17
suvning o‘ta taqchilligi, ona zaminning zaharlanishi, ekish va hosil olish mumkin
bo‘lgan unumdor yerlarning, yer osti va yer usti boyliklarining, o‘simliklarning va
hayvonlar nodir turlarining kamayib borayotganligi hamda atmosfera haroratining
sezilarli darajada oshib borayotganligidan insoniyat behad azob chekmoqda.
Ekologik muammolar qachonlardir milliy va mintaqaviy muammolardan chiqib
butun insoniyatning muammosiga aylangan.
Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mosdir.
Sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ekologik muammoning hal
qilinishiga bog‘liqdir. Hozir sayyoramizda quyidagi global ekologik muammolar
o‘z yechimini kutmoqda:
O‘zbekiston Respubl
Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar bilan hamkorlik va hamjihatlikda
tabiatni, atrof muhitni himoya qilish, tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish
masalalariga katta e‘tibor va ahamiyat berib kelinmoqda. Buning natijasi o‘laroq,
atrof-muhitni muhofaza qilishni ta‘minlashga qaratilgan qonun hujjatlari
Respublikamizda ko‘plab qabul qilingi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida belgilab
qo‘yilganidek ―Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda
bo‘lishga majburlar‖.
Dostları ilə paylaş: