D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

 
 
 
 
 
 
 
Zadeni klassifikatsiyasi bo‘yicha shovqinning ta‘sir etish kuchi 4 darajaga 
bo‘linadi: 

I daraja 40-50 dB bo‘lib, organizmga ruhiy o‘zgarishlar paydo qiladi; 

II daraja 60-80 dB bo‘lib, vegetativ asab sistemasida buzilishlar 
paydo bo‘ladi; 

III daraja 90-110 dB. Bunda eshitish buziladi yoki pasayadi. 

IV daraja 120 dB dan yuqori. Bunda eshitish a‘zolari zararlanadi; 
Qizig‘i shundaki, 60 dB atrofidagi shovqin juda kuchli bo‘lmasa-da asabga 
ta‘sir qiladi. Shuni ununmaslik kerakki, odamlar uzoq vaqt turib qoladigan joylarda 
shovqin darajasini 80 dB ga yetishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. 
Chunki bunday shovqin asab sistemasini tormozlaydi va yurak faoliyatini 
izdan chiqaradi. Shovqin nafaqat asab, eshitish organlari, yurak faoliyatiga aks 
ta‘sir ko‘rsatadi, balki oshqozon, ichak kasalliklarini ham keltirib chiqarar ekan. 
Katta shaharlardagi shovqin-suron ba‘zan kishilarni garang qilib qo‘yadi. 
Masalan, Fransiyada har 100000 aholiga 100-120 ta garang to‘g‘ri kelar 
ekan. Shovqinning oldini olish maqsadida shaharlarda sanitariya nazorati 
o‘rnatilgan. 
Shahar sanitariya epidemiologiya stansiyasi xodimlari aholini kundalik 
shovqin ta‘siridan himoya qilishlari va shovqinning oshib ketishini oldini olishlari 
zarur. Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari va kuzatuvlar natijasida shovqinning 
ruxsat etilgan normalarini tuzish imkoniyati paydo bo‘ldi. Endilikda turar joylarda, 
Shovqin 
Avtotransport 
shovqini 
Sanoat korxonalaridan 
chiqadigan shovqin 
Tabiiy shovqin 
Turar joylar shovqini 


213 
ish o‘rinlarida, davolash muassasalarida va aholi ko‘p turib qoladigan joylar uchun 
shovqin normalari ishlab chiqilgan. Bu normalar vaqtga qarab belgilanadi. 
Masalan, turar joylardagi shovqin normasi kunduz kuni ancha yuqori soat 23 
dan keyin esa past bo‘lishi kerak. Hatto soat 23 dan keyin bolaning baland ovozda 
yig‘lashi (80 dB) qo‘shnilarga xalaqit bersa, shikoyat qilishlari mumkin. 
Shovqindan himoyalanish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish 
kerak. Texnik choralar, me‘morchilik va loyihalash ishlari, ma‘muriy choralar, 
tarbiyaviy ishlar. Texnik choralar olib borishda transport vositalaridan chiqadigan 
shovqinlarni kamaytirish maqsadida ularni texnik tomondan takomillashtiriladi. 
Loyihalash ishlarida shaharni qurishda shovqinni kamaytirish uchun nimalarga 
e‘tibor berish kerakligi aniqlanib, loyiha tuziladi. 
Ma‘muriy chora deganda, aholi zich joylarda, davolash muassasalarida, tor 
ko‘chalarda me‘yoridan ortiqcha shovqin chiqarmaslik talab qilinadi. Bu choralarni 
amalga oshirish maxsus idoralar zimmasiga yuklatilgan.
Ma‘muriy choralar uchun maxsus qarorlar va standartlar ishlab chiqilgan. 
Tarbiyaviy choralarni olib borishdan oldin, kishilar jamoatchilik joylarida 
qanday tartiblarga rioya qilish kerakligini bilishlari kerak. Ana shunda jamoat 
joylari, turar joylarda, madaniyat va istirohat bog‘larida kishilar boshqalarga 
xalaqit bermaslikka harakat qilishadi. Demak, yosh avlodda ―o‘zingga ravo 
ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma‖ degan aqidaga amal qilib 
tarbiyalash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek, yoshlarga shovqinning zararli 
ta‘siri haqida ma‘lumot berish kerak.
Shunda ular nafaqat o‘zlari shovqin chiqarmaydi, balki boshqalarni ham 
shovqin chiqarishga qo‘ymaydi, natijada necha ming kishining sog‘ligiga zarar 
yetmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin