214
Navoiy viloyatida umumiy ekologik holat qanday?
Navoiy viloyati O‘zbekiston Respublikasining eng yirik hududlaridan
(Respublika hududining 25% i) biri hisoblanadi. Navoiy viloyatida Respublika
yaylovlarining 42% i joylashgan.Viloyatning o‘ziga xosligi, aholi zichligining
kamligi (har bir kvadrat kilometrga 7,3 kishi to‘g‘ri keladi) va aholining 40% idan
ko‘prog‘i shaharda yashashidir. Viloyatdagi ekologik holatni quyidagi ko‘rinishda
belgilaymiz:
Viloyatimiz bo‘yicha ekologik vaziyatning keskinlik darajasi
o‘rtacha,Qiziltepa tumanida esa keskin;
Navoiy shahar va uning atrofi atmosfera havosining ifloslanish
darajasi umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha xavfli, ya‘ni ko‘rsatkich 10-
15 oralig‘ida;
O‘zbekiston Respublikasi yerlarining pestidsidlar bilan ifloslanish
darajasini umumiy olganda 4 ga bo‘linadi viloyatimizda bu
ko‘rsatkich yomon ya‘ni 3 xavfli darajada;
Zarafshon daryosi suvining ifloslanish darajasi me‘yoridan ancha
ortiq ifloslanish indeksi (SII) 35 ga teng. Suvning tarkibidagi
ionlarning umumiy miqdori 2484 mg/l ga teng;
Yerlarning erroziyaga moyillik darajasi o‘rtacha;
Hududimizda ekologik vaziyatning og‘irlashuvidan vujudga kelgan va
hozirgi vaqtda keng tarqalgan kasalliklarga quyidagilar kiradi, yurak-
qon tomirlari kasalliklari, nafas olish a‘zolari xastaliklari, o‘tkir ichak
kasalliklari, sariq kasalligi, jigar, buyrak xastaliklari, nonormal
tug‘ilishlar va boshqalar;
Xalqaro va Respublikamiz ―Qizil kitobi‖ ga kiritilgan, ya‘ni
viloyatimizda yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar quyidagilar:
katta amudaryo kurakburuni, oq laylak, itolg‘i, to‘xta tuvaloq, qiron
qora, burgut, olako‘zan, qizilqum qo‘yi, jayron, dala mushugi, kulrang
echkilar va h.k.;
215
Umumiy ko‘rsatkichlarga tayanib xulosa chiqaradigan bo‘lsak viloyatimiz
ekologik vaziyati og‘ir va keskin holatdadir. Atmosfera havosini ifloslashda
viloyatimizdagi
avtotransport
vositalarining
ham
salmoqli
ulushi
bor.
Avtomobillardan chiqadigan gazlar taxminan 200 ta modda aralashmasidan iborat
bo‘lib, ularning ko‘pchiligi zaharlidir.
Havo okeani, suv havzalari va tuproqning turli zararli moddalar bilan
muntazam ifloslanib borishi natijasida viloyatda yetishtirilayotgan oziq- ovqat,
meva sabzavot va poliz mahsulotlarining sifat tarkibi kun sayin yomonlashib
bormoqda.
Masalan, bundan 50 yil oldin Hazoraning anjiri, Jaloirning bo‘rikalla
qovuni, Zarmetanning qatig‘i, Xatirchining uzumi va Nurotaning go‘shtidan tatib
ko‘rgan kishi ulardan yana bir tatib ko‘rish istagida ashiriqdan yayov kelishga rozi
bo‘lar edi, yoki kasal yotgan bemor ulardan totsa tuzalib ketishi muqarrar desak
hech ham mubolag‘a qilmagan bo‘lar edik.
―Ming afsusuki hozirgi vaqtda yetishtirilayotgan oziq- ovqat, meva sabzavot
va poliz mahsulotlarining tarkibi pestidsidlar qoldiqlari va zaharli kimyoviy
elementlar bilan yuqori darajada ifloslangan. Ularning aksariyati davlat
standartlariga javob bermaydi‖. Havo, tuproq ichimlik suvi va oziq-ovqat
mahsulotlarining ifloslanganligi viloyat aholisi ayniqsa, yosh bolalar orasida
kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda, deyishga to‘la asos bor.
O‘zbekiston hukumati aniq-ravshan ekologik tadbirlar tizimini amalga
oshirishga muhim ahamiyat bermoqda. Bu tizim mamlakatining butun xalq
xo‘jaligini isloh qilishning ajralmas qismi bo‘lib qolishi zarur. O‘zbekiston
hukumati respublika fuqarolarining yashashi uchun sog‘lom shart-sharoitlar
vujudga keltrish, tabiatdan oqilona foydalanishning samaradorligini oshirishni oz‘
siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb qarab, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha
milliy harakatlar rejasini ishlab chiqishni qo‘llab quvvatladi.
Shu yo‘nalishda Navoiy viloyatida ham atrof-muhitni muhofaza qilish
borasida qator foydali tadbirlar rejalashtirildi, bular quyidagilardan iborat:
216
Navoiy viloyati Nurota tumani hududidagi chuchuk yer osti suvlarini
muhofaza qilish maqsadida tumanni alohida muhofaza qilinadigan
hudud deb e‘lon qlish va kichik suv ombori qurilishini yo‘lga qo‘yish;
Qiziltepa, Karmana shaharlari va Xatirchi tumanining markazi
Yangirabot shahri kanalizatsiya tarmoqlarining loyiha smeta
hujjatlarini ishlab chiqish va ularni qurib ishga tushurish;
Navoiy shahri oqava suvlarini tozalash inshootini kengaytirish
ishlarini amalga oshirish;
Nurota shahri oqava suvlarini tozalash inshootini kengaytirish va
kanalizatsiya tarmog‘ini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
Qiziltepa tumani O‘rtacho‘l massividagi zovur suvlarini to‘liq
chiqarish ishlarini amalga oshirish;
Oziq-ovqat mahsulotlari meva-sabzavot va poliz yetishtirishda zaharli
kimyoviy moddalar va azot selitrasinining me‘yoridan ortiqcha
ishlatilishini ta‘qiqlash;
Shahar, tuman markazlari va aholi yashydigan joylardagi mavjud
axlatxonalarni loyiha asosida qayta qurish;
Navoiy va Zarafshon shaharlarida qattiq maishiy chiqindilarni qayta
ishlovchi zavod loyihasining texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish;
Zararkunandalarga
qarshi
viloyatda
mavjud
ishlab
turgan
biolaboratoriya, biofabrikalar ishini rivojlantirish, kengaytirish va
entomologiya xizmatini kuchaytirish;
Navoiy shahriga kirish joylaridagi Davlat Avtomobil Nazorati (DAN)
xodimlarining maskanlari qoshida uchta ekotrans- nazorat punklarini
tashkil qilish;
Navoiy shahrida trolleybus qatnovini yo‘lga qo‘yish;
Navoiy shahar atmosfera havosining ifloslanishini avtomatik
kuzatishni tashkil qilish;
Navoiy shahar sanitar himoya hududiy chegarasini hozirgi mavjud
holatni hisobga olgan holda belgilash;
217
Avtokorxonalarda avtotransport vositalarini gaz yoqilg‘isiga
o‘tkazishni kuchaytirish;
Avtomobillar jihozlarining texnik sozligi va xavfsizligi sinovidan
o‘tkazish, shahodatlash punktini tashkil qilish;
Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati (NTMK) ning Markaziy va
Shimoliy
kon
boshqarmalarida
issiqlik
qozonlarini
mazut
yoqilg‘isidan gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish;
NTMK ning Navoiy Mashinasozlik zavodi quyish sexining gaz-chang
ushlash uskunalarini qayta jihozlash;
―Qizilqumsement‖ ochiq hissadorlik jamiyati sement kuydirish
pechlarida texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishni nazorat
qilish tizimini joriy etish;
―Qizilqumsement‖ ochiq hissadorlik jamiyati sement changini ushlab
qolish uchun mo‘ljallangan elektr filtrdan oldin o‘rnatiladigan
suvsement changini bostirish kompressori (quvvati 19 atm) o‘rnatish;
Navoiy shahar issiqlik elektrostansiyasi bug‘ qozonlarini gozotrubina
uskunasiga almashtirish;
NTMK
5-Kon boshqarmasida hosil
qilinayotgan
radioaktiv
chiqindilarni ko‘mish uchun maxsus joy qurish;
Aydarko‘l, Arnasoy, To‘dako‘l suv havzalarining suv toshish
dambalarini mustahkamlash;
Xatirchi, Nurota, Navbahor tumanlarida va Zarafshon daryosi
sohillarida suv toshqinlarini oldini olish choralarini ko‘rish;
Yer osti suv sathini sug‘oriladigan tumanlarda pasaytirish va yer
sathining hosildorligini yaxshilash;
Atrof muhit ahvoli haqida keng jamoatchilikka ommaviy axborot
vositalari orqali ma‘lumot berib borish;
Uzluksiz ekologik ta‘lim va tarbiya tizimini tashkil etish, uslubiy
qo‘llanmalar va darsliklar ishlab chiqish;
218
Viloyat bojxona xizmatini ozon qatlamini buzuvchi moddalarni
aniqlash bo‘yicha uch dona apparatura bilan ta‘minlash;
Navoiy viloyatida bu tadbirlarni amalga oshirish uchun hamma korxonalar
jamoatchiliklari faol ishtirok etishmoqda, jumladan, o‘quv yurtlari talaba,
o‘quvchilari ishtirokida har oyda hashar va tozalik kunlari o‘tkaziladi. Viloyat
Markaziy O‘rmon xo‘jaligi bosh direktorining aytishicha, viloyatda 2 million 95
ming 614 gektar o‘rmon fondi mavjud va shuning 1 million 230 ming gektari
o‘rmon bilan qoplangan, har yili yangi o‘rmonzorlar barpo etish uchun minglab
gektar yerlarga saksovul urug‘i ekiladi. Birgina 2017-yilda 2415 gektar maydonga
saksovul ekish rejalashtirilga bo‘lib, bu reja 101% bajarilgan, joriy yilda ham
Konimex, Qiziltepa, Nurota, Uchquduq kabi tuman hududlarining 510 gektariga
saksovul urug‘i hamda 610 gertariga saksovul ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan.
Hozirgi kungacha viloyat bo‘yicha 260 gektar yerga urug‘ qadaldi va 295 gektarga
ko‘chat o‘tqazildi. Bunday tadbirlar faqatgina tabiat go‘zalligi, atrof-muhit tozaligi
uchun bo‘lmay, talabalarga ekologik madaniyatni targ‘ib etishda, ekologik
tarbiyani o‘stirishda muhim ahamiyatga ega.
|