208
kilovatt), Xo‘jakent (160 ming kilovatt), Andijon (110 ming kilovatt), Tuyamo‘yin
(150 ming kilovatt) GESlari Respublikamizda eng yirik GESlar hisoblanadi.
Elektr quvvatidan xalq xo‘jaligi tarmoqlarida foydalanish balansida sanoat
va qurilish yetakchi o‘rinni egallaydi. Ular butun energiyaning salkam 60 foizini
iste‘mol qiladi. Qishloq xo‘jaligida ishlatilayotgan elektr energiya 20 foizdan ortiq.
Mamlakatimiz yagona energiya tizimiga ega bo‘lib, u
Markaziy Osiyo
mamlakatlari bilan ham bog‘langan. Bu tizim tashqariga elektr energiyani eksport
qilish imkonini beradi. Zarur hollarda elektr energiya olish ham mumkin bo‘ladi.
Eng muhimi yangi energiya tizimida barcha turdagi elektr stansiyalar o‘zaro
bog‘langan bo‘ladi, issiqlik va suv elektr stansiyalariningmavsum davomida ishlab
turishi tartibga solib boriladi.
Elektr energiya
hosil qilishda AES lar, shamol, to‘lqin, qalqish,
geotermal,quyosh elektr stansiyalarining ham ahamiyati katta. Ammo bizning
mamlakatimizda ularning ahamiyati uncha katta emas. Respublikamiz bitmas-
tuganmas quyosh energiyasiga boy. Undan foydalanishda yirik ilmiy tadqiqotlar
olib borilmoqda. Shulardan eng yirigi Parkent tumanida joylashgan Markaziy
Osiyoda yagona bo‘lgan ―Fizika-Quyosh‖ inshootidir.
Atom energetikasi borasida ham Toshkent shahri yaqinidagi Ulug‘bek
shaharchasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ammo, O‘zbekistonda
yaqin
kelajakda AES lardan foydalanish rejalashtirilmagan. O‘zbekistonda geotermal
(yerning ichki issiqligi) va shamol energiyasidan ham foydalanish imkoniyatlari
katta. Shamol yil bo‘yi ko‘p esadigan Yangiyer, Bekobod, Xovos tumanlarida
shamol energiyasidan foydalanish mumkin va zarur.
Hozirgi kunda mamlakatimizning barcha elektr stansiyalarida 55
milliard
kilovatt energiya ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan energiya manbalari
qanchalik ko‘p bo‘lmasin, u qachonlardir tugashi mumkin. Dunyo miqyosidagi
shartli issiqlik energiyasi manbalaridan foydalanish kishi boshiga bir yilda 2
tonnani tashkil etadi.
Aholining ko‘payib borishi yillar o‘tishi bilan energiya inqirozini keltirib
chiqarishi mumkin. Shuning uchun yangi turdagi ekologik toza energiya
209
manbalarini topish kerak. Respublikamizning tabiiy
iqlim sharoiti Quyosh
energiyasidan qayta foydalanishga imkon beradi. Bunday energiya turlarini
tugamaydigan va abadiy deb hisoblash mumkin. Quyosh nuridan energiya olish
uchun mo‘ljallangan stansiyalar O‘zbekiston, Turkmaniston, Qrim, Qozog‘iston
Respublikalarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur soha olimlarining ma‘lumotlariga qaraganda, Markaziy Osiyo
hududida Quyosh nurining 70+70 kilometr kvadrat maydondan olingan energiya
quvvati, 600 million tonna heft energiyasi quvvati bilan barobar ekan.
Xuddi shunday kilometr kvadratdan Qoraqum cho‘lida 60 dan ziyod uskuna
qurish mumkin. Quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha chet mamlakatlarda
ham qator tadbirlar ishlab chiqilgan, jumladan Yaponiyada ―Quyosh yog‘dusi‖
nomli milliy dastur joriy qilingan. Uning maqsadi o‘zida manbai yo‘q bo‘lgan
neft, gaz va ko‘mirdan foydalanishni minimumga keltirib, o‘rniga Quyosh
energiyasidan foydalanishdir.
Yaponiyada yana vodoroddan energiya olish ustida tadqiqotlar olib
borilmoqda. Agar elektr energiyasidan suvni parchalash uchun foydalanib, hosil
bo‘ladigan vodorodni esa quvurlar orqali iste‘molchiga yetkazib berilsa. Energetik
xarajatlarni kamaytirish mumkin. Vodorod ekologik sof ideal yoqilg‘i va kimyoviy
reagent hisoblanadi. Vodorodning issiqlik hosil qilish xususiyati toshko‘mirnikidan
4 baravar yuqori.Vodorod energatikasining muhim tomoni vodorod hosil qilishda
yadro
reaktorlaridan
foydalanish
imkoniyatining
borligidir.
Quyosh
elektrostansiyalari yordamida barcha xildagi turar joy
va jamoat binolarini elektr
bilan ta‘minlash mumkin.
Bunday inshootlar chet el mamlakatlarida va Markaziy Osiyo shaharlarida
foydalanish uni katta afzallikka ega ekanligini amada isbotladi. Shaharlardagi yirik
jamoat binolari tomida agar geliouskunalar o‘rnatilsa, shu binolarga sarf
bo‘layotgan qancha-qancha energiya tejalishi mumkin. Yana bir tabiiy tuganmas
energiya manbai bu shamol, Respublikamizdagi
iqlim sharoit bunga imkon
berishini yuqorida ham aytib o‘tdik, endi amalda foydalanish kerak.
Dostları ilə paylaş: