40
ya‘ni biotik jamoalar holatining yomonlashuvi deyiladi. Buning natijasida u joydan
nafaqat odamlar ketib qoladi. Balki suv va tuproqdagi organizmlar ham qirilib
ketib, biosenoz kambag‗allashib qoladi. Bunday chuqur o‗zgarishlarga ekzogen
o‗zgarishlar ham deyiladi.
Bundan tashqari tabiatda endogen
o‗zgarishlar ham bor-ki, ularning natijasida
biosenozning tarkibi birin-ketin o‗zgara boradi. Masalan, tog‗dagi yalong‗och
toshlar tabiiy omillar ta'sirida sekin-asta yemrilaboshlaydi. Bunga sabab, ularning
sirtida paydo bo‗lgan lishayniklar quyosh radiatsiyasi, harorat va namlik ta‘sirida
toshni yemiradi. Yemirilgan tosh ustida dastavval petrobiont (toshsevar)
o‗simliklar o‗sadi. Keyinchalik toshlar to‗liq yemirilib adirlar paydo bo‗lgach, bu
yerlarning tuprog‗iga mos keladigan boshqa o‗simliklar o‗sadi. Bu joylarning
hayvonot
dunyosi ham o‗simliklarga mos ravishda o‗zgarib boradi.
Biosenozlarning ma'lum tartibda almashinishi ekotizimlar suktsessiyasi
deyiladi.
Ekotizimlar suktsessiyasi geobotanikada ekogenetik suktsessiya
deyiladi,
chunki
bunda o‗sha joyning ekologik sharoitlari birin-ketin o‗zgaraborib, natijada bu
joyda oldingisidan butunlay farq qiladigan ekotizimlar vujudga keladi.
Barcha holatlarda ham suktsession o‗zgarishlar tezligi keyinchalik
sekinlashadi va nihoyat to‗xtaydi. Bu vaqtda u joydagi biosenoz to‗liq shakllangan
bo‗ladi. Suktsession o‗zgarishlarning to‗xtab qolishga suktsessiyaning klimaksi
deyiladi. Bunday biosenozlarda organizmlar o‗rtasidagi raqobat pasayib, moddalar
aylanish tartibga tushadi.
Ekotizimlar
dinamikasini,
undagi suktsession holatlarni o‗rganish
ekotizimlarni boshqarish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: