Glossariy (izohli lug’at) Avtotrof – organizmlarning fotosintez yoki xemosintez yo‘llari bilan havo
va tuproqdagi anorganik moddalardan foydalanib oziqlanishi.
Antropogen ta’sir – insonning xo‘jalik faoliyati natijasida tabiat va uning
resurslariga ko‘rsatadigan ta‘siri.
Autekologiya – ekologiyaning ayrimturlarning tashqi muhit sharoitiga
moslashishini o‘rganadigan bo‘limi.
Biogen moddalar – tirik organizmlarning yashashi uchun zarur bo‘lgan va
ularning hayoti faoliyati natijasida sintezlanadigan moddalar.
Biogeosenoz – 1. Yer yuzasi hududidagi bir xil tabiat elementlarining
yig‘indisi. 2. Muayyan tuproq sharoitida o‘simliklar, hayvonlar va zamburug‘lar
hamda ayrim sodda hayvonlardan tashkil topgan mikroorganizmlarning birgalikda
yashsashi.
Biologik mahsuldarlik – Ekotizimlarning hayot faoliyati natijasi
hisoblanib, ma‘lum vaqt oralig‘ida Ekotizimdagi organizmlar tomonidan
to‘plangan organik moddalar.
Biologik xilma-xillik – turlarning xilma-xilligi, genetik xilma-xillik,
Ekotizimlar xilma-xilligi.
Biomassa – tirik organizmalarning ma‘lum maydon birligiga to‘g‘ri
keluvchi og‘irlik yoki energiya birliklarida ifodalangan umumiy vazni.
Biosfera – hozirgi davrda yashab, faollik ko‘rsatib turgan organizmlar
tarqalgan qobiq.
Biota – flora (o‘simlik turlari) va fauna (hauvon turlari) ning yig‘indisi.
Biotop – nisbatan bir xil abiotik muhit bilan tavsiflanuvchi biosenoz
egallagan maydon.
Biotik aloqalar – biosenozdagi organizmlarning turli shakllardagi o‘zaro
munosabatlari.
Geterotrof – tayyor organik moddalar hisobiga hayot kechiruvchi
organizmlar, ularga barcha hayvonlar, tekinxo‘r o‘simlik turlari, zamburug‘lar
hamda ko‘pchilik mikroorganizmalr kiradi.