D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


I-BOB. EKOLOGIK KIMYO FANINING ASOSIY TUSHUNCHALARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

I-BOB. EKOLOGIK KIMYO FANINING ASOSIY TUSHUNCHALARI 
I.1. Kirish. Ekologik kimyo fanining predmeti va ob’yekti 
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so‘ng barcha sohalar 
qatori ta‘lim sohasiga ham yuqori darajada davlat e‘tibori qaratildi. 
Mutaxassisliklar ta‘lim dasturlariga o‘zgarishlar kiritildi, yani mintaqaviy shart-
sharoitlar e‘tiborga olinib, o‘qitiladigan fan dasturlari qayta tuzildi. Jumladan, Oliy 
o‘quv yurtlari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va maktablarda ―Ekologiya‖ 
alohida fan sifatida chuqur o‘rganiladigan bo‘ldi. Ayniqsa, Oliy o‘quv yurtlarining 
―Kimyo o‘qitish metodikasi‖ ta‘lim yo‘nalishida ―Ekologik kimyo‖ ixtisoslik 
fanlari qatorida o‘rganila boshlandi.
―Ekologik kimyo‖ fani o‘z oldiga talabalarga kimyo sanoati va uning atrof-
muhitga, biosferaga ko‘rsatayotgan ta‘siri, uning oqibatlari, ekologik 
halokatlarning kelib chiqishi, halokatlarning mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy va 
siyosiy hayotiga ta‘sirini o‘rgatish bilan birga ularda ekologik madaniyat, ekologik 
tarbiya va ekologik ong tushunchalarini chuqur singdirishni maqsad qilib qo‘ygan. 
Chunki bugungi talaba ertangi pedagog, tarbiyachi, ya‘ni o‘quvchilarni, yosh 
avlodni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi mutaxassis pedagog-kadr hisoblanadi. 
Ma‘lumki, Toshkent va Navoiy mamlakatimizdagi yirik sanoatlashgan 
shaharlar hisoblaniladi. Navoiydagi tog‘-kon, mineral o‘g‘itlar va sement 
mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari O‘zbekistonda yetakchi o‘rinni egallaydi. 
Shu bois, qo‘llanmada ba‘zi ekologik muammolar va ularni hal etish bo‘yicha olib 
borilgan ekologik tadbirlar aynan shu korxonalar asosida, aniq dadillar bilan 
yoritilgan. 
Inson tabiat bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, uning hayotini tabiatdan alohida 
tasavvur qilish mumkin emas. Zaminda bitmaydigan, tugamaydigan ne‘matning 
o‘zi yo‘q. Biz esa bundan ogoh bo‘lishimiz zarur. Inson va jamiyat tabiatning 
ajralmas qismi. Inson tabiatning shunchaki bir qismi emas, balki uning ongli, aql 
idrokli va faol mavjudotidir. Inson hech qachon tabiatdan tashqarida, u bilan 
doimiy aloqa va munosabatda bo‘lmasdan turib yashamagan va yashay olmaydi 
ham. Tabiiy resurslar, ya‘ni yoqilg‘i, ma‘danlar, metallar, nafas olinadigan havo, 



ichiladigan suv, is‘temol qilinadigan go‘sht, sut, don sarxil mevalar, daryo va 
ko‘llardagi baliqlar, har xil shifobaxsh giyohlar, turli-tuman xom ashyolar 
bo‘lmasa, bir daqiqa ham yashay olmasligimizni juda yaxshi bilamiz, tushunamiz. 
Tabiiy boyliklar Ollohning odamzotga in‘om etgan buyuk ne‘matlaridir. 
Tabiatning barcha nozu-ne‘matlari, tabiiy boyliklardan bahramand bo‘lishning o‘zi 
inson uchun yuksak baxtdir. 
Bu baxt bir necha ming yillik tarixga ega. Bu tarix Yer yuzida insoniyat 
paydo bo‘la boshlagan kezlardanoq boshlangan. Insoniyatning tabiat bilan bo‘lgan 
aloqasi vaqtincha emas, balki doimiy va zaruriydir. Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi 
aloqadorlik, jamiyatning tabiatga aksincha, tabiatning esa jamiyatga ta‘siri 
kishilarning ongi va irodasiga bog‘liq bo‘lmagan ob‘yektiv zaruriyat, qonuniyatdir. 
Jamiyatning tabiat bilan aloqadorligi, ta‘siri va aks ta‘siri kurrayi zamindagi 
ayrim bir xalqlar, elatlar, millatlar, davlatlar va jamiyatlarga taaluqli bo‘libgina 
qolmay, balki barcha xalqlar va mamlakatlar uchun bir xildagi umumiy va 
zaruriydir. Tabiiy muhit inson hayoti va faoliyatining doimiy, abadiy va zaruriy 
shartidir. 
Odamzot Koinotning gultoji sifatida ilk paydo bo‘lgan davrdan, to hozirga 
qadar tabiatga ta‘sir qilib, unga ta‘sirni o‘tkazib, bu ta‘sirni bora-bora kuchaytirib, 
oqibatda tabiatni batamom o‘zgartirib yubordi. Keyingi ming yilliklar davomida 
insonning tabiatga faol aralashishi natijasida Yer shari yuzasi iqlimi, o‘simligi, 
hayvonot dunyosining tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketganligi bunga yaqqol 
misol bo‘ladi. Dunyo tarixida ilk daf‘a, inson faoliyati hayotning eng zarur 
sarchashmalarining buzilishi va yemirilishiga sabab bo‘lmoqda. 
Atmosferada karbon dioksid va boshqa toksik moddalar ko‘payib borishi 
hamda ozon qatlamining kamayishi natijasida ―issiqxona‖ ta‘sirining vujudga 
kelishi va kislota yomg‘iri, yer va suvning pestisid, kimyoviy o‘g‘itlar va sanoat 
chiqindilari bilan ifloslanishi, shahar va barcha o‘lkalarni tashvishga solayotgan 
butunjahon cho‘llari, qaqrab yotgan yerlarning kengayishi, yadro va kimyoviy 
qurollar bilan bog‘liq ko‘ngilsiz voqealarning rivoji bularning hammasi ko‘lami,
ehtiyoji va texnologik taraqqiyoti doimiy ravishda o‘sib borayotgan inson 



faoliyatining qaqshatqich zarbasi bo‘lib, bizning biosferamizga o‘zining salbiy 
oqibatlarini olib kelmoqda. 
Insoniyatning o‘z kelajagi, ertangi kunni, istiqbolini o‘ylamay qilgan 
o‘zboshimchaliklari, ko‘r-ko‘rona qilmishlari tufayli tabiat behat ozor chekdi, ko‘p 
amollardan abadiy judo bo‘ldi. Har xil kosmik changlar, ilmiy texnikaviy 
taraqqiyot, ayniqsa, avtomobillar sonining tez darajada o‘sib borishi, radioaktiv 
moddalar va boshqalar ta‘siri ostida barcha jonli mavjudotning hayot manbai 
bo‘lgan atmosfera havosi maksimal darajada ifloslanmoqda. 
Bunday dahshatli hodisalar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida 
kuzatilyapti. Atrof-muhitning radioaktiv va kimyoviy chiqindilar bilan bulg‘anishi, 
aholining, chorva mollarining, parrandalarning, daryo hamda ko‘llardagi, suv 
omborlari va okeanlardagi baliq va boshqa jonivorlarning ko‘plab zaharlanishiga, 
Yevropa mamlakatlarida ko‘plab ro‘y berib turgan sigir, buzoq, qo‘y, 
cho‘chqalarning oqsil kasalliklariga sabab bo‘lmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidimologiya nazorati bergan 
ma‘lumotga ko‘ra hozirda Respublikamiz sanoati va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida 
3 milliondan ortiq kishi band bo‘lib, shuning qariyb 1 millionga yaqini zararli 
sharoitlarda (chang, shovqin, titrash, ultra- va infratovushlar ta‘sirida) mehnat 
qilmoqda. 
Zararli mehnat sharoitlari hisobiga kasb-patologiya kasalliklari ko‘payishi 
kuzatilmoqda. Jumladan, Respublikamizda so‘nggi besh yil davomida bu kasallik 
(har 10000 ishchiga nisbatan) 1,2 dan to 1,76 gacha ko‘paygan, Navoiy tog‘-
metallurgiya kombinatida bu ko‘rsatgich 1,62 dan to 3,2 gacha oshgan. 
Ekologik muammo deganda, butun insoniyatga xavf soladigan, ilmiy 
asoslangan muammolarni tushunish maqsadga muvofiq. ―Ekologik kimyo‖ fanini 
o‘rganishda u bilan o‘zaro uzviy bog‘liq fanlarni ham o‘rganish, bu fanlar 
to‘plagan bilimlardan xabardor bo‘lish kerak bo‘ladi. ―Ekologik kimyo‖ fanining 
boshqa fanlar bilan aloqadorligini quyidagicha ifodalash maqsadga muvofiqdir: 



Ko‘rsatilgan fanlarning har biri ekologik muammolarni hal qilishda alohida 
vazifa va o‘ringa ega. Kimyo, fizika, biologiya va geografiya fanlari ekologik 
muammolarni aniqlash, ularni oldini olish vazifalarini bajarish bo‘yicha yuqori 
o‘rinda tursa, falsafa, tarix ekologik muammolarni falsafiy jihatdan tahlil qiladi; 
pedagogika, psixologiya esa yosh avlodni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashda, 
ularda ekologik tarbiyani shakllantirish, singdirish va o‘stirishga xizmat qiladi.
Fanlararo bog‘lanish ekologik muammolarni yechishda, ularni bartaraf 
etishda va oldini olishda albatta, o‘zining ijobiy ta‘sirini ko‘rsatadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin