D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


O’rta Osiyo mamlakatlari xalqlarining tabiatga munosabati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

O’rta Osiyo mamlakatlari xalqlarining tabiatga munosabati 
Sharq mamlakatlarida faqat ―Avesto‖ emas balki boshqa ta‘limotlar ham 
borki, ularda tabiatni e‘zozlash ―Avesto‖ dagidek yuqori o‘rinda turgan. Tabiat 
muhofazasi tarbviyasiga oid shuningdek, atrofimizni o‘rab turgan tabiiy muhitni, 
hayvonot olamini, suv va havoni himoya qilish bo‘yicha Qur‘oni Karimning 
ko‘plab oyatlari va Payg‘ambarimizning Hadisi Shariflari mavjud. 
Qur‘oni Karimning ko‘pgina oyatlarida musulmonlarga Alloh taoloning 
hayvonot olamini nima uchun yaratganligi undan maqsadi ularga qanday 


199 
munosabatda bo‘lish zarurligi mufassal tushuntirib berilgan. Hayvonot olamini 
avaylab-asrash, nobud qilmaslik hayvonlarni boqish, sug‘orish, parvarishlash har 
bir musulmonning vazifasi ekanligi kalimai sharifda tushuntirilgan. 
Bu ilohiy kitobda inson hayvonot dunyosidan qanday foyda olishi 
mumkinligi, hayvonlarni qanday qilib tarbiya qilish kerakligi ham tushuntirib 
berilgan. Islom ta‘limotida hayvonot olamiga bo‘lgani kabi o‘simlik olamiga ham 
katta e‘tibor berilgan. Qur‘on oyatlaridan birida o‘simlik olami bandalar uchun 
rizqdir ulardan esa o‘z rizqlarini asrab- avaylash talab etiladi, deb ko‘rsatilgan. 
Tabiiy ne‘matlarni tejab-tergash ularni asrash bilan birga isrof qilmaslik 
bo‘ladi. Islomning muqaddas manbalarida alohida ta‘kidlanishicha qaysi bir 
musulmon odam ko‘chat eksayu undan birov yesa ekuvchiga ham sadaqa bo‘ladi, 
o‘g‘irlansa ham sadaqa bo‘ladi. 
Hadisi sharifda ―Ekmak niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda 
bexosdan qiyomat qoyim bo‘lib qolishi aniq bo‘lganda ham ulgursangiz uni ekib 
qo‘yavering‖. ―Kimki daraxt eksa va uni muhofaza qilishga sabr qilsa u odamga 
mevasidan bitgan har bir foyda uchun olloh huzuriga ajr savoblar bo‘lg‘ay,‖ deb 
uqtirilgan. 
Islom dinida ba‘zi turdagi hayvonlarni ov qilish, daraxtlarni kesish, 
o‘simliklarni nobud qilish qat‘iy man qilingan. Qur‘oni Karimda suv ko‘p tilga 
olinadi. Suv inson jismining asosiy unsuri ekanligi ta‘kidlanadi. Suvni isrof 
qilmaslik haqida uning suralarida qimmatli yo‘l-yo‘riqlar berilgan. 
Insonning bu dunyoda ko‘zi ochiqligida, ezguligi ham yamonligi ham 
javobsiz qolmaydi. Payg‘ambarimiz aytganlaridek ―Banda vafot etib qabrga 
kirgandan so‘ng yetti narsa unga ajr borib turadi: ilm o‘rgatgan bo‘lsa, ariq 
o‘tkazgan bo‘lsa, quduq qazigan bo‘lsa, xurmo ekgan bo‘lsa, masjid qurgan bo‘lsa, 
Qur‘on meros qoldirgan bo‘lsa, yoki o‘lganidan keyin unga istig‘vof aytib 
turadigan farzand qoldirgan bo‘lsa‖.
Tabiatni e‘zozlash, atrof-muhitni muhofaza etish zarur va lozimligi haqidagi 
dolzarb masalalar Sharq mutafakkirlari ta‘limotida o‘zining ilmiy-falsafiy, 
huquqiy, badiiy ifodasini topgan. Tabiatni ardoqlash insonning burchi ekanligi 


200 
haqidagi zardo‘shtiylik va islom dinlari ta‘limotlari Turkistondan yetishib chiqgan 
buyuk olimu fuzalolarning tabiiy-ilmiy va falsafiy ta‘limotlarida o‘z ifodasini 
topganligi e‘tiborga sazovordir. 
Abu Ali ibn Sinoning fikricha Alloh taolo tomonidan yaratilgan va 
harakatga keltirilgan butun borliq, dunyo keyinchalik tabiat quonuniga binoan 
rivojlanadi, uning ta‘limotiga ko‘ra to‘rt unsur yer, suv, havo, olov dunyodagi 
jamiki jonli mavjudotlarning, jumladan odam tanasining asosidir. 
Alloma ―Tib qonunlari‖ kitobida to‘rt javohirotning har biriga alohida 
to‘xtalib ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib o‘tgan. Yer haqida u shunday 
deydi Yer moddiy bo‘lib uning tabiiy o‘rni hamma jismlarning o‘rtasidadir. U o‘z 
tabiati bilan o‘sha o‘rinda turadi. Agar o‘z o‘rnidan ajralsa yana o‘shanga tomon 
harakat qiladi. Bu yerning mutlaq og‘irligidir. 
Yerning tabiati quruq va sovuqdir, ya‘ni uning tabiati shundayki o‘z holiga 
qo‘yilsa chetdan biror sabab uni o‘zgartimasa uning tabiatidan sovuqlik va 
quruqlik paydo bo‘ladi. Yerning olamda mavjudligi tutishga va barqarorlikga shakl 
va tuzilishning saqlanishiga yordam beradi. 
―Tib qonunlari‖da belgilab berilganidek havo oddiy bir jismdir. Tabiiy o‘rni 
suvning usti olovning tagidadir. Shunday bo‘lishiga sabab nisbiy yengilligidir. 
Uning tabiati issiq va ho‘ldir. Havoning olamda mavjudligi bor narsalarning 
siyraklashishi va ko‘tarilishi uchundir. 
Alloh taolo Odamni to‘rt unsurdan yaratdi va inson yaratilgan bu to‘rt 
unsurning birinchisi tuproq, ikkinchisi suv, uchinchisi otash va to‘rtinchisi 
shamoldir degan fikr 1248-yilda Xurosonning Nishonpur shahrida tavallud topib 
1339-yilda shu zaminda vafot etgan Xoja Bektoshi Valiy asarlarida ham aytilgan. 
Xoja Bektoshi tasavvuf olamida to‘la tan olingan olim, adib, mutafakkir kashfu-
karomat sohibidir. Uning nomini mashhur qilgan asarlaridan biri o‘n bir bo‘limdan 
iborat bo‘lgan maqolot kitobidir. 
―Ko‘k va yer orasida, deydi Xoja Bektosh ko‘p narsalar bordir. Ammo 
insondan ulug‘i va sharaflisi yo‘qdir‖. Xoja Bektosh al-Xurosoniy inson jismu 
jonining muhim unsurlaridan biri suv haqida fikr yuritib uni pok va poklovchi deb 


201 
ta‘riflaydi. ―Suv pok va tozadir. Toza suv qaysi bir idishga kirsa ul idish suv 
yang‘lig‘tozalanur, rangi ma‘lum bo‘lur va iflosliklardan poklanur‖. 
Uzoq asrlar davomida Turkistonda tabiatni e‘zozlash, yerni, suvni, havoni, 
olovni qadrlash haqidagi qarashlar va ta‘limotlar rivojlanishdan also to‘xtagan 
emas. Aksincha asrlardan-asrlarga, ajdodlardan-avlodlarga o‘tgan sari tobora 
rivojlanib bormoqda. Tabiat e‘zozi haqidagi masala ijtimoiy taraqqiyotining har bir 
tarixiy bosqichi uchun bosh mavzu, asosiy muammo bo‘lib kelgan va bundan 
keyin ham shunday bo‘lib qolaveradi. Tabiatga oqilona munosabatda bo‘lishning 
yuksak namunasini sohibqiron Amir Temur bobomizning ilmiy-amaliy faoliyatida 
aniq, ravshan ko‘rish mumkin. Bu masalani u davlat siyosati darajasigacha 
ko‘targan. Yurtni obod qilishni, har bir shahar va qishloqni ko‘kalamzorlashtirishni 
Amir Temur o‘zi uchun asosiy maqsad deb bilgan. Buning uchun u hech narsani 
na vaqtni, na mehnat va mablag‘ni ayagan. 
Amir Temur Vatan obodligi va mustahkamligi xalqning to‘q va faravonligi, 
tinchligi va osudaligi fuqarolarning sihat-salomatligi, tinchligi va osudaligi, 
ma‘naviy, ruhiy, jismoniy sog‘lom va baquvvatligi tabiatning musaffoligiga, uning 
boyliklari serobligiga, ona Zaminga qanchalik ehtiromla munosabatda bo‘lishga, 
davlat siyosatiga qarab belgilangan deb tushuniladi. Ana shu inson manfaatlarini 
ko‘zlagan qonun-qoidalar va qadriyatlarga, o‘tmish mutafakkirlarining yo‘l-
yo‘riqlariga, jahon xalqlari va mamalakatlari tajribalariga asoslanib siyosat 
yurgizgan, ijro etish uchun zaruriy bo‘lgan yo‘llanmalar yaratgan, asarlar, tuzuklar 
bitgan. 
Amir Temur o‘zining peshona teri, qadoqli qo‘li, aql idroki va tafakkuri 
bilan saxiy zamindan mo‘l-ko‘l hosil yetishtirib mamlakatni bug‘doy, sabzavot, 
meva, go‘sht yog‘, sut, jun bilan ta‘minlagan. Aholidan mol xiroj olish, ularni og‘ir 
ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikga tushib qolishdan saqlab turgan. 
Yoki aholi qiynalsa davlat xazinasi kambag‘allashishini yaxsi tushungan. Xazina 
kambag‘allashsa, askar tarqalib ketishiga bu esa saltanatning kuchsizlanishiga 
sabab bo‘lishini uqtirgan. 


202 
Bu haqda Amir Temur shunday deydi: ―Har shahar va har yerdan olinadigan 
jon solig‘i, kasb hunardan hamda o‘tloq va suvloqdan olinadigan soliqni 
to‘plashda qadimdan kelgan tartib qoidaga amal qilsinglar. Bordiyu raiyat bunga 
rozi bo‘lmasa bori- bo‘lgunicha ish tutsinlar. Amr qildimki hosil pishib 
yetilmasdan burun raiyat moli jihot uchun olinmasin. Hosil yetilgach hosilni uch 
bo‘lib olsinlar. Agar raiyat soliq to‘plovchi yubormasdan soliqni o‘zi keltirib bersa 
u holda soliq to‘plovchi yubormasinlar‖. 
Amir Temur mamlakat obodonchiligiga birinchi darajada ahamiyat bergan. 
Kimda-kim xarob bo‘lib, egasiz bo‘lib yotgan yerlarga e‘tibor berib, parvarish 
qilib, suv chiqarib, bog‘-rog‘ qilsa katta imtiyozlarga ega bo‘lgan. 
―Temur tuzuklaridagi‖ mana bu so‘zlarga e‘tibor qilaylik, ―Yana amr 
etdimki, kimki biron sahroni obod qilsa yoki koprik qursa yo biron bir bog‘ 
ko‘kartisa, yoxud biron bir xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa birinchi yili undan 
hech nima olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‘z roziligi bilan berganini olsinlar. 
Uchunchi yili qonun qoidasiga muvofiq xiroj yig‘ilsin‖. 
Yerni qarovsiz qoldirish mamalakat iqtisodiy taraqqiyotiga o‘zining jiddiy 
salbiy ta‘sirini ko‘rsatadi. Yerga ona zaminga alohida mehr qo‘yib vaqtida ishlov 
berilsa, parvarishlansa u ham insondan marhamatlarini ayamaydi. 
Yer e‘tiborga, insonga muhtoj. Suvsizlikdan qaqrab yotgan yer bora-bora 
xarob bo‘ladi, siynasidagi ziroatlarni insonga rizq- nasiba bo‘ladigan boyliklarni 
ro‘yobga chiqara olmaydi. Amir Temur bobomiz yer ilmini, ona zamin sehrini, 
sir-sinoatlarini o‘nlab yetuk mutaxassislardan ko‘ra chuqurroq tushungan. U yer 
ilmi va amaliyotida donolar donosu hisoblangan Davlat arbobi sifatida u shunday 
ko‘rsatmalar bergan ―Xarob bo‘lib yotgan yerlar egasiz bo‘lsa, xolis kishi
tarafidan obod qilinsin. 
Agar egasi bo‘lsayu obod qilishga qurbi yetmasa unga turli asboblar va 
kerakli narsalar berilsin toki o‘z yerini obod qilib yursin. Yana amr qildimki, xarob 
bo‘lib yotgan yerlarda ko‘priklar qursinlar. Yo‘l ustida har manzilgohga rabotlar 
qurilsin. Yo‘llarga kuzatuvchi va soqchilar qo‘ysinlar. 


203 
Yo‘lovchilar mollarini g‘aflat bosib o‘g‘irlatib qo‘ymaslikning vazifasi ham 
o‘shalarning zimmasida bo‘lsin‖. 
Amir Temur hazratlarining tabiatga, ona zaminga, daryoyu ko‘llarga, tog‘u-
toshlarga, dalayu qirlarga, o‘simliklar va hayvonot dunyosiga mehri, ishqi 
favqulotda kuchli bo‘lgan, yoshlik davrlaridan boshlab yaylovlarda kezishni, 
yaylovma-yaylov, tog‘ma-tog‘, qirma-qir yurib ov qilishni, tabiat go‘zalliklaridan 
cheksiz zavq shavq olishni astoydil sevgan. 
Bu odat uni umrbod tark etmagan. Yam-yashil dalalarda, o‘tloqzorlarda, 
tog‘lar va daryo sohillarida sayr qilib tabiiy-ilmiy bilim va dunyoqarashi kengayib 
chuqurlashib borgan. 
Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome 
masjidi, Go‘ri Amir va Ahmad Yassaviy, Zangi ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi 
Zindadagi memoriy mo‘jizalar, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, 
Bog‘i Baland singari o‘nlab saroy bog‘lar shular jumlasiga kiradi. 
Tarixchi Sharafiddin ali Yazdiyning guvohlik berishicha Amir Temur 
Obodonchilikka yaraydigan biron qarich yerning ham zoye bo‘lishini ravo 
ko‘rmasdi. ―Uning qay bir joydan bir g‘isht olsam o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, 
bir daraxt kestirsam o‘nta ko‘chat ektirdim‖, degan so‘zlari fikrimizning dalilidir. 
Tabiat bilan jamiyatning o‘zaro aloqadorligi bir-biriga ta‘siri masalalari 
Alisher Navoiy asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Inson har doim tabiat bilan 
aloqa va munosabatdadir. Inson o‘zining jismu-joni, qoni va miyasi bilan 
tabiatnikidir. Inson ruhiy va moddiy kuch quvvatini tabiatdan oladi. 
Shuning uchun ham inson zoti borki ona zaminga ta‘zim bajo keltiradi, ana 
shu g‘oya muayyan tarzda Navoiy asralarida o‘zining badiiy ifodasini topgan. 
Hazrat Navoiy asarlarida, xususan Saddi Iskandariyda tabiat shunchaki 
tasvirlanib qolmasdan daryolar, dengiz va ko‘llar, dengiz va okeanlar, suv osti 
boyliklari haqida ham keng ma‘lumotlar berilgan. 
Hazrat Navoiy ta‘birlari bilan aytadigan bo‘lsak, jahon deb atalmish bu 
dumaloq shakldagi Yerning ko‘p qismi suvlar orasiga yashiringan. Quruqlik 
o‘ndan biri ham bo‘lmasa kerak. Bu olamda shunday qatlamlar borki uning oldida 


204 
to‘qqiz qavat osmon hech gap emas. Madomiki bu hisobda kishilar yer yuzining 
o‘ndan bir qismini ham ko‘rmagan bo‘lishlari mumkin. Madomiki, u qatlamlar 
oldida osmon qavatlari hech bo‘lib ko‘rinsa uning qoshida quruqlik hechdan ham 
kam bo‘lsa kerak. 
Alisher Navoiyning tabiatshunoslik ilmi bobida ham mislsiz alloma 
ekanligini dengizlar yer yuzida qanday joylashganini yer kurrasi atrofida suvning 
qaysi xilda ihota qilinganini qoyilmaqom qilib sharhlab hamda okean atrofidagi 
yettita ko‘k dengizni ta‘riflab berganidan ham bilib olsa bo‘ladi. 
Alisher Navoiy asarlarida tabiat tasviri insonni o‘rab turgan tashqi muhit 
qit‘alari, mamlakatlar, davlatlar, xalqlar va elatlar, el uluslar, okeanlar, daryolar, 
dengizlar, soylar, chashmalar, jilg‘alar, anhorlar xususida aytilgan qimmatli fikrlar 
berilgan ma‘lumotlar behad-behisobki ularning hammasi ustida to‘xtab o‘tishning 
iloji yo‘q. Hazrat bobomizning tabiatni, tabiiy qadriyatlarni e‘zozlash haqidagi har 
bir so‘zlari, bayon etgan fikrlari hozirgi avlodga sayyoramizdagi turli millat, xalq 
va elatlarga mansub bo‘lgan insoniyatga qaratilgan ulkan nasihatnomadir. 
―Tabiatni seving, e‘zozlang, unga ta‘zim qiling ,chunki sizning hayotingiz, 
borlig‘ingiz u bilan bevosita bog‘liqdir‖, degan Navoiy bobomiz o‘gitlarini millati, 
irqi, yoshi, jinsi, turar joyi, mamalakati va mansabidan qat‘i nazar har bir inson o‘z 
diliga chuqur joylab, shunga amal qilib yashashi kerak. 
Navoiy asarlarida inson mavjudligining tabiiy asoslaridan bo‘lgan ona 
Yerimizning qadr-qimmati va odamzot taqdirida tutgan beqiyos o‘rni ko‘p va o‘z 
o‘rnida tilga olingan. 
Temuriy shahzodalar ham Amir Temur yo‘lini davom ettirib yurtni obod va 
ko‘rkam qilishga jiddiy e‘tibor berganlar. Tabiatga o‘zgacha mehr va e‘tibor bilan 
qarash Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad 
Bobur va boshqa ulug‘ zotlar amaliy faoliyatlarida, davlat siyosatida ustuvorlik 
qilgan. 
Shohlik, sultonlik qilgan yerlarida esa ariqlar, kanallar, anhorlar quduqlar va 
hovuzlar qazdirib, sardobalar qurdirib el-yurtni suvga serob, xonavayron joylarni 
esa obod va go‘zal shahar va qishloqlarni so‘lim bog‘lar bilan chiroyli, aholini 


205 
to‘q-farovon etmagan bironta temuriy shahzoda bo‘lgan emas, deyilsa mubolag‘a 
bo‘lmaydi. 
Samarqand, Toshkent, Buxoro, Shahrisabz, Xiva, Urganch, Nasaf, 
Turkiston, Hirot, G‘ijduvon, G‘uzor, Qo‘qon, xullasi kalom Xurosonu 
Movarounnahrdagi, Turonu Turkistondagi qadimiy shaharlar, ovullar, qishloqlar 
odam ko‘rsa havas qiladigan go‘shaga, jannatmakon maskanga, ko‘rgan kishilarni 
hayronu lol qiladigan, obodligi, so‘limligi, tozaligi, mol-dunyoga mo‘lligi, 
bozorlari o‘ta darajada fayzli ekanligi, orasta, narx-navoning arzonligi bilan ro‘yi 
zaminning sayqali degan ta‘rifu tavsifga sazovor bo‘lganligi Amir Temur va 
temuriyzodalar faoliyat ko‘rsatgan tarixiy sharoitda erishilgan buyuk yutuqlardir. 
Tabiatni e‘zozlashning zaminni ulug‘lashning o‘tmish davrlardan moziydan 
boshlanib ajdodlardan-avlodlarga, asrlardan-asrlarga o‘tib, boyib to hozirgacha 
davom etib kelayotgan sharqona, o‘zbekona milliy udumlar va an‘analar milliy va 
madaniy qadriyatlar son-sanoqsiz. Ana shu an‘analarni davom ettirish va uni 
kelajak avlodlarga to‘laroq qilib yetkazish bizning ona Zaminda yashayotgan har 
bir kishining vazifasidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin