadrlagan emas. Tabiatga 
mehr-muhabbat tevarak-atrofni suvni, havoni, tuproqni, hayvonotu nabototni asrab 
avaylash islom ta‘limotining eng asosiy jihatlaridan biridir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin