41
nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod atmosferaga ajralib chikadi. Fotosintez
haqidagi dastlabki maʼlumotlar ingliz botanigi va kimyogari S. Geyls (1727), rus
olimi M.V.Lomonosov (1753) ishlarida keltiriladi. Ammo
fotosintezni tajribalar
orqali oʻrganish ingliz kimyogari J.Pristli (1771), golland tabiatshunosi J.Senebye
(1782), shveysariyalik olim T. Sossyur (1804) va boshqalarning ishlari bilan
boshlandi. Nemis fiziologi Yu.Saks (1863) barglardagi
xloroplastlarda kraxmal
sintezlanishini koʻrsatadi. Fotosintezda kislorod hosil boʻlishi jarayonini nemis
fiziologi T.V.Engelman (1881) oʻrgangan. Fotosintezda yorugʻlik
nurining
ahamiyati 19-asrning oʻrtalaridan oʻrganila boshlandi. Rus olimi K.A.Timiryazev
(1875) yorugʻlik energiyasining oʻsimlikdagi xlorofill orqali fotosintetik
oʻzgarishlar jarayonida ishtirok etishini koʻrsatdi. 19-asrning oʻrtalaridan boshlab
Fotosintezni oʻrganishda yangi metodlar (gaz analizi,
izotop metodi,
spektroskopiya, elektron mikroskopiya usullari va boshqalar) qoʻllanila
boshlangandan soʻng fotosintezda xlorofillning qatnashish mexanizmlari ishlab
chiqildi.
Rus biokimyogari A.N.Bax (1893) fotosintezda SO
2
assimilyatsiyasi suv
vodorodi va gidroksil guruhi ishtirokidagi oksidlanish-qaytarilish
jarayonidan
iborat ekanligi haqida fikr bildirdi.
Gollandiyalik mikrobiolog K. B. Van Nil bakteriyalar va oʻsimliklar
fotosintezini solishtirib, birlamchi fotosintezning fotokimyoviy
jarayoni suvning
dissotsialanishidan
iboratligini
aniqladi.
Fotosintezlovchi
bakteriyalar
(sianobakteriyalardan tashqari) H
2
S, N
2
, SN
3
va boshqa qaytaruvchilarga muhtoj
boʻlgani uchun kislorod ajratmaydi. Fotosintezning bu xili fotoreduksiya deyiladi.
Yashil yoki purpur oltingugurt bakteriyalari
uchun fotosintezning umumiy
formulasi quyidagicha boʻladi.
Dostları ilə paylaş: