D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


Turar joylardan chiqadigan chiqindi suvlarning sanitariya me’yori



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

Turar joylardan chiqadigan chiqindi suvlarning sanitariya me’yori 
(SniP – 11-32-74) 
Turar joylarning obodonlik darajasi 
Kishi boshiga bir sutkada 
sarflanadigan suv miqdori (litr) 
Vodoprovodli, kanalizatsiyali ammo vannasiz 
binolar 
125-160 litr 
Vodoprovodli, vannali va kanalizatsiyali 
binolar 
160-230 
Vodoprovod, kanalizatsiya va markazlashgan 
issiq suv bilan ta‘minlangan binolar 
230-350 
Chiqindi suvlar ichki kanalizatsiya tarmoqlari orqali tashqi kanalizatsiya 
tarmoqlariga tushadi. So‘ngra chiqindi suvlar trubalar orqali kanalizatsiya 
sistemasiga va tozalsh sistemasiga va tozalash inshootlariga oqib boradi. 
Uy-joylar territoriyasida joylashgan kanalizatsiya tarmoqlari kvartal ichi 
kanalizatsiya bilan birlashadi va kollektorlar yordamida tozalash inshootiga boradi. 
Agar sanoat korxonalari o‘sha turar joy territoriyasida joylashgan bo‘lsa va 
suvning tarkibiy qismi chiqindi suv tarkibiga o‘xshasa, kollektorlardagi chiqindi 
suvlarga sanoat chiqindi suvlari qo‘shiladi. 
Odatda, kanalizatsiya suvlari tozalash inshootlariga o‘z oqimi bilan boradi. 
Mabodo baland-past joylar suv oqimiga to‘sqinlik qilsa, u holda suvni haydab 
beruvchi nasos stansiyalari quriladi. Nasos stansiyalari suvni bosim bilan 
kollektorlarga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri tozalash inshootlariga oqizib beradi.


79 
Bulardan tashqari, yomg‘ir, qor va yo‘llarda xalqob bo‘lib qolgan suvlar 
uchun ham truboprovodlar quriladi. Kanalizatsiyalar tuzilishiga qarab alohida, 
yarim alohida va umumiy kanalizatsiyalarga bo‘linadi.
Alohida qurilgan kanalizatsiya sistemalari ikki tarmoqdan iborat bo‘ladi: 

xo‘jalik chiqindi suvlari, yomg‘ir, qor va yo‘llarda to‘planib qolgan 
suvlar uchun qurilgan sistema

to‘liq ajratilgan kanalizatsiya sistemasida xo‘jalik chiqindi suvlari va 
yomg‘ir suvi alohida-alohida yer osti kanalizatsiya sistemasiga 
oqiziladi; 
Yarim alohida sistemalar bosh kollektor bilan qo‘shilgan ikki tarmoqdan 
iborat. 
Jumladan, yomg‘ir suvlari va boshqa suvlar maxsus suv bo‘luvchi kameralar 
orqali bosh kollektorga ulanadi, aks holda kuchli sel kelgan vaqtlarda bitta 
sistemaga yomg‘ir suvini sig‘dirib bo‘lmaydi. Kameradan ortib qolgan suv ochiq 
suv havzalariga oqiziladi. 
Umumiy kanalizatsiya sistemasida xo‘jalik chiqindi suvlari, yomg‘ir, qor va 
boshqa suvlar birgina yer osti kanalizatsiya sistemasi orqali tozalash inshootlariga 
oqib boradi. Sel kelgan vaqtda umumiy kanalizatsiya sistemasi ishini ozroq bo‘lsa-
da kamaytirish maqsadida maxsus suv taqsimlovchi kameralar o‘rnatilib, ortiqcha 
suvlar shu atrofdagi ochiq suv havzalariga tozalanmagan aralash suvlar tushadi. 
Ammo, ochiq suv havzalari suvini 100 foiz tozalashning iloji yo‘q. Chunki, shahar 
tozalash inshooti hammasi bo‘lib 85-90% chiqindi suvni tozalab berish imkoniga 
ega. 
Chiqindi suvlar o‘zi bilan birga erigan osilma moddalarni, loylarni, 
qumlarni, ulardan tashqari, suvga tashlangan po‘choq, qog‘ozlarni tozalash 
inshootlariga oqizib keladi. Bulardan tashqari, umumiy va uy-joylardan chiqadigan 
yuvindi va hojatxona suvlari ham kanalizatsiya suviga qo‘shiladi va tozalash 
inshootlariga oqib boradi. 
Bunday chiqindi suvlar turli fizik, kimyoviy va bakteriologik xususiyatlarga 
ega bo‘ladi. Kanalizatsiya suvlarining tarkibi bir xilda bo‘lmaydi. Aksincha, 


80 
ularning konsentratsiyasi, miqdori ba‘zi bir ingrediyentlar nisbati bir-biridan 
doimo farq qiladi. Xo‘jalik chiqindi suvlar tarkibiga, ularning xossalariga o‘rtacha 
baho berish uchun sistemali ravishda suvdan namunalar olib tekshirib turish kerak. 
Shundagina chiqindi suvlarning tarkibiga, miqdoriga va boshqa xususisyatlariga 
o‘rtacha baho berish mumkin bo‘ladi. Xo‘jalik chiqindi suvlarining rangi xira
o‘ziga xos yoqimsiz hidli bo‘ladi. Suvning kimyoviy tarkibi noorganik moddalarga 
birmuncha boy, ba‘zi moddalar esa erigan holatda bo‘ladi. Umuman olganda, 
chiqindi suvlarning 60%i organik moddalarga to‘g‘ri keladi. Ular ikki ko‘rsatkichi 
bilan, ya‘ni suvning oksigenga bo‘lgan biokimyoviy talabi va oksidlanishi bilan 
baholanadi. Chiqindi suv tarkibidagi organik moddalar kimyoviy yo‘l bilan 
oksidlanish uchun sarflangan oksigen miqdori bilan aniqlanadi. Suvning oksigenga 
bo‘lgan biokimyoviy ehtiyojini 5-20 kun ichida aniqlash mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin