80
ularning konsentratsiyasi, miqdori ba‘zi bir ingrediyentlar nisbati bir-biridan
doimo farq qiladi. Xo‘jalik chiqindi suvlar tarkibiga, ularning xossalariga o‘rtacha
baho berish uchun sistemali ravishda suvdan namunalar olib tekshirib turish kerak.
Shundagina chiqindi suvlarning tarkibiga, miqdoriga va boshqa xususisyatlariga
o‘rtacha baho berish mumkin bo‘ladi. Xo‘jalik chiqindi suvlarining rangi xira,
o‘ziga xos yoqimsiz hidli bo‘ladi. Suvning kimyoviy tarkibi noorganik moddalarga
birmuncha boy, ba‘zi moddalar esa erigan holatda bo‘ladi. Umuman olganda,
chiqindi suvlarning 60%i organik moddalarga to‘g‘ri keladi. Ular ikki ko‘rsatkichi
bilan, ya‘ni suvning oksigenga bo‘lgan biokimyoviy talabi va oksidlanishi bilan
baholanadi. Chiqindi suv tarkibidagi organik moddalar kimyoviy yo‘l bilan
oksidlanish uchun sarflangan oksigen miqdori bilan aniqlanadi. Suvning oksigenga
bo‘lgan biokimyoviy ehtiyojini 5-20 kun ichida aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: