D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


Bir  yillik muzlar va ko’p yillik muzlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

Bir 
yillik muzlar va ko’p yillik muzlar
.
Mo‘tadil mintaqalardagi dengiz muzlari bir 
yillik muzlar hisoblanadi. Ular qishda hosil bo‘lib yozda erib ketadi. Ko‘p yillik 
muzlar Arktika va Antarktika kengliklari uchun xarakterli. Bu yerlarda hatto yoz 
oylarida ham harorat 0ºC dan yuqori ko‘tarilmaydi. Shuning uchun, muzlar ko‘p 
yil saqlanadi. Dengiz muzlaridan tashqari okeanlrda ko‘p sonli muz tog‘lari 
aysberglar ham uchraydi. Ular quruqlik muzliklaridan uzilib tushgan yirik muz 


60 
bo‘laklaridir. Antraktidaning shelf muzliklaridan supasimon muz parchalari ajarlib 
chiqib aysberglar hosil qiladi. Ularning uzunligi 70-100 km.dan ham oshadi. 
Aysberglar toza chuchuk suv xazinalari hisoblanadi.
Suv massalari deb,
o‘ziga xos maydon va chuqurlik bilan o‘lchanadigan, 
muayyan tabiiy geografik sharoitda shakllangan fizik, kimyoviy va biologik 
xususiyatlari: harorati, sho‘rligi, zichligi, shaffofligi, kislorod miqdori va 
mahsuldorligi nisbatan bir xil bo‘lgan suv hajmiga aytiladi. Dunyo okeanining 
vertikal strukturasida yuza chuqur va okean tagi suv massalari ajratiladi. Ular o‘z 
navbatida turlarga bo‘linadi.
Masalan, yuza suv massalari tabiiy sharoitining zonal farqlariga ko‘ra 
ekvatorial, tropik, subtropika, subantraktika, arktika va antraktika kabi turlarga 
bo‘linadi.
Dengiz o‘simlik va hayvonlarining aksariyati 200 metrdan oshmaydigan 
chuqurlikda yashaydi. Undan chuqurroq joylarda hayot kechirish qiyin. Bir 
kilometr chuqurlikda suv juda sovuq va qop-qora bo‘ladi, bu masofaga Quyosh 
nuri yetib kelmaydi, shu bois, bu yerlarda o‘simliklarni uchratmaymiz, sababi 
o‘simlik uchun nur zarur. Lekin, ayrim hayvonlar ana shunday chuqurlikda 
yashashni afzal bilgan. Chuqurlikda yashaydigan hayvonlar og‘ir sharoitlarga 
moslashgan, tasodifan dengiz sathiga yaqinlashib qolsa, nobud bo‘ladi. Umuman, 
Dunyo Okeanida yashovchi organizmlar quyidagilardan iborat: mikroorganizmlar, 
o‘simliklar, umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning vakillari. O‘simliklarning 33 ta 
sinfidan Dunyo Okeanida 15 ta sinfi vakillari uchraydi. Hayvonlarning 63 ta 
sinfidan esa 52 tasi Dunyo Okeanining turli qismlarida uchrasa, 31 ta sinfi faqat 
dengizlarda yashaydi. Dunyo Okeanida 159 mingdan ortiq hayvonlar yashaydi. 
Dunyo Okeanida o‘simliklardan diatomlar, peridineyalar, qo‘ng‘ir, qizil, yashil 
suvo‘tlar, 
ancha 
miqdorda 
kokkolitoforidlar 
vakillari, 
hayvonlardan 
foraminiferalar, radiolyariyalar, ichak qorinlilar, ko‘p xivchinli chuvalchanglar, 
baliqlar va boshqa guruh vakillari ko‘p uchraydi. Dunyo Okeanida o‘simlik va 
hayvonlarning tarqalishi har xildir. Dunyodagi to‘rtta (Atlantika, Tinch, Hind, 
Shimoliy muz) okeanning hammasida bir necha tur hayvonlar yashaydi xolos. 


61 
Bularga polixetalar (Polydora polybranchia, Thelepus plagiostoma), grebneviklar
(taroqsimonlar; Beroe cucumnis) qisqichbaqalarning (Oithona similis) vakillari 
kiradi. Ko‘pchilik gidrobiontlarning tarqalish areallari ancha tor, ayrim turlari 
endemik hisoblanadi.
Masalan, assidiya Mienosomus claudicans O‘rta dengiz va Atlantikaning 
Yevropa qirg‘oqlaridagini uchraydi. O‘troq medusa lucernosa sainthilairei faqat 
Oq dengizdagina uchraydi va shu yer uchun endemikdir.
Dunyo okeanida uchraydiga qator gidrobiontlar uchun biopolyar tarqalish 
xarakterlidir. Bunday turlar Yer sharidagi ikkala mo‘tadil zonalarida uchrab, tropik 
zonada bo‘lmaydilar. Shunday biopolyar organizmlar sipunkulid (Phascolosoma 
margaritaceura), polixet (Terebcllides stromii) qisqichbaqa (Balanus balanus) 
mollyuska Mutilis edulis) kit (Balaena glacialis) akula (Cetorhinus maximys) 
kabilar kiradi. Ayrim organzimlar psevdobiopolyar xususiyatga ega bo‘lib, suvning 
yuza qatlamida uchrab biopolyar xarakterga ega bo‘lsa, tropik zonalarda suvning 
chuqur va sovuq qatlamlarida ham uchrab, psevdopobiopolyarlik tarqalish 
xususiyatiga ham ega bo‘ladi. Bunday gidrobiontlarga sifonofora (Diphyes 
arctica), grebnevik (Pleurobrachia pileus), sigitte (Krohnia hamata), kalanus 
(Calanus finmarchucus- Sargass dengizida 1500 metr chuqurlikda) kabilarni 
kiritish mumkin.
Ayrim gidrobiotlarning tarqalish areallari bo‘lak-bo‘lak bo‘lib, ular 
Atlantika va Tinch okeanining Shimoliy qismlarida uchrasa, Muz okeanida 
uchramaydi. Bunday arealli organizmlar amfiboreal tarqalgan organizmlar deb 
ataladi. Ularga dengiz tipratikani, dengiz yulduzi, seld kabilar misol bo‘ladi. 
Dengizlar qirg‘oqlariga yaqin joylar, asosan bakteriyalar va suvo‘tlar bilan 
qoplangandir. Bunday joylarda hayvonlardan sodda tuzilganlar ichakqorinlar, 
qisqichbaqasimonlar, bosh-oyoqli mollyuskalar baliqlar, sut emizuvchilar 
uchraydi. Ular qatorida umurtqasizlarning ko‘plab lichinkalari bo‘ladi. 
Bakteriyalar suv yuzasidan to uning tubigacha uchraydi. Lekin pastki qatlamlarda 
ulanring soni kamdir.


62 
Masalan, Tinch okean suvining yuza qatlamiga nisbatan 250 metr 
chuqurlikda 10 marta, 500 metr chuqurlikda esa mikroorganizmlar miqdori 100 
marta kamdir.
Okean suvining yuza qatlamida mikroorganizmlarning umumiy miqdori 10-
100 ming ekz/ml, ularning biomassasi 2/50 mg/m
3
ga to‘g‘ri keladi. 
Bakteriyalarning soni dengizga yaqin yerlarda ko‘proqdir.
Masalan, Qora dengiz qirg‘oqlarida 3,7- 18,5 km uzoq joyda suvning 10-25 
metr qalinlikda 6-9 ming eks/ml bakteriya uchragan bo‘lsa, qirg‘oqdan 55,5 km 
uzoqlikda dengizning ochiq joyida 4 ming 100-110 km uzoqlikda hammasi bo‘lib 
2 ming eks/ml bakteriya uchragan. Rossiya hududidagi dengizlarning loylarida 
uchraydigan geterotrof bakteriyalarning soni quyidagicha: (mln/g loyga) 

Qora dengiz 1522-2962 

Kaspiy dengizi, shimoliy qismi 57- 12000 

Chukotka dengizi 1,3-7,8 

Bering dengizi 4,2- 26,8 
Dengizlarda uchraydigan suvo‘tlar ichida turlarga boy guruhlar 
peredeniyalar va suvo‘tlar bo‘lib, kam miqdorda har xil xivchinlilar, yashil va 
ko‘k-yashil suvo‘tlar vakillari uchraydi. Dunyo okeanida uchraydigan 
fitoplanktonning umumiy biomassasi 1,5 mlrd. tonnaga teng.
Dengizlarning qutb hududlarida suvning sovishi tufayli diatomlarning son va 
sifat ko‘payib peridineyalar kamayib boradi. Rossiyaning shimoliy dengizlarida 
perideniyalarga qaraganda diatom suvo‘tlanrning turlari 2-3 marta, ularning 
biomassasi 15-20 barobar ko‘pdir.
Janubiy dengizlar uchun Sceletonema, Cerataulina, Ganjaulax, Ceratium, 
Microcystis Anabaena, Nodularia kabi turkumlarning vakillari xarakterlidir. 
Fitoplanktonning asosiy massasi dengizlar suvning yuza qatlamida (100-150 m) 
bo‘lib, Quyosh radiatsiyasidan to‘la foydalanadi. Dengiz suvlarida plankton 
suvo‘tlarni vertikal taqsimlanishida haroratning roli kattadir. Harorat va Quyosh 
nurining maksimal ko‘rsatkichli joylarida suvo‘tlar yaxshi rivojlanadi. Dunyo 


63 
okeanining turli qismlarida suvo‘tlar turlicha miqdorda uchraydilar. Buning asosiy 
sababi yorug‘lik harorat biogen moddalarning har xil miqdorda bo‘lganligidadir.
Masalan, Shimoliy dengizlarda suvo‘tlarning kam rivojlanishiga 
yorug‘likning kamligi haroratning pastligi sabab bo‘lsa, ekvotarial zonada 
fitoplanktonning 
rivojlanishini 
chegaralaydigan 
modda 
kremniyning 
yetishmasligidir.
Dunyo okeani suvining xarakterli xususiyatlaridan biri uning muntazam 
ravishda harakatda bo‘lishidir. Okean suvlarining muntazam harakat qilishiga bir 
necha omillar sabab bo‘ladi. Bularning eng asosiysi shamol bo‘lib, u okean 
yuzasidagi suvlarni gorizontal yo‘nalishda harakatga keltirib doimiy yuza 
oqimlarini vujudga keltiradi. Oqimlarning hosil bo‘lishiga suvning haroratdagi, 
sho‘rligidagi va zichligidagi farqlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Oqimlarning 
yo‘nalishi esa faqat shamollarning yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki 
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishining burish kuchiga materiklar qiyofasiga va 
okean tagi relefiga ham bog‘liq.
Dunyo okeanidagi barcha oqimlar muayyan qonuniyatlarga bo‘ysungan 
holda harakat qiladi. Ayniqsa, yuza oqimlarining vujudga kelishiga asosiy sabab 
shamol bo‘lnligi uchun doimiy shamollar bilan oqimlar o‘rtasida bevosita 
bog‘lanish mavjud. Masalan, okeanlarda ekvatorning har ikkala tomonida doimiy 
esib turadigan passat shamollari ta‘sirida paydo bo‘lgan passat oqimlari sharqdan 
g‘arbga tomon harakat qiladi. Ular Koriolis qonuniga binoan Shimoliy 
yarimsharda o‘ngga, janubiy yarinsharda chapga buriladi.
Atlantika va Tinch okeanlarida Shimoliy va Janubiy passat oqimlari 
o‘rtasida g‘arbdan sharqqa qarab harakat qiladigan ekvotorial qarshi oqim vujudga 
kelgan. Janubiy yarimsharda o‘rtacha geografik kengliklarda doimiy shamollar 
yordamida hosil bo‘lgan G‘arbiy shamollar oqimi G‘arbdan sharqqa qarab oqadi. 
Mussonli o‘lkalarda yuza oqimlar mavsumga qarab o‘zgarib turadi.
Shimoliy passat oqimi Janubiy Amerikaning shimoliy qirg‘og‘i yaqinida 
ikki tarmoqga bo‘linadi. Birinchi tarmog‘i ekvatorial qarshi oqimni hosil qilib, 
suvning bir qismini sharqqa tomon qaytaradi. Oqimning ikkinchi tarmog‘i Janubiy 


64 
Amerikaning sharqiy qirg‘og‘i yaqinida golfstrim quyilma oqimini vujudga 
keltiradi. Bu oqim mo‘tadil mintaqaga kirib borish zonasida g‘arbiy shamollar suv 
massalarini sharqqa tomon haydaydi. Shu tariqa Shimoliy Atlantika oqimi hosil 
bo‘ladi. janubiy passat oqimi Janubiy Amerikaning sharqiy qirg‘oqlari yaqinida 
Braziliya oqimini shakllantiradi. Undan janubda G‘arbiy shamollar oqimi davom 
etadi va Bengela oqimi bilan birga Atlantika okeanining janubida suvning aylanma 
harakatini vujudga keltiradi. Eng katta halqalar ekvator bilan 40-parallellar orasida 
vujudga keladi. Shimoliy yarimshardagi halqalarda esa soat strelkasi yo‘nalishiga 
teskari Janubiy yarimshardagi halqalarda esa soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha 
harakat qiladi.
Okean oqimlari suvining haroratiga ko‘ra iliq va sovuq oqimlarga bo‘linadi. 
Iliq oqimlar guruhiga Golfetrim, Shimoliy Atlantika, Braziliya, Shimoliy Tinch 
okeani, Kuro Sivo, Sharqiy Avstraliya, va passat oqimlari kiradi. Sovuq oqimlar 
guruhiga G‘arbiy shamollar, Peru, Koliforniya, Kuril, Bengela, Kanar oqimlari 
kiradi. Ular iqlimning shakllanishida nihoyatda katta rol o‘ynaydi.
Okean suvlarida turli xil organzimlarning yashashi va rivojlanishi uchun 
barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ekologik muhit mavjud. Ko‘pchilik olimlarning 
fikricha, Yer yuzida hayot avvalo okeanda paydo bo‘lgan, keyinchalik chuchuk 
suvlarga va quruqliklar yuzasiga tarqalgan.
Dunyo okeanidagi hayot sharoiti ikki xil yo‘nalishda gorizontal va vertical 
yo‘nalishda juda katta farq qiladi. Buni ekvatordan qutblargacha va suvning yuza 
qismidan eng chuqur qismlarigacha kuzatish mumkin. Dunyo okeanida tirik 
organizmlarning 
rang-barangligi 
shundan ko‘rinib turibdiki u yerda 
o‘simliklarning 15 mingdan ortiq turi, hayvonlarning 150 mingga yaqin turi 
yashaydi. Okeanda bakteriyalar va mikroskopik kichik hayvonlardan tortib 
og‘irligi 150 tonnagacha yetadigan ko‘k kitlar, ko‘zga ko‘rinmaydigan bir 
hujayrali o‘simliklardan tortib uzunligi 80 metrga yetadigan suvo‘tlar yashaydi. 
Hatto, 11022 metrli Mariana cho‘kmasining tagida ham hayot bor.
Dunyo okeanidagi tirik organizmlarning asosiy qismi okean yuzasida, 150-
200 metr chuqurlikgacha bo‘lgan suv qatlamida yashaydi. Chunki, bu qatlam 


65 
Quyosh nurining ta‘sirida bo‘ladi. Okean yuzasidagi organik hayotning ko‘p yoki 
kam tarqalishi geografik kenglikka va okeanlarning iqlim sharoitiga bog‘liq. 
Shuning uchun ekvotarial va mo‘tadil mintaqalar tirik organizmlarga juda boy 
joylar hisoblanadi. Ayniqsa, mo‘tadil mintaqalarning 40-60º kengliklar oralig‘i 
okeanlarning baliga eng serob rayonlaridir. Qutbiy o‘lkalarda esa suv harorati juda 
past bo‘lganligi msababli tirik organizmlar kam tarqalgan. Dunyo okeanida 
baliqlar, kitlar, delfinlar, tyulenlar, kalmarlar, dengiz toshboqalari ko‘plab 
uchraydi.
Tirik organizmlar okeanlarning tagida ham keng tarqalgan. Bu yerda 
marjonlar, qisqichbaqasimonlar, mallyuskalar, dengiz yulduzlari, chuvalchanglar, 
yolg‘onoyoqlilar kabi organizmlar yashaydi. Marjonlar tropiklarning iliq suvlarida 
yaxshi rivojlangan.
Dunyo okeanining barcha tirik organizmlari yashash sharoitiga ko‘ra uchta 
asosiy guruhga – 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin