D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


VI.5. Atmosferaga chiqadigan chiqindilarni tozalash muammolari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

VI.5. Atmosferaga chiqadigan chiqindilarni tozalash muammolari 
Butun tirik organizmlarni o‘z bag‘riga olgan tabiatda turli zararli moddalar 
haddan tashqari ko‘payib ketmasa, tabiiy jarayonlar ta‘sirida zaharli omllar o‘z-
o‘zidan zararsizlanishi mumkin. Atmosfera havosiga chiqarib tashlangan 
gazsimon, bug‘simon moddalar yoki changlar oz miqdorda bo‘lsa, ular vaqr o‘tishi 
bilan o‘z-o‘zidan havo muhitida kuyib, zararsiz holatga o‘tib qoladi. Atmosfera 
havosining o‘z holicha tozalanish xususiyati juda sekinlik bilan boradi. Atmosfera 
havosining tozalanishida yog‘ingarchilik asosiy o‘rin tutadi. Havo tarkibida 
mavjud bo‘lgan zararli omillarni qor va yomg‘ir suvlari yuvadi. Yog‘ingarchilik 
qanchalik ko‘p bo‘lsa, havo tarkibi shunchalik tozalanadi. Atmosfera havosini 
tozalashda daraxtlar, qolaversa, o‘simliklar olamining ahamiyati katta. Jumladan, 
daraxt barglari chang zarralarini, zararli gazlarni o‘ziga singdirib oladi. 
Havoning iflosliklardan tozalashda suv havzalarining roli ham katta. Sanoat 
korxonalaridan ajralib chiqayotgan zaharli chiqindilar o‘simliklar olamiga asoratli 


153 
ta‘sir ko‘rsatadi. Sanoat korxonalaridan atmosfera havosiga chiqadigan 
chiqindilarni kamaytirish ustida ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Hozirgi kunda atmosfera havosini muhofaza qilish uchun uchta tadbirni 
amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bular texnologik, loyihalash, sanitariya-texnika 
tadbirlaridir. Mazkur tadbirlar amalga oshirilsa, atmosfera havosining ifloslanishini 
ruxsat etiladigan darajada ta‘minlash mumkin bo‘ladi. 
Texnologik tadbirlar. 
Atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik 
tadbirlarning ahamiyati katta. Tekshirish natijalariga qarab, ob‘yektlarga va 
atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar miqdorini kamaytirish yoki mutlaqo 
to‘xtatish mumkin bo‘ladi. 
Buning 
uchun 
sanoat 
korxonalaridagi 
texnologik 
jarayonlar 
takomillashtirilishi zarur. Shunda hatto chiqindisiz yoki kam chiqindili mahsulot 
ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. Bunday jarayon berk jarayon bo‘lib, bunda 
chiqindilardan umuman bo‘lmaydi yoki chiqindilardan boshqa mahsulot ishlab 
chiqariladi. Fan va texnika yutuqlaridan chiqindisiz ishlab chiqarishda foydalanish 
aholi turar joylari havosini toza bo‘lishida katta ahamiyatga ega. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan kam chiqindili hamda chiqindisiz 
sanoat korxonalarini tashkil qilish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilingan. Yana 
bir muhim masala, zaharli moddalarni zahari kam bo‘lgan moddalarga 
almashtirishdir.
Masalan, ko‘mir yoki mazut yoqib isitiladigan qozonlar gaz bialn isitilsa, 
atmosferaga chiqadigan zararli moddalar 70-90% ga kamayib ketadi. Xom 
ashyolar tarkibidagi zararli moddalarni yo‘qotish ham texnologik jihatdan muhim 
hisoblanadi. Texnologik jarayonlar biror daqiqa bo‘lsa ham to‘xtab qolmasligi 
kerak. Agar jarayon to‘xtab qolsa, chiqindilar to‘planib atmosfera havosining 
ifloslanishiga imkon tug‘dirishi mumkin.
Atmosfera havosini mutloq ifloslanishdan xoli qilishning iloji bo‘lmasa 
ham, uni kamaytirish, oldini olish mumkin, bu muhandis va texnik xodimlardan 
hushyorlikni talab qiladi. 


154 
Loyihalashga asoslangan tadbirlar o‘z ichiga bir qancha kompleks holdagi 
masalalarni oladi: 

Shahar hududini zonalarga bo‘lish; 

Tabiiy changlarga qarshi kurashish; 

Sanitariya himoya chegaralarini tashkil qilish; 

Turar joylar loyihalarini takomillashtiish

Turar joylarni ko‘kalamzorlashtirish; 
Loyihalashga asoslangan chora-tadbirlar asosan, chiqindilarni atmosfera 
havosiga tushishining oldini olishga qaratilgan. Sanoat korxonalari shahar 
hududida to‘g‘ri joylashtirilishi, shahar bosh loyihasiga hamda sanitariya 
me‘yorlariga asoslangan holda qurilishi kerak. Sanoat korxonalarini qurish uchun 
yer maydoni ajratilayotganda joining relyefi, uning iqlim sharoiti, tumanlarning 
paydo bo‘lib turish holatlariga ahamiyat beriladi. 
Sanitariya-gigiyena 
tadbirlari 
sanoat 
korxonalari 
va 
avtotransport 
vositalaridan ajralib chiqadigan zararli chiqindilarni tozalash va bu usullarni 
takomillashtirishni o‘z ichiga oladi. Mazkur usulda qurilgan tozalash inshootlari
mazkur sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan zararli omillarni kamaytirish 
yoki butunlay yo‘qotish bilan shug‘ullanadi. Tozalash inshootlari changlarni 
mexanik usulda filtrli apparatlar yordamida, elektrostatik filtrlar va namlaydigan 
apparatlar vositasida ushlab qoladi. 
Sanoat korxonalari chiqindilaridan havoni tozalash uchun absorbsiya va 
adsorbsiya jarayonlarini bajaruvchi asboblar ishlatiladi. Bular skrubberlar, ko‘pik 
hosil qiluvchi apparatlar, barboterlar va boshqa moslamalardir. 
Atmosfera havosini tozalash yo‘lida olib borilayotgan ishlar atmosferaga 
tushayotgan iflosliklarni bir necha million tonnaga kamaytirmoqda.
Bu o‘z navbatida, aholining salomatligini saqlashda ma‘lum darajada ijobiy 
rol o‘ynamoqda. Atmosfera havosining tozaligini ta‘minlash uchun kundalik 
sanitariya nazorati joriy qilingan. Sanoat korxonalarida kundalik sanitariya 
nazoratini amalga oshirish va atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish 
maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: 


155 

Gigiyena jihatdan talabga javob beradigan uskunalar ishlatilishi: 

Texnologik jarayonlar vaqtida quvurlarni mahkam berkitish, ular 
orqali zaharli gazlar chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

Xom ashy ova reaktiv sifatida foydalaniladigan kimyoviy 
moddalardan me‘yorida foydalanish; 

Korxonalarda ishlab chiqarilayotganmahsulotlarni qadoqlash va 
boshqa jarayonlarni avtomatlashtirilishi zarur; 

Texnologik jarayonlarni berk sistemaga o‘tkazish, iloji boricha 
isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik zarur. 

Eng zaruri tozalash inshootlarining samarali ishlashini ta‘minlash 
hisoblanadi; 
Keyingi yillarda kimyoviy moddalarning ko‘p qo‘llanilishi natijasida artof-
muhit, insonlar salomatligi yomonlashdi va bu jarayon davom etmoqda, 
deyishimiz mumkin. Zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash jarayonida ularning 
tashqi muhit ob‘yektlaridagi qoldiq miqdorlarining inson organizmiga bo‘ladigan 
ta‘sirining oldini olish dolzarb masala hisoblanadi.
Bu borada sanitariya muassasalarining olib boradigan sanitariya nazorat 
ishlari kishilar salomatligini kimyoviy zaharli moddalarning qoldiqlari ta‘siridan 
asrashga qaratilgan. Zaharli kimyoviy moddalar qo‘llanganida, ularning qoldiqlari 
atrof muhit ob‘yektlari bo‘lmish, mehnat qilish xonalaridagi havoda, suv 
havzalarida, turar joylarning atmosfera havosida, tuproqda va boshqa ob‘yektlarda 
pestidsidlarning qoldiq miqdorini aniqlash, shu miqdorning kam yoki ko‘pligini 
gigiyenik asosda ishlab chiqilgan me‘yorlari bilan taqqoslash maqsadida gigiyena 
ilmi hayotda qo‘llaniladigan barcha zaharli moddalar uchun ruxsat etiladigan 
miqdorni belgilaydi. 
Gigiyena xodimlari havodagi zaharli moddalarning ruxsat etiladigan 
(mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdor) miqdorini aniqlash borasida bir qator nazariy 
va amaliy tadbirlar ishlab chiqdilar. Bu sanoat korxonalari oldiga iflos chiqindilar 
miqdorini me‘yoridan oshirmaslik vazifasini qo‘yadi. Shu sababli, ko‘pgina 
korxonalarda texnologik jarayonlar o‘zgartirildi, tutun, chang, qurum va zaharli 


156 
gazlarni ushlab qoluvchi vositalar o‘rnatildi. Har bir kimyoviy jarayon uchun 
mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdor ishlab chiqildi va uni amalga oshirish, ishlab 
chiqarishda tadbiq etishga ahamiyat berildi. 
Agar, atmosfera havosining ifloslanish darajasi aniqlansa, unda faqat 
moddaning nomini, miqdorini bilishning o‘zi kifoya qilmaydi, bunda aniqlangan 
miqdor ruxsat etiladigan miqdordan necha foiz ortdi, deb so‘raladi. Atmosfera 
havosida zaharli kimyoviy moddalarning mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdorini 
aniqlash uchun dastlab, eng kichik miqdor aniqlanadi. 
Bu kichik miqdor mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdorni aniqlash uchun kerak 
bo‘lgan limitli sezgir ko‘rsatgich bilan izohlanadi. Inson organizmidagi sezgi 
a‘zolari havodagi zaharli moddalar hidini sezmasa, shu zaharli modda tashqi 
muhitga zarar yetkazmasa, u holda zaharli moddalarning limit ko‘rsatkichi 
insonning sezgi a‘zolari hisoblanadi. Chunki,bugungi kunda eng kichik miqdorni 
insonning sezgi a‘zolari aniqlaydi. 
Aniqlangan miqdor tashqi muhitga ta‘sir qilsa, u holda gigiyenik me‘yor 
ishlab chiqilayotganda tashqi muhitni o‘zgartiruvchi eng kichik miqdor nazarda 
tutiladi. O‘rtacha mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdorni aniqlash uchun zaharli 
moddaning umumiy ta‘siri o‘rganiladi. Buning uchun sutkalik maxsus tajriba 
o‘tkaziladi. 
Tajribalar asosan, oq kalamush, dengiz cho‘chqasi kabi laboratoriya 
hayvonlarida olib boriladi. Buning uchun maxsus kameralarda 3-4 oy tajriba 
o‘tkaziladi. Bunda tajribadagi hayvonlarga havo bilan o‘rganilayotgan modda 
yuboriladi, eng kichik ta‘sir qilmaydigan miqdor ana shunday topiladi. 
Bu miqdor mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdorni topish uchun asos bo‘ladi. 
Hayvon organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar bilinar-bilinmas bo‘lishi mumkin. 
Shu sababli, bunda eng nozik asboblardan fiziologik, biokimyoviy, gistokimyoviy 
hamda morfologik usullardan foydalanilib, eng nozik ko‘rsatkichlar aniqlanadi. 
Tajriba vaqtida oliy asab sistemasidagi o‘zgarishlarga katta ahamiyat 
beriladi. Ayrim tajribalarda qonning fermentativ holati, oqsil fraksiyalari, B
1
, B

va 
boshqa vitaminlar yetishmasligi, embrionga, spermatozoidga ta‘siri o‘rganiladi. 


157 
Keyingi yillarda olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ba‘zi zaharli 
moddalarning oz miqdori ham turli o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin ekan. Aholi 
yashash joylari atmosfera havosi tarkibida bir vaqtning o‘zida bir necha xil 
ta‘sirchan kimyoviy moddalar bo‘lishi mumkin. Organizmga bir qancha zaharli 
moddalarning ta‘siri qanday o‘rganiladi? degan savol tug‘iladi.
Gigiyena xodimlari bu borada ham bir qancha nazariy va amaliy ishlarni 
amalga oshirmoqdalar. Agar atmosfera havosi tarkibida bir qancha zaharli 
moddalar mavjud bo‘lsa va baravar ta‘sir ko‘rsatsa, ularning atmosfera havosidagi 
mumkin bo‘lgan me‘yoriy miqdori quyidagi formula bilan topiladi:
1
...
3
3
2
2
1
1




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin