38
organizmlarning muayyan vaqt birligida vazn to‗plash tezligiga tushuniladi. Bu
tezlik tabiatda vaqt va joyga ko‗ra turlicha kechadi.
Produtsentlarning muayyan vaqt birligida to‗plangan vazni
birlamchi
mahsulot
hisoblanadi. U shu mahsulotni to‗plash uchun tuproqdan undan ko‗ra
ancha ko‗p modda oladi. Bu moddalarning 40-70 % ni o‗z
hayotiy jarayonlariga
(nafas olish, oziqlanish, suv bug‗latish) sarflaydi, qolganini vazn sifatida to‗playdi.
Birlamchi mahsulot konsument va redutsentlar uchun ozuqa bo‗lib
hisoblanadi. Ular ham ozuqa sifatida olingan birlamchi mahsulotning ko‗p qismini
o‗z hayotiy ehtiyojlariga sarflab, faqat ozginasini vazn sifatida to‗playdilar.
Ularning to‗plagan bu vazni
ikkilamchi mahsulot
deyiladi.
Shunday qilib, geterotrof organizmlar birlamchi
mahsulot hisobida yashaydi
va uning faqatgina bir qismini ikkilamchi mahsulot sifatida to‗playdi. Masalan,
qoramol o‗z vaznini 1 kilogrammga oshirish uchun u o‗rtacha 70-80 kilogramm o‗t
yetadi. Ko‗rinib turibdiki, u birlamchi mahsulot bilan olgan energiyasining ko‗p
qismini o‗zining hayot jarayonlariga sarflaydi va oz qismini ikkilamchi mahsulot
sifatida to‗playdi. Ozuqa zanjirining keyingi bo‘g‘inlarida ham shunday holat
davom etadi va har bir bo‘g‘inga o‗tishda energiya hamda to‗planadigan
massa
kamaya boradi. Bu holat
ekologik piramida
deb nom olgan bo‗lib,
piramidaning
ostida produtsentlar (o‗simliklar), o‗rtasida o‗simlikxo‗r konsumentlar (hayvonlar)
va ustida etxo‗r hayvonlar (yirtqichlar) turadi. Ekologik piramidani ingliz olimi
Ch. Elton o‗rgangan va fanga kiritgan. Ekologik piramidada quyidagi qoidalar
amal qiladi:
Birinchi qoida -
ikkilamchi biologik mahsulotlar birlamchi biologik
mahsulotlardan kam bo‗ladi.
Ikkinchi qoida -
yeyiluvchi organizmlarning
umumiy vazni yeyuvchi
organizmlar vaznidan ko‗p bo‗ladi.
Uchinchi
qoida
-
biologik
mahsuldorlik,
ikkilamchi
mahsulot
to‗plovchilarning qisqa umr ko‗radiganlarida uzoq yashovchilarga nisbatan yuqori
bo‗ladi.
39
To‘rtinchi qoida
– sonlar qoidasi bo‗lib, piramidaning yuqorisiga chiqqan sari
organizmlar soni kamaya boradi.
Dostları ilə paylaş: