51
Ko‘p yillik muzloq yerlarning maydoni 20 mln. kv. km atrofida. Shundan 11
mln. kv. km. dan ko‘prog‘i Rossiya hududiga to‘g‘ri keladi. Muzloq yerlar
Shimoliy Amerikaning shimoliy o‘lkalarida Yevropaning shimoliy qismida,
Osiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy qismida, ayniqsa O‘rta Sibir, Shimoliy-
sharqiy Sibir va Uzoq sharq o‘lkalarida keng tarqalgan. Muzloq yerlar baland
tog‘larda ham uchraydi.
Muzloq yerlarning qalinligi turlicha bo‘lib, Fennoskandiyada 20-25 metrni,
Rossiya tekisligining shimoliy qismida 100-200 metrni tashkil etadi. Markaziy
Yoqutistonda esa uning qalinligi 1500 metrgacha boradi. Muzloq yerlarda yer osti
suvlari uch turga bo‘linadi: muzloq osti, muzloq oralig‘i va muzloq usti.
Ko‘p yillik muzloq yerlar keng tarqalgan hududlarda kriogen (yunoncha
krios – sovuqlik) jarayonlar va hodisalar yaxshi rivojlangan. Muzloq yerlarda yer
osti suvlari qish oylarida yaxmalaklar, shisha do‘nglar (gidrolakkolitlar,
bulgunyaxlar) va relefning boshqa shakllarini hosil qiladi.
Ko‘p yillik muzloq yerlar tabiatga turli xil ta‘sir ko‘rsatadi. Muzloq
gruntlarning erishi va cho‘kinishi natijasida termokarstlar hosil bo‘ladi. Muzloq
yerlar os‘imlik va tuproq qoplamining rivojlanishiga manfiy ta‘sir qiladi, sovuq
nurash biologik va kimyoviy nurashga nisbatan ustun turadi. Ko‘p yillik muzloq
yerlar sanoat va turar joy qurilishiga, temir yo‘l va avtomabil yo‘llarini o‘tkazishga
ham ta‘sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: